Мавзу: талабаларга мумтоз мусикани ургатишнинг узига хос йуллари


XORAZM MAQOMINING AYTIM VA CHERTIM YO’LLARI


Download 185 Kb.
bet5/5
Sana27.12.2022
Hajmi185 Kb.
#1069454
1   2   3   4   5
Bog'liq
огабек хоразм шашмақом тарихи

2.1. XORAZM MAQOMINING AYTIM VA CHERTIM YO’LLARI.
Xorazm maqomlaridagi aytim va chertim bo’limlarining boshlanish qismidagi bir xillik bunga sababdir. Xorazm maqomlarida Sarahborlarning ba’zi taronalari terma holda, avj qo’shilib, yirik shakldagi ashulaga aylantirilgan. «Sarahbori Rost»da uchta tarona mavjud bo’lib, «Tarona», «Suvora», «Naqsh» deb nomlanadi.
Sarahborlar taronalari bilan aytilganidan so’ng, talqin sho’hbalariga o’tiladi. Ular Talqini Rost, Talqini Buzruk, Talqini Navo, Talqini Segoh deb nomlanadi. Xorazm maqomlarida o’n beshta nasr yo’llari mavjud bo’lib, «Xorazm maqomlari» kitobida sakkizta nasr sho’hbalari beriladi. Ular «Rost» maqomida «Navro’zi sabo», «Buzruk»da Nasrulloyi, Navoda - Faryod va Orazi Navo, Dugohda Chorgoh va Bayot, Segohda - Sabo, Navro’zi Xoro, Nasri Ajam deb nomlanadi.
Xorazm maqomlarining birin-ketin joylashishi va tarkibiy qismida farqlar mavjud bo’lib, bunga e’tiborni qaratish zarur bo’ladi. Muhammad Yusuf Bayoniyning «Tanbur chizig’i»da maqomlar quyidagi tartibda joylashgan:
Dugoh, Rost, Navo, Iroq, Segoh, Buzruk va o’z - o’zidan ko’rinadiki, «Shashmaqom»da joylashgan, ya’ni Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq tartibida kelmaydi.
I.Akbarov tahriri ostida chop etilgan «Xorazm maqomlari»da esa Rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq tartibida keladi.
Malumki har bir maqom, maqomchilikning asosiy sozi bo’lgan tamburning aniq bir pardasiga mos keladi va boshdan oxirigacha shu pardaga taalluqli lad tuzilmasiga asoslanadi. Har bir maqomda foydalaniladigan tovush qatoriga xos xususiyatlar shu maqomning boshlanish qismida o’z ifodasini topadi va aynan shu qism- “tani maqom” deb ham nomlanadi. Tani maqomda io’latiladigan tavush qator va lad tuzilmasi butun sekl ijrochiligida o’z kuchini saqlab qoladi.
Xususan Xorazm seklidagi Rost maqomining tani maqom qismida ishlatilgan tavush qatorlarga xos xususiyatlar uning boshqa barcha qismlarida ham aynan ishlatiladi. Rost maqomining “tani” qismida ladning I, II va V pardalari asosiy hisoblanib, asarning tuzilish kuylash holatlari aynan shu pardaga to’g’ri keladi. Shuningdek uning “tani maqom” iga xos tavush qatorida VII bosqichning ikki xil holatda bazon yarim ton past va bazan esa yarim ton yuqori holatda ishlatilishi bilan harakterlanadi.
Buni o’zimiz tahlil qilib ko’rishimiz mumkin: I, II va V bosqichlarning faolligi sezilib turgani holda unga xos xususiyat doriy va meksolidiy ladlarining ko’p ishdatilishi o’ziga xos xususiyatni tashkil etadi. Shuningdek, buzrukning lad tuzilishida III-bosqichning ikki xil variyantda (m: re-minorda) fa-diyez va fa-bekarlarning turlicha kuylanishi va chalinishi bilan farqlanadi.
Navo maqomi lad o’zgarishi bilan boshqalardan ajralib turadi. Unda lidiy-ioniy, lidiy, ioliy-doriy ladlarining almashinib kelishi bilan harakterlanadi. Melodiyaning asosiy tayanchi I, V va VI bosqichlarga to’g’ri keladi. Ayni paytda notalarning ikki xil variantda yuqorilatish va pasaytirilish holatlari IV-bosqichga to’g’ri keladi.
Segoh maqomiga xos lad tuzilishida, doriy ladi asosiy o’rinni egallaydi. Ayni paytda fa-diyez, sol, lya, do tarzidagi pentakord ham uchraydi.
Dugoh maqomida esa navo maqomiga xos lad tuzilishliri uchrab turadi. Xorazm maqomlarining lad-tanollik tizimida turli ladlardan foydalanilsa-da, ular asosan “tani maqom” da olingan tanallikdan diyarli chetga chiqmaydi.
Maqomlarni o’rganish jarayonida- maqom shubalarining lad tuzilishiga alohida to’xtalib o’tish, lad o’zgarishi yuz beradigan lavhalardan aynan misollar keltirish, talabalarning ongli idrok qilishlariga katta imkon beradi.
Maqomlarni kuylashda har bir maqomning o’ziga xos musiqiy tuzilishini ifodalab beruvchi lavhalarni talabalarga o’rgatib borish ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqashunos olim Isoq rajabov o’zining “Maqom masalalariga doir” kitobida maqomlar kuylanishida yigirmadan ortiq namudlar mavjudligi va ularni o’rganish alohida tadqiqot mavzusi bo’lishi mumkinligi haqida fikr bildiradi.
Matniyoz Yusupovning 1980 yillardagi chop etilgan 5 jildlik «Xorazm maqomlari»da ham Rost, Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq va Panjgoh qo’shilgan tartibda keladi.
O’tmishda ananaviy “ustoz-shogirt” uslubi bo’yicha maqomchalik sanati o’zlashtirib kelingan bo’lsa, XX asrdan boshlab musiqa talim muassasalarida ananaviy ijrochilik, jumladan, maqomchilik sanati uslublari o’zlashtirilib, yuzlab iqtidorli yosh maqom ijrochilari kashf etilmoqda.
Maqomlarni inson kayfiyati bilan bog’lik turli hissiyotlarga mansub bo’lishligini nazarda tutgan holda har bir sho’bani, xalq ashulalarini o’rganishdan oldin talabalarni aynan shu kayfiyatga moslashtirish lozim bo’ladi.
O’zbek xalqining hozirgi avlodi o’z ajdodidan juda katta boy musiqiy merosni, bebaho asarlar hazinasini qabul qilib olgan. Bular ichida mumtoz musiqaning o’rni alohidadir. Turli hududlarimizda yaratilgan “Shashmaqom”, “Xorazm maqomlari”, “Farg’ona-Toshkent maqomlari” mumtoz qo’shiqchiligimiz yunalishida yaratilgan, yirik hajmdagi, keng diapozon talab qiladigan ashulalarimiz, katta ashulalarning har biri o’ziga xos musiqiy bezaklarga ega bo’lib, bo’lajak musiqa mutaxasislari bu bebaho boylikni asrab avaylab asrashi ularni yangicha talqinlar bilan boyitib, yosh avlodga singdirib borishi uchun ularda o’ziga xos xassolik va mumtoz musiqaga qiziqishni tarbiyalashdir.
So’ngi yillarda mumtoz musiqani xususan o’zbek mumtoz musiqasini o’rganish, o’zlashtirish va targ’ib etishga, ularni yanada ravnaq toptirishga qaratilgan qator etiborli ishlar amalga oshirildi. Endilikda o’zbek mumtoz musiqamiz, kengroq, ananaviy musiqamiz maxsus fanlar sifatida musiqa, sanat va madaniyat talim tizimida joriy etila boshlanganligini takidlash kerak. 1973-yili ananaviy ijrochilik ilk bor Toshkent konservatoriyasida joriy etilgan bo’lsa, 1990-yildan boshlab o’rta maxsus bilim yurtlarida va 2002-yildan akademik letsiylar va musiqa maktablarda ananaviy ijrochilik bo’limlari o’z faoliyatlarini boshladi va yosh avlodning milliy ananalirimiz ruhida tarbiyalash jadallashtirildi. O’zbek mumtoz musiqasi va ananaviy ijrochilik nafaqat konservatoriyada, madaniyat va sanat institutlari, musiqa, sanat va madaniyat kollejlari, akademik letsiylarda, balki umumtalim maktablarining o’quv jarayoni hamda talim-tarbiya tizimidan ham munosib o’rin ola boshladi.
Respublikamiz miqyosida muntazam ravishda uyushtirilayotgan ko’rik-tanlovlar, bir jihatdan buyuk sanatkorlarimizning musiqa madaniyatimizga qo’shgan hissasi, ularning o’ziga xos mahorat va istedod qirralarini aniqlashga, ommalashtirishga imkon bersa, ikkinchi tomondan, xalq orasida mumtoz sanatimiz va sanatkorlarimizning ijodini keng tarqalishi va kelajakda yanada davom ettirib, rivojlanishiga olib keladi degan umiddamiz. Bu nodir manaviy xazinani yoshlar ongi, faoliyatiga zamonaviy vosita va uslublar asosida singdira olish zarur. Ana shunda avlodlar va qadriyatlar vorisiyligi, ananalarning umrboqiyligi, musiqa sanatimiz istiqboli, ravnaqi va zamonaviyligini taminlagan bo’lamiz.
Maqomlar o’z kayfiyati bilan insonning hayotiga uning turmush tarziga hamda turmush manzaralariga bevosita bog’lanib ketadi.


XULOSA.
Mumtoz musiqalarni talabalar bilan o’rganishda, ularning repertuarlarini boyitib borish bilan bir qatorda asrlar davomidasayqal topib kelgan milliy bezaklar, nola va qochirimlardan foydalana olish ularning hissiy olamiga kirita olish, ularni bekamu\kust ijro eta olishi va ularning badiiy qiymatinio’tkir zehn bilan baholay olishi kabi jihatlarga ham alohida etibor berish lozim bo’ladi.
O’zbek xalqining xozirgi avlodi o’z ajdodidan juda katta boy musiqiy merosni, bebaho asarlar hazinasini qabul qilib olgan. Bular ichida mumtoz musiqaning o’rni alohidadir. Turli hududlarimizda yaratilgan “Shashmaqom”, “Xorazm maqomlari”,”Farg’ona-Toshkent maqomi”, mumtoz qo’shiqchiligimiz yunalishidayaratilgan yirik hajmdagi, keng diapozon talab qiladigan ashulalarimiz, katta ashulalarimizning har biri o’ziga xos musiqiy bezaklarga ega bo’lib, bo’lajak musiqa mutaxasislari bu bebaho boylikniasrab avaylab saqlashi, ularni yangicha talqinlar bilan boyitib, yosh avlodga singdirib borishi uchun o’ziga xos xassoslik, yuksak malakali kadr qilib tarbiyalash talab etiladi.
Buyuk allomalarimiz, musiqashunos olimlarimiz, musiqiy olamning sir\sinoatlarini ochib beruvchi ko’plab nodir asarlarni va qo’l yozmalarni meros qilib qoldirib ketganlar. Bu xazinani o’rganib undan yetarlicha xulosa chiqarib olish va undagi durdona fikrlarni yoshlar ongiga singdirib, ularning musiqa haqidagi bilimlarini kengaytirib, o’stirib borish ham bo’lajak bakalavrlarning zimmasiga yuklatiladi.
Shuni alohida takidlash lozimki musiqa pedagogikasi olimlari musiqaning turli jihatlariga qalam urib, musiqaorqali yoshlarga estetik va axloqiy tarbiya berish, musiqiy bilimlarini shakllantirish kabi qator mavzularni yoritib berganlar.
Xalqimizning kelajak ishonchm va tayanchi bo’lgan yoshlarga musiqa sirlarini o’rgatish ishiga bel bog’lagan bakalavrlar bu muammoni asosli hal qilishga jalb qilinishi uchun ularni oliy musiqa dargohlarida tizimli ravishda tayyorlab borish lozimdir.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. I. Karimov. Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T; - O’zbekiston. -1997 yil.
2. I. Karimov. Barkamol avlod orzusi. – T; - O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. -2000 yil.
3. I. Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. – T;- Ma’naviyat. – 2008 yil.
4. S.Begmatov, Maqom surnay yo’llari. Toshkent 2010 yil.
5. Yu.Rajabiy, O’zbek maqomlari – Shashmaqom. Toshkent 2006 yil
6. O.Xayitova, Xorazm qo’shiq ijrochilik an’analari.
7. Katta ashula. Toshkent 1987 yil.
8. O. Ibragimov. Shashmaqom. (Farg’ona – Toshkent maqomi). Toshkent 2006 yil.
Download 185 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling