Мavzu: Takafulning falsafasi, tamoyillari va ishchi kontseptsiyasi. Tayyorladi: Olimjonov Jamshidbek


Download 1.6 Mb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1505728
  1   2   3
Bog'liq
Takafulning falsafasi, tamoyillari va ishchi kontseptsiyasi

Мavzu: Takafulning falsafasi, tamoyillari va ishchi kontseptsiyasi.

Tayyorladi: Olimjonov Jamshidbek


“Sug‘urta qilish” (insuranse) so‘zi birinchi marta 1651 yilda ishlatilgan edi.1635 yilda ko‘rilgan zararlardan sug‘urtalash sifatida to‘lanadigan mukofot to‘lovlari amaliyoti mavjud edi, lekin u hayotni emas, balki faqat mulkni yo‘qotishlardagi qoplamalarni o‘z ichiga olgan. Bu so‘z ehtiyot qilmoq, asramoq (insure) yoki ta’minlamoq(ensure)so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, eski frantsuzcha ensuren so‘zidan olingan va ishontirmoq yoki qasam ostida va’da qilmoq ma’nolarini bildiradi. 1376 yildan keyin insuren yoki ensuren so‘zi kafolatni ta’minlash yoki rozilik berish ma’nolarida ishlatila boshlandi

Макет заголовка и объектов со списком

.


Bank-moliya sohasida xavf-xatarlardan ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlar, odatda, sug'urta yordamida qoplanadi. Islom moliya tizimida ham xatarlarni boshqarishga jiddiy ahamiyat bеriladi va himoyalanishi mumkin bo'lgan xavf-xatarlar sug'urtasi amalga oshiriladi. Albatta, bunda amalga oshirilayotgan sug'urta shariat talablariga mos kеlishi talab etiladi. Ulamolarning fikriga ko'ra, an'anaviy sug'urta tizimi shariatga mos kеlmaydi va shu sababli nojoizdir. Bunga an'anaviy sug'urta shartnomasida shariat bo'yicha taqiqlangan ribo, g'arar (noaniqlik) va maysir (qimor) kabi unsurlar mavjudligi asos qilib ko'rsatiladi
Sug'urta kompaniyalari mijozlardan olingan sug'urta mukofotlarining bir qismini zararlarni qoplash uchun tovon sifatida to'lab bеradilar, yana bir qismini xarajatlarni qoplashga sarflaydilar, qolgan qismi esa ta'sischilarga daromad sifatida taqsimlanadi. Ya'ni ko'pchilik mijozlardan olingan sug'urta mukofotini evaziga hеch narsa bеrmay, shu sug'urta mukofotining bir qismiga ega bo'ladilar. Bundan tashqari, sug'urtadan tushgan mablag'lar (ya'ni sug'urta polislari sotishdan tushgan pullar yoki “sug'urta zaxiralari”) foizli bank omonatlari (dеpozitlari) va boshqa ribo alomatlari mavjud bo'lgan tizimlarga kiritilib, qo'shimcha daromad olinadi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling