Mavzu: Tadbirkorlik faoliyati, uning turlari va asosiy belgilari
Tadbirkorlik faoliyatining shakllari va tamoyillari
Download 52.72 Kb.
|
Kurs ishi mavzu Tadbirkorlik faoliyati, uning turlari va asosiy
2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari va tamoyillari
Hozir jahonda xo’jalik yuritish shakllarining turli tumanligiga mos ravishda tadbirkorlikning davlat, jamoa, shaxsiy, xususiy, aralash shakllari mavjud. Hozir jahonning ko’pchilik mamlakatlarida davlat tadbirkorligiga, milliy daromadning 20 foizidan 50 foizigacha ulushi to’g’ri keladi. Davlat korxonalari ko’pincha mamlakat iqtisodiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan yoki katta kapital qo’yilmalar talab qiladigan tarmoqlarda tuziladi. Yuqorida ko’rib o’tilgan sharoitlar asosida davlat korxonalarini uchta guruhga bo’lish mumkin: –byudjet korxonalari; –davlat ishlab chiqarish korxonalari; –aralash kompaniyalar; Byudjet korxonalari huquqiy va xo’jalik mustaqilligiga ega bo’lmagan korxonalardir. Ular davlatning ma’muriy – boshqarish tizimiga kiradi va olgan foydadan soliq to’lamaydi. Barcha daromad va xarajatlar davlat byudjeti orqali o’tadi. Davlat ishlab chiqarish korxonalari – bu korxonalarning ancha keng tarqalgan tashkiliy, huquqiy shaklidir. Ular mol-mulkka ega bo’lib, xo’jalik faoliyati bilan birga davlat tomonidan belgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham bajaradi, ya’ni davlat korporatsiyalari o’zida tijorat korxonalari va davlat organlari belgilarini mujassamlashtiradi. Aralash kompaniyalar. Ular hissadorlik jamiyatlari va majburiyatlari cheklangan shirkatlar shaklida tashkil qilinib, aktsiyalar paketi davlatga taalluqli bo’ladi. Shu bilan birga, ular ma’lum imtiyozlardan foydalanadi. Bular davlat tomonidan pul va dotatsiyalar berilishi, chet el litsenziyalarini yengil shartlar bilan olish, boshqa davlat korxonalari bilan xomashyo va yarim fabrikatlarni qat’iy belgilangan narxlarda 8
ta‘minlanganlik va shu kabilar. Jamoa tadbirkorligi jamoa mulkiga asoslanadi va uning a’zolari faoliyatida o’z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo qiladi. Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona korparatsiya tomonidan xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi. Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo’ladi. Shaxsiy tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish o’zi yoki oila a’zolari mehnati asosida amalga oshiriladi. Shaxsiy korxona egasi uning menejeri ham hisoblanib, korxonaning barcha majburiyatlari uchun shaxsiy javobgar bo’ladi. Bu odatda kichik savdo shahobchalari xizmat ko’rsatish sohasidagi korxonalar, dehqon xo’jaliklari, hamda huquqshunos va hakamlarning malakaviy kasbi doirasida tashkil qilingan tadbirkorlikdir. Faoliyat turining mazmuniga bog’liqlikda tadbirkorlikning quyidagi turlari farqlanadi: - Ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlik. Tadbirkorlikning mazkur shaklida tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, axborot berish va ma’naviy qimmatliklar yaratish amalga oshiriladi. - Tijorat sohasidagi tadbirkorlik tovar va xizmatlarni sotish bo’yicha bitimlarni amalga oshirishga qaratiladi; - Moliyaviy tadbirkorlikda sotish-xarid qilish vositasi pul, valyuta, qimmatli qog’ozlar hisoblanadi; - Vositachilik tadbirkorligi tomonlarning o’zaro bitimlaridan manfaatdorligini bog’lovchi faoliyatda namoyon bo’ladi. 9
qilish sohasi bo‘yicha kelishuvlarni tavsiflab, ular Kartel 1 , Sindikat 2 , Konsorsium 3 , Konsern 4 to‘pida bo‘lishi mumkin: Tabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishning muhim shakllaridan biri hissadorlik (aksionerlik) jamiyatlaridir. Ancha katta va yirik ishlarni bajarishlari uchun qatnashchilar o’zlarining mehnatini, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurslarini birlashtirishlari lozim bo’ladi. Hozirgi kunda korxonalarni hissadorlik shaklda tashkil qilish jahon xo’jaligi va avvalo yirik ishlab chiqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. AQSh, Yaponiya va G’arbiy Yevropadagi barcha yetakchi mamlakatlarda hissadorlik jamiyatlari sanoat, savdo, sug’urta ishi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida korxonalarning yetakchi tashkiliy-huquqiy shakli bo’lib qoldi. Aksiya chiqarish va uni erkin joylashtirish hissadorlik munosabatlarning muhim tomonlaridan birini tashkil qiladi. Aksiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o’zining hissasini qo’shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish, korxonani boshqarish va tugatilganda mulkiga sheriklik huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog’ozdir. Aksiya kursi. Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal qiymati deyiladi, aksiya bozorida sotiladigan narx aksiya kursi deyiladi. 1 Kartel (ital. cartelio – qog’oz, hujjat) bitta sanoat tarmog’ida bir nechta korxonalarning uyushmasi 2 Sindikat (lot. sindicatus – ishonchli vakil) bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi 3 Konsorsium (lot. consortium - shirkat, ishtirok etish) tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi 4 Konsern (concern- ishtirok, manfaat) rasmiy jiahtdan mustaqil bo’lgan, ko’p tarmoqli korxonalarning majmuini o’z ichiga oluvchi birlashma 10
stavkasiga esa teskari mutanosiblikda bo’ladi. Aksiya bo’yicha olinadigan daromadi bankka qo’yilgan puldan keladigan foizdan kam bo’lmasa, u sotib olinadi. Ssuda foizi o’sganda aksiya kursi tushadi. Agar dividend ssuda foiziga qaraganda yuqori darajada ortsa, aksiya kursi ko’tariladi. Aksiyaning haqiqiy bozor kursiga dividend va ssuda foizi darajasi bilan birga, unga bo’lgan talab va taklif nisbati ham ta’sir qiladi. Hissadorlik jamiyatlari aksiya bilan birga obligatsiya ham chiqaradi. Obligatsiya – uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo’yganligini tasdiqlaydi. Obligatsiya hissadorlik jamiyati moliyaviy mablag’larini ko’paytirish uchun chiqariladi. Aksiya egasi korxona mulkdori, obligatsiya egasi esa uning kreditori hisoblanadi. Undan tashqari, obligatsiya aktsiyadan farq qilib, o’z egasiga yillik kafolatlangan daromad keltiradi, ammo hissadorlik jamiyati ishlarini hal qilishda ovoz berish huquqini bermaydi. Ta’sischilik foydasi. Hissadorlik jamiyatining tashkil topishi ta’sischilik foydasi kabi daromad turining paydo bo’lishi bilan bog’liq. Ta’sischilik foydasi sotilgan aktsiyalar summasi va hissadorlik korxonasiga haqiqatda qo‘yilgan mablag‘ miqdori o‘rtasidagi farqdan iborat. Dividend. Hissadorlik korxonasida ta’sischilik foydasi bilan bir qatorda dividend ham shakllanadi. Dividend (lotincha dividendus – bo’lishga tegishli) – aksiya egasiga to’lanadigan daromad. Dividend vositasida aktsiya egasi qimmatli qog’ozning shu turiga qo’yilgan pul mablag’larining tegishli qismiga o‘zining mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqaradi. Dividend orqali faqat hissadorlik jamiyati olgan foydaning bir qismi taqsimlanadi. Uning boshqa qismi jamg’arishga, soliq to’lashga va shu kabilarga ketadi. Dividend miqdori olinadigan foyda va chiqarilgan aktsiya miqdoriga bog’liq va uning darajasi odatda ssuda foizidan yuqori bo’ladi. 11
olgan foyda miqdoriga bog’liq. Imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividend miqdori esa joriy yildagi foyda miqdoridan qat’iy nazar qayd qilingan foiz shaklida o’rnatiladi. Jamiyat tugatilgan taqdirda imtiyozli aksiya egasiga shu maqsadda qo’yilgan mablag’ uning nominal qiymati bo’yicha qaytariladi. Respublikada aksionerlik jamiyatlarni rivojlantirishning asosiy yo’nalishi davlat mulkchiligidagi yirik va o’rta korxonalar negizida ochiq hissadorlik jamiyatlari tuzish hisoblanadi. Shu bilan birga ilgari tuzilgan yopiq turdagi jamiyatlar ochiq turdagi aktsionerlik jamiyatlar qilib qayta tuzilishi ko’zda tutilgan. Buning ma’nosi shuki, aksionerlik jamiyatiga o’tish jarayoni respublika aholisining keng qatlamlari uchun, shuningdek, xorijiy jismoniy va huquqiy shaxslar uchun ochiq bo‘lishi lozim. Bunga qimmatli qog’ozlarning ochiq savdosini o’tkazib turish, fond birjasining faoliyatini kengaytirish, investitsiya kompaniyalari, investitsiya fondlari, kliring va agentlik tarmoqlarini tashkil qilish orqali qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasini vujudga keltirish orqali erishiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling