Mavzu: tafakkur va xayol


Download 221.76 Kb.
bet15/16
Sana20.11.2023
Hajmi221.76 Kb.
#1787511
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Mavzu tafakkur va xayol

I.S.Yakimanskaya tomonidan kasb-hunar kolleji o'quvchilarida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Fazoviy tafakkur deganda narsa va hodisalarning fazoda rasional joylashishi, zamon va makon munosabatlarini, murakkab bog'lanishlarini adekvat ravishda aks ettirishdan iborat fikr yuritish jarayoni tushuniladi, tasavvurlar, xotira va xayol tasavvurlari bilan uzviy bog'liq holda namoyon bo'ladi.
Tafakkur boshqa bilish jarayonlari kabi o'zining individual xususiyatlariga ega bo'lib, fikr yuritish faoliyatining shakllari, vositalari va operasiyalarining munosabatlari kishilarda turlicha namoyon bo'lishida o'z ifodasini topadi. Odatda tafakkurning individual xususiyat- lari, sifatlariga bilish faoliyatining mazmundorligi, mustaqillik, epchillik, samaradorlik, fikrning kengligi, tezligi, chuqurligi va boshqa sifatlar kiritiladi.
Tafakkur mazmundorligi deganda insoning tevarak-atrofdagi moddiy voqelik to'g'risida ongda qay miqdorda, ko'lamda mulohazalar, muhokamalar, fikrlar, muammolar, tushunchalar joy olganligi nazarda tutiladi. Insonda sanab o'tilgan xarakterdagi g'oyalar to'lib toshsa, shunchalik tafakkur mazmundor bo'ladi. Kishilar bir-birlaridan birinchi navbatda tafakkurning mazmundorligi bilan tafovutlanadi.
Tafakkurning chuqurligi deganimizda moddiy dunyodagi narsa-hodisalarning asosiy qonunlari, qonuniyatlari, xossalari, sifatlari ularning o'zaro bog'lanishlari, munosabatlari, tafakkurimizda to'liq aks etganligini tushunishimiz kerak. Tafakkur arsenalida joylashgan narsalarning qay yo'sinda sistemalashganligiga qarab to'g'ri va rasional yo'l nazarda tutiladi, u yoki bu shaxsning tafakkur chuqurligi to'g'risida qat'iy bir qarorga kelish mumkin.
Tafakkurning kengligi o'zining mazmundorligi, chuqurligi kabi sifatlari bilan muntazam aloqada bo'ladi. Insonlardagi narsa va hodisalarning eng muhim belgi, xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirgan o'tmish yuzasidan, hozirgi davr haqida, shuningdek, kelajak to'g'risida mulohazalar, muammolar va tushunchalarni qamrab olgan tafakkur keng tafakkur deyiladi. Fikr doirasi keng bilim saviyasi yuqori serg'oya ijodiy izlanishdagi kishilarni aql zakovatli, bilimdon yoki tafakkuri keng kishilar deb atash mumkin. Demak, insonning aql-zakovati, bilimdonligi mulohazadorligi uning tafakkurining kengligidan dalolat beradi.
Inson tafakkuri o'zining mustaqilligi jihatidan mustaqil va nomustaqil tafakkurga ajratiladi. Tafakkurni mustaqilligi deganda kishining shaxsiy tashabbusi bilan o'z oldiga aniq maqsad, yangi vazifalar qo'ya bilishi, ular yuzasidan amaliy va ilmiy xarakterdagi faraz, gipoteza qilish, natijani ko'z oldiga keltira olishi, qo'yilgan vazifani hech kimning ko'magisiz, ko'rsatmasisiz o'zining aqliy izlanishi tufayli turli yo'l, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqliy qobiliyatni tushunish kerak.
Tafakkurning mustaqilligi aqlning sertashabbusligi, pishiqligi va tanqidiyligida namoyon bo'ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda insonning o'z oldiga yangi muammo, aniq maqsad va konkret vazifalar qo'yishni, ana shularning barchasini amalga oshirishda, nihoyasiga yetkazishda yechimni qidirishda usul va vositalarni shaxsan o'zi izlashi, aqliy zo'r berib intilishi, ularga taaalluqli qo'shimcha belgi va alomatlarni kiritishdan iborat bosqichlarning namoyon bo'lishini nazarda tutamiz. Aqlning pishiqligi vazifalarni tez yechishda, yechish paytida yangi usul va vositalarni o'z o'rnida aniq qo'llashda, trafaretga aylangan eski yo'l hamda usullardan foriq bo'lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi.
Maqsad, muammo va vazifalar o'zga shaxslar tomonidan qo'yilib, tayyor usul va vositalarga tayangan holda o'zga kishilarning bevosita yordami bilan amalga oshirilishi jarayonida bir oz ishtirok etgan tafakkur nomustaqil deb ataladi. Nomustaqil tafakkurli kishilar tayyor mahsulotlar quliga aylanadilar, o'sishdan orqada qolish xavfi tug'iladi. Natijada aql-zakovatli inson bo'lish o'rniga, kaltabin, aqldan erinchoq, behafsala odam bo'lib voyaga yetadi. Demak, tafakkurning nomustaqillik illati rivojlanishiga to'siq bo'lib, yakka shaxs uchun esa tragediya rolini bajarishi ehtimoldan xoli emas.
Fikrning mustaqilligi uning mahsuldorligi bilan uzviy bog'langan. Agar inson tomonidan muayyan vaqt ichida ma'lum soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, g'oyalar, tavsifnomalar yaratilgan hamda nazariy va amaliy vazifalar hal qilingan bo'lsa, bunday kishining tafakkuri sermahsul tafakkur deb ataladi. Demak, vaqt oralig'ida bajarilgan ish ko'lami va sifatiga oqilona baho berish tafakkur mahsuldorligini o'lchash mezoni sifatida xizmat qiladi.

Download 221.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling