Mavzu tadqiqot dasturida muammoni aniqlash va strategik rejani asoslash


Download 22.22 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi22.22 Kb.
#1446803
Bog'liq
4мав


MAVZU-4. Tadqiqot dasturida muammoni aniqlash va strategik rejani asoslash
Odatda, mijozning bir muammosi bilan shug‘ullanib borar ekan ijtimoiy ish xodimi yana bir qator aloqador muammolarga duch keladi. Misol uchun, bolalarga e’tiborsizlik ko‘pincha ota-onasi (yoki ota-onasidan birining) ichkilikbozlikka berilganligi bilan bog‘liq bo‘ladi; bolaning murakkab xulqi aslida oilaviy, ko‘pincha er-xotinlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning buzilganligi sababli bo‘ladi va shu kabilar. Shunday holatlarga duch kelib, o‘z mijozlariga ularni hal qilishda yordam ko‘rsatib bolalar va oilalar bilan ishlaydigan ijtimoiy ish xodimlari, birinchi navbatda, bolaning manfaatlarini ta’minlashga amal qilib boradilar.1
tadqiqot o‘tkazishga tayyorgarlik davrida belgilangan muammoni hal qilish uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan barcha tadbirlar va ularni amalga oshirish metodlari aniqlanadi. Barcha tayyorgarlik ishlari sotsiologik tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyatini oshirishga ko‘maklashadi.2
Ilmiy Tadqiqot maqsadga yo‘naltirilgan izlanish bo‘lib uning natijalari tushunchalar tizimi, qonuniyatlar va nazariyalar ko‘rinishida o‘z ifodasini topadi.3 Sotsiologik Tadqiqot ilmiy Tadqiqotning bir ko‘rinishi bo‘lib u sotsial xodisalarni bilishga ilmiy yondashishning muxim shakllaridan biridir.
tadqiqotning reja asosida mazmunli va samarali bo‘lishi puxta tayyorgarlik ko‘rishni taqazo etadi. Tayyorgarlik ishlari jarayonida tadqiqotning nazariy va amaliy axamiyati aniqlanadi. Tayyorgarlik ishlari olib borishda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Tadqiqot dasturi tayyorlanadi;
Tadqiqotning kalendarp ish rejasi ishlab chiqiladi;
Tadqiqot ishtirokchilari aniqlanadi;
Rejalashtirilgan ishlar ko‘lami belgilanadi.
Tadqiqot oldida turgan vazifalar asosan quyidagilardan iborat:
1. Ma’lumotlar to‘plash. Anketa so‘rovi yordamida konkret faoliyat turini taxlil qilish asosida kishilar va ayrim guruxlar, ularning qiziqishlari, extiyojlari, o‘zaro munosabatlari va ularning ma’lum bir xodisa hamda jarayonga bo‘lgan munosabatlari to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlar to‘planadi.
2. Nazariy vazifa. Tadqiqot nazariy bilimni yangi faktik dalil va ma’lumotlar bilan boyitadi. Sotsiologik Tadqiqot jarayonida ilmiy-nazariy oyalar, qonuniyatlar tekshirilib ko‘riladi va sinovdan o‘tkaziladi. Shuningdek amaliy sotsiologik Tadqiqotlar jarayonida ilmiy-nazariy muammolar hal etiladi.
2. Amaliy vazifa. Tadqiqotlar ishlab chiqarishni boshqarish, davlat tashkilotlari va mehnat jamoalariga raxbarlik qilishni takomillashtirish, kishilarning ma’naviy, maishiy va iqtisodiy e’tiyojlarini qondirish, taolim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq, amaliy yo‘l-yo‘riqlar, tavsiya va takliflar ishlab chiqadi.
3. Jamiyat istiqbolini ilmiy bashorat qilish Tadqiqotlar jamiyat taraqqiyotidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda kishilarning bo‘lajak sotsiologik jarayon va xodisalarga qanday munosabatda bo‘lishini bashorat qiladi. Sotsiologik tadqiqot xulosalari asosida Tadqiqot ob’ektining istiqboldagi a’voli aniqlanadi. Tadqiqot o‘tkazishga tayyorgarlik jarayonida uning vazifalari aniq belgilanishi kerak.
metodologiya to‘plagan sotsial faktlar, dalillarning ilmiy ahamiyati qay darajada bo‘lishini belgilaydi. Metodologiya borliq to‘g‘risidagi bilimlar bilan emas, balki shu bilimlarni shakllantirish uchun amalga oshiriladigan ish-harakatlar usulini aniqlash bilan shuullanadi. Shu ma’noda metodologiya tushunchasi tadqiqot yo‘li, ma’lumotlar to‘plash usullari va ularni qayta ishlash yo‘l-yo‘riqlarini anglatadi. Tadqiqot metodi va yo‘l yo‘riqlari deganda sotsiologik ma’lumotlarni to‘plash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish yo‘li tushuniladi.
Metod ma’lumotlar to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish usuli bo‘lsa, sotsiologik tadqiqot texnikasi u yoki bu usulni samarali qo‘llash uchun zarur bo‘ladigan maxsus yo‘nalishlar yiindisidir. Metodika ma’lum bir metod bilan bog‘liq bo‘lgan texnik ishlar majmuasidir.
Masalan, jamoatchilik fikrini o‘rganish uchun anketa so‘rovi usulidan foydalanish mumkin. Respondent (javob beruvchi) larda ayrim mulo’azalarning tuilish e’timoli borligini nazarda tutib, anketa savollarining yarmini tayyor javob variantlari bilan, qolgan yarmini esa javobsiz holda berish mumkin. Savollarning ana shunday ikki shaklda berilishi Tadqiqot texnikasi hisoblanadi. Anketa varaғi, ma’lumotlar to‘plami va anketa to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar Tadqiqot metodikasi deyiladi. Tadqiqot jarayonida maxsus sotsiologik metodlardan tashqari yana boshqa ijtimoiy fanlar (Iqtisodiy nazariya, tarix, psixologiya) da qo‘llaniladigan usullardan ham foydalanish mumkin.
Har qanday tadqiqot asosiy muammoni aniqlashdan boshlanadi. Muammoni aniqlash tadqiqotning yo‘nalishi va maqsadi bilan bog‘liqdir. Tadqiqotlar o‘z muammolarining bir-biridan farqlangani singari qo‘yilgan muammolar ham o‘z mazmuni va ko‘lami bilan bir-biridan farqlanadi. Ayrim muammolar alohida olingan ma’lum bir guruh, jamoa, viloyat yoki bir necha guruh faoliyatidagi sotsial, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayot masalalari bilan bog‘liq bo‘lsa, boshqa muammolar ma’lum bir turdagi yaxlit jamiyatning hayotiy masalalari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, inson faoliyati masalasini olaylik: kishilar o‘zlarining e’tiyojlari (moddiy, ma’naviy va x. k.) ni qondirish uchun biror bir korҳona yoki muassasada mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Ularning eҳtiyojlarini qondirishda korxona yoki muassasalarning imkoniyatlari bir ҳilda bo‘lmasligi mumkin. Hodimlar e’tiyojlarini to‘laroq qondirish uchun zarur bo‘ladigan tajriba, malaka, tadbirkorlik, ishbilarmonlik va boshqa shart-sharoitlarni aniqlash, ularning mehnatga bo‘lgan munosabatlari darajasini belgilash o‘tkazilishi kerak bo‘lgan sotsiologik Tadqiqotda muammo hisoblanadi. Bu muammoning yechimi Tadqiqot dasturidagi barcha ishlar amalga oshirilgandan keyin topiladi. Ma’lum bir dastur asosida o‘tkazilayotgan sotsiologik tadqiqot jarayonida unda aniqlangan asosiy muammodan tashqari yana bir qator muammolarga ham javob olish mumkin. Albatta, bunday xolatlarda tadqiqot dasturi ko‘plab muammolarning sotsiologik tahliliga qaratilgan bo‘lishi kerak.Muammo butun xudud yoki mintaqa doirasida vujudga kelagn birgina masalaning yechimini topishga ham qaratilishi mumkin. Bunday holda Tadqiqot butun xudud yoki mintaqa miqyosida o‘tkaziladi. Bundan tashqari, ishsizlik, jinoyatchilikning o‘sishi, oilalarning buzilishi, aholining uy-joy бilan taominlanishi, yashash va mehnat sharoitlarining talabga javob bermasligi, aholiga madaniy-maishiy yordam ko‘rsatishning a’voli kabilar ma’lum bir korxona, ҳudud yoki butun respublika oldida turgan sotsial muammo bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, muammolar butun bir mamlakat yoki bir necha mamlakat xalqlari oldida turgan jaxon miqyosidagi sotsial muammo mazmuniga ega bo‘lishi mumkin (masalan, yadro urushi xavfi, ekologik tanglik, giyoxvandlik va boshqalar).
Muammoning hal etilishi qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Masalan, uy-joy masalasi, ekologik ongning shakllanishi, tabiiy muxitni sog‘lomlashtirish kabi masalalar uzoq muddatda hal etiladigan masalalar hisoblanadi.
Sotsiologik Tadqiqot muammosining to‘g‘ri aniqlanishi Tadqiqot ob’ekti va predmetini belgilashga imkon beradi. Sotsial konfliktlarni o‘z ichiga olgan sotsial jarayon, sotsial faoliyat qandaydir ijtimoiy munosabatlar tadqiqot ob’ekti bo‘lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, muammoli vaziyatni vujudga keltirgan kishilar, ularning faoliyati sotsiologik tadqiqot ob’ekti bo‘lishi mumkin. Bilish jarayoni anna shu ob’ektga yo‘naltiriladi.
Sotsiologik tadqiqot ob’ekti deganda ma’lum bir sotsial guruxga mansub bo‘lgan kishilarning faoliyati va bu faoliyatni amalga oshirish sharoitlari tushuniladi. Ob’ektni izo’lashda kishilarning qanday kasbga ega ekanligi, xudud va kenglik chegarasi (shaxar, qishloq, viloyat) vazifasi bo‘yicha yo‘nalishi (ma’naviy ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, maishiy hayot) hisobga olinishi kerak.
Tadqiqot muammosini belgilashda mazkur muammoni vujudga keltirgan faoliyat soxibini aniqlash muximdir. Chunki muammo o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, u kishilar faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun ham u yoki bu sotsial muammo soxibi tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Masalan, madaniy daraja yoki mehnat faoliyati deganimizda ma’lum bir kishilar guruxini: shaxar yoki qishloq aholisi, ishchilar yoki mutaxassilar, ilmiy xodimlar, talabalar, o‘qituvchilar va boshqalarni nazarda tutamiz. Ular o‘z bilim va madaniy-ma’naviy darajasi yoki mehnat faoliyatidagi xatti-harakatlari bilan bir-birlaridan farqlanadilar va turli sotsial muammolarni keltirib chiqaradilar. Shu ma’noda ular sotsiologik tadqiqot ob’ekti xisoblanadilar.
Muammoning vujudga kelishi ayrim xollarda asosiy ob’ektga bog‘liq bo‘lmasligi mumkin. Masalan, talabalarning biror bir fanni qiyin o‘zlashtirishlari ularning shu fanga qiziqishlari past bo‘lishi bilan bir qatorda mazkur fan o‘qituvchisining chuqur bilim va yuqori malakaga ega bo‘lmasligi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda tadqiqotning ikki ob’ekti aniqlanadi: 1). Asosiy ob’ekt- o‘quvchilar; 2). Qo‘shimcha ob’ekt- mazkur fan o‘qituvchilari.
Tadqiqot ob’ektining konkret belgilanishi tadqiqot predmetini to‘g‘ri aniqlashga imkon beradi.
Sotsiologik tadqiqot maqsad va vazifalari.
Sotsiologik tadqiqot muammosi bilan uzviy bog‘liq ravishda uning vazifasi kelib chiqadi. Tadqiqot maqsadi shu tadqiqotni amalga oshirish yakunida olinishi kerak bo‘lgan va kutilayotgan oxirgi natijadir. Har qanday sotsiologik tadqiqot o‘z oldiga ma’lum bir maqsadni qo‘yadi. Maqsad ko‘lamiga qarab tadqiqot vazifalari belgilanadi.
Maqsad sotsiologik tadqiqotning so‘nggi natijalariga qaratilsa, uning vazifasi anna shu maqsadga erishish jarayonida javob olinishi lozim bo‘lgan savollarga qaratiladi. Maqsad va vazifa bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Maqsad tadqiqotning umumiy vazifasi ham bo‘lishi mumkin. Agar maqsad nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lsa, tadqiqot dasturini tayyorlashda belgilangan muammoga oid ilmiy adabiyotlarni chuqur o‘rganish asosida Tadqiqotning maqsad va vazifalari aniqlanadi.Masalan, shaxsning sotsial aktivligi muammosini tadqiq etish bo‘yicha dastur tayyorlashdan oldin sotsial aktivlik moxiyatini ochib beradigan ilmiy adabiyotlarni o‘rganish tadqiqotning maqsad va vazifasini to‘g‘ri belgilashga imkon beradi.
Agar sotsiologik tadqiqotning maqsadi faqat amaliy ahamiyatga ega bo‘lsa, tadqiqotning vazifasi ham amaliy masalalarni hal etishga qaratiladi. Bunday xollarda ham amaliy vazifaning nazariy asoslari o‘rganilishi kerak. Chunki nazariyasiz amaliy vazifalarni hal etib bo‘lmaydi.
Shunisi ham borki, konkret sotsiologik tadqiqotlar natijasida har doim ham ilmiy xulosalar olinavermaydi.
Tadqiqotning asosiy va qo‘shimcha vazifalari mavjud bo‘ladi. Vazifalarning har ikki turi bir-biri bilan bog‘liqdir: qo‘shimcha vazifalarni hal etish tadqiqotning asosiy vazifasini hal qilishga yordam beradi.
Maqsadning to‘g‘ri aniqlanishi asosiy va qo‘shimcha vazifalarga javob beruvchi tadqiqot jarayonini tartibga soladi.
Sotsiologik tadqiqotning maqsad va vazifalari turlicha ham bo‘lishi mumkin. Masalan, aholi turmush tarzining dinamikasini o‘rganuvchi nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tadqiqotni olaylik. Bu tadqiqotning maqsadi:
- turmush tarzining rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash;
- aholining umumiy va o‘ziga xos yashash sharoiti hamda faoliyati qonuniyatlarini tahlil qilish;
- aholi turmush tarzining istiqboldagi rivojlanishi to‘g‘risida uzoq muddatga mo‘ljallangan taxminiy nazariy xulosalar ishlab chiqishdir;
Anna shu maqsaddan kelib chiqib, tadqiqotning quyidagi vazifalarini aniqlash mumkin:
Axolining yashash sharoiti, ishlab chiqarish va ma’naviy faoliyatini xisobga olgan holda turmush tarzi rivojlanishining nazariy asoslarini ishlab chiqish.
yashash sharoiti va aholi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari turmush tarzining o‘zgarishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlash.
Tadqiqot jarayonida yuqorida ko‘rsatilgan vazifalardan tashqari yana qo‘shimcha vazifalar ham vujudga kelishi mumkin.
Ishni sotsiologik tadqiqot dasturida belgilangan maqsad va vazifalar asosida tashkil etish tadqiqot samaradorligini oshiradi. Tadqiqot maqsadi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lishi va muxim ijtimoiy talabga javob berishi kerak. Maqsadning aniqligi, to‘g‘riligi va dolzarb ahamiyatga ega ekanligi Tadqiqot natijalaridan jamiyat ravnaqi yo‘lida foydalanish imkonini beradi. Tadqiqot jarayonida belgilangan vazifalarni o‘z muddatida bajarish tadqiqot natijalarinig sifat va samaradorligini oshiradi.


1 Бола ҳуқуқлари тўғрисидаги конвенция. 3-модда.

2Ё.Тоиров «Социология асослари». Фарғона. 1998 йил.

3 Ф.А.Кузин «Кандидатская диссертация, методика написания,правила оформления и порядок защиты» Москва 1997




Download 22.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling