Axborot almashuv tizimlari. Axborot almashuv tizimi xizmat ko`rsatishning yangi turi hisoblanib, elektron xotiralar orqali ma’lumot almashish jarayonini avtomatlashtirilgan holda amalga oshiradi. Bu tizim elektron aloqaning bir ko`rinishi bo`lib, matnli ma’lumotlarni abonentlar o`rtasidagi almashuvini ta’minlaydi. Har bir xabar xususiy xotiralarda saqlanadi va avtomatik tarzda tizimlar o`rtasida almashinadi.
Foydalanuvchi harflar dastasi, displey, bosgich va boshqa qurilmalar yordamida matnli ma’lumotlarni uzatadi va qabul qiladi. Bunda matnlar turli muharrirlar yordamida tahrirlanishi mumkin. Tegishli ma’lumotlar bilan bog`lanishda maxsus qoida va qurilmalar ishtirok etadi. Bu jarayon interfeys buferi, xotira buferi va ma’lumotlarni uzatish apparati orqali boshqariladi.
Teletekst tizimida har bir xabar 2400 bitG`sek tezlikda uzatiladi. A4 o`lchamli qog`ozlarda 1500 belgi joylashadi. Har bir belgi 8-razryadli raqamlar bilan shifrlanadi va sahifa 5 sek. Ichida uzatiladi.
Teletekst tizimi matnli ma’lumotlarni televizor signallari bilan bir qatorda uzatishga mo`ljallangan. Har bir televizion signal o`rtasida ma’lum bir vaqt bo`sh qoladi. Ana shu vaqt oralig`ida 36 KbitG`sek tezlikda tegishli ma’lumotlar uzatiladi. Telemarkazda kelayotgan ma’lumotlar ajratiladi va yuborilayotgan xabar vaqt oralig`ida qayta takrorlanadi.
Ma’lumot manbasi: fayllar.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |