Mavzu: talafuz va imlo qoidalari
Download 22.97 Kb.
|
shaxzoda
referat Mavzu: talafuz va imlo qoidalari 08-22 gurux o’quvchisi Bajardi: __________________________ Tekshirdi:_________________________ Asosiy imlo qoidalarida fonetik qoidalarning o‘rni yo‘qmi? Bu yerda tovushning talaffuz qoidalari aks etishi noo‘rinmi? Kerak emasmi? Fonetika o‘zbek tilining asosi, yadrosi. Tilning ildizi tovushlarga asoslanadi. Bunday lug‘atlarda yoki asosiy imlo qoidalarida tovush talaffuzi me’yorlari aks etishi shart. Sababi, harflar tovushlarning yozuvdagi ifodasidir. Fonetik qoidalar qanday aks etadi? [a] tovushi til oldida keng va ochiq holda talaffuz etiladi. Ovoz bog‘lamlaridagi un paychalari birlashgan bo‘lib, taranglashib, tebranadi. O‘pkadan chiqayotgan havo ovoz(un)dan iborat bo‘ladi. Havo tarkibida shovqin bo‘lmaydi. Sof undan iborat bo‘lgan [a] tovushi hosil bo‘ladi. [b] tovushi hosil bo‘lishida havo oqimi portlab, ovoz bog‘lamlaridagi un paychalari birlashib, taranglashadi va tebranadi. Havo shovqin va undan iborat bo‘lib, jaranglaydi. [f] tovushi hosil bo‘lishida lab-tish orasidan sirg‘alib chiqadi, ovoz bog‘lamlaridagi un paychalari ochiq bo‘lib, tebranmaydi. Havo shovqinli va jarangsiz bo‘ladi. [m] tovushi talaffuzida havo burun bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrab, portlab chiqadi va qisman og‘izdan ham chiqadi. Ovoz bog‘lamlaridagi un paychalari birlashib, taranglashadi va tebranadi. Havo tarkibida qisman shovqin va ko‘proq ovoz (un) bo‘ladi. Ovoz (un) ko‘p bo‘lgani uchun bu tovush ovozdor (sonor) tovush deb yuritiladi. O‘zbek tilidagi barcha tovushlarning talaffuz me’yorlari shunday tartibda batafsil, kengroq yoritilsa, maqsadga muvofiq. Fonetikaning “Tovush va talaffuz me’yorlari” muqaddam o‘rganilgan bo‘lib, yuqoridagi qoidalar ilmiy asoslangan. Tovush talaffuzining artikulyatsiyasida nutq organlarining holati fizik va biologik jarayon bo‘lib, bu sohani bugungi globallashuv, texnika asrida qayta o‘rganish o‘ta muhim hisoblanadi. Fonetikaning tovush va talaffuz qoidalari alohida shaklda, qoida tarzida berilsa, unda tovushlar: 1) unli tovushlar talaffuzi qoidalari; 2) undosh tovushlar talaffuzi qoidalari; a) jarangli tovushlar; b) jarangsiz tovushlar; d) ovozdor tovushlar deb tasniflanishi lozim. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari deb nomlanishi noto‘g‘ri. Meningcha, “To‘g‘ri talaffuz va asosiy imlo qoidalari” deb nomlanishi maqsadga muvofiq. Bu qoidalarga tovush talaffuzi me’yoriy qoidalari, tovush va harflar imlosi bo‘limlarini kiritish lozim. Bu bo‘limlarga: 1) unli tovush va harflar qoidasi; 2) jarangli undoshlar va harflar qoidasi; 3) jarangsiz undosh tovushlar va harflar qoidasi; 4) ovozdor undosh tovushlar va harflar qoidasi tasnifi asosida talaffuz qoidalari, tovush va harf munosabati kiritilsa, ayni muddao bo‘lardi. Asosiy imlo qoidalariga bildirilgan fikrlar va ba’zi e’tirozlar: qoidalar harflar imlosidan boshlangan. Ya’ni “Unlilar va undoshlar imlosi”dan iborat. 1. Unlilar imlosi. Aa harfi old qator keng unlisini ifodalash uchun yoziladi. So‘zlarda “a” deb aytiladi va yoziladi deya ta’rif berilgan. Ba’zi so‘zlarda-chi? Bastalama, arazlama, taomil, murojaat, taassurot, taajjub so‘zlarida-chi? Aa tovushi o‘zbek shevalarida, ko‘plab so‘zlar talaffuzida buzib aytiladi. Bu holatni to‘g‘ri imloga keltirish uchun ko‘plab ta’rif va izohlar kerak. Masalan: aka (oka), maktab (metab), bahor (bohor). [o] unlisi ham ochiq va keng talaffuz etiladi. So‘zlardagi “o” tovushi so‘z boshida, o‘rtada, oxirgi bo‘g‘inda kelgan, oldida boshqa tovushlar atrikulyatsiyasi vaqtida talaffuz me’yorlari o‘zgarib ketadi. Masalan: taom, oybaldoq, oshqovoq, soatsoz, toponomik. [i] unlisi oldi qator unli tovushidir. Lekin uning qisqa va me’yoriy talaffuz shakllari mavjud. So‘zlar artikulyatsiyasi vaqtida ba’zan qisqa va cho‘ziq talaffuz etiladi. Masalan: kitob, kino, intilish, intiqlik, yigirma. Talaffuz normalari imloda yozilishi bilan qiyoslanmagan. [u] so‘zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi. Bu tovush tor va keng talaffuz etilsa, uni izohlash lozim. Misollar bilan bu tovush talaffuzida qattiq va yumshoq “u” ham mavjud. Bu hol izohlanmagan. [o‘] so‘zlarda orqa qator o‘rta keng unlini ifodalash uchun yoziladi. Masalan: o‘t, o‘q, o‘zbek... Bu tovushning so‘zlar artikulyatsiyasida til oldi va til orqasida hosil bo‘lish hollari mavjud. Masalan: xo‘roz, qo‘shiq. [e] unlisining talaffuzi va harfiy holatida muammo yo‘q. To‘g‘ri berilgan. Yonma-yon kelgan unlilar imlosi ham izohlangan. Bu holat imlo uchun ahamiyatlidir. 1) unlilar asosida ba’zan “y” undoshi qo‘shib aytilsa ham, yozilmaydi. Nega qo‘shib aytiladi? Fonetikada bunday qoida yo‘q. Qo‘shib talaffuz etilmaydi. Bu muhim emas. Masalan: material — materiyal emas! 2) ae, oe unlilari so‘z ichida qolganda ikkinchi unli “y” deb aytilsa ham, aslida “e” deb yoziladi. Aerostat (ayrostat) emas, (aerostat). Bir tovush bir harfni ifodalaydi. So‘z to‘g‘ri talaffuz etilishi kerak va shunday yoziladi. 3) boshqa holatlarda yonma-yon kelgan unlilar odatda aynan aytiladi va yoziladi. Bu fonetik to‘g‘ri yondashuv... Unli tovush va harflar — Aa, Oo, Ii, O‘o‘, Ee larning yozilish o‘rinlarini imloda berish uchun juda katta miqyosda ilmiy tadqiqotlar lozim. Shaxsiy mulohazalar Fonetikada bir tovush bir harfni ifodalaydi, degan qoida bor. Nima uchun talaffuzga asoslanib bir tovush talaffuz etilishi mumkin yoki talaffuz etilmasligi mumkin, qo‘shib talaffuz etilsa ham, bu hol imloda o‘z aksini topishi ko‘rsatilgan. Bunday holatlar qayerda, qachon tadqiq etilgan? Agar bu holda o‘zbeklar talaffuzi asos qilib olingan bo‘lsa, ular qaysi viloyat vakillari? Bu hol shevaga asoslangan bo‘lsa, bunday imlo qoidalaridan voz kechish kerak! Agar xalqimiz har bir so‘zni to‘g‘ri talaffuz etsa, bunday qoidalarga ehtiyoj qolmaydi. Bunday to‘g‘ri talaffuz qoidalari tilimizni tartibga solsa, savodxonlik darajasi ko‘tariladi. Tilimiz sofligi ta’minlanib, sayqallanadi... Yangi imlo qoidalarida unli harflarning yozilishiga keng o‘rin ajratilgan. A a harfi savol, zamon, bahor so‘zlarida «o» kabi aytilsa ham har vaqt «a» yoziladi. O o harfi boshqa tillardan kirgan quyidagi so‘zlarda «a» singari talaffuz etiladi, biroq hamisha «o» yoziladi: kollej, monitoring, dekoratsiya, omonim, okulist va h.k. Shuningdek, o ba’zan o‘ kabi aytilishi ham mumkin, lekin baribir «o» yozilaveradi: tonna, noyabr, boks, tort va h.k. Download 22.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling