Mavzu: Ta’lim jarayoning umumlashgan pedagogik texnologiyalari
Tadqiqot metodining bosqichlari
Download 0.77 Mb.
|
FANNI O`ZLASHTIRISHGA QARATILGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ppt
Tadqiqot metodining bosqichlari:1. Faktlar va hodisalarni kuzatish hamda o'rganish. 2. Tadqiqotga doir tushunarsiz hodisalarni oydinlashtirish. 3. Gipotezani olg'a surish. 4. Tadqiqotning rejasini tuzish. 5. Rejani amalga oshirish. 6. Yechimni tuzish. 7. Yechimni tekshirish. 8. Amaliy xulosalar. Tadqiqot metodida ham og'zaki va matbuot so'zlari, ko'rsatmali vositalar, amaliy ishlar, yozma va grafik ishlar, laboratoriya ishi va boshqalardan foydalaniladi. O'quvchilarni asta - sekin muammolarni mustaqil hal qilishga yaqinlashtirish uchun ularga avvalo yechimning ayrim bosqichlarini bajarishni o'rgatish, ularda asta - sekin ko'nikma hosil qilish zarur. Tadqiqot metodining birinchi variantida o'quvchilarga ko'rsatilgan rasmga va so'zlab berilgan mazmunga savollar tuzishni tavsiya etish orqali muammolarni ko'ra olish, aytilgan faktlardan xulosa chiqarish o'rgatiladi. Mazkur metodning boshqa bir varianti murakkab masalani tushunilishi oson va har qaysisi asosiy masalani yechishga yaqinlashishni yengillashtiradigan kichik masalalarga ajratishdan iboratdir. O'zaro bog'liq savollardan tashkil topadigan evristik suhbatni tuzish tadqiqot metodining uchinchi varianti bo'lib, mazkur savollarning har biri muammoni hal qilish yo'lidagi qadam hisoblanadi va ko'plari o'quvchilardan faqat o'z bilimlaridan foydalanishni emas, balki izlanishlarni amalga oshirishni ham talab qiladi. Ishlab chiqarish ta'limi darslarida ayrim murakkab ishlarni bajarishning texnologiyasi jarayonini belgilashda, brakning sababini tahlil qilishda, ayrim apparatlar, mashinalar, elektr va radio sxemalari ishidagi kamchiliklarning sabablarini aniqlashda va hokazolarda muammoli vaziyatni vujudga keltirish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarish ta'limi darslarida materialni muammoli vaziyatni vujudga keltirish yo'li bilan o'rganish masterdan odatdagi tayyorgarlikdan tashqari yana qo'shimcha ravishda katta va murakkab ishlarni bajarishni ham talab qiladi. Birinchidan, ishchi yuqorida aytib o'tilgan talablarni hisobga olib, o'quv - ishlab chiqarish materialini to'g'ri tanlashi kerak; ikkinchidan, u izlanish xarakterida bo'lgan topshiriqning mazmunini va uni bajarishning tashkiliy formalarini o'ylab ko'rishi lozim; uchinchidan, ta'limda muammoni vujudga keltiradigan masalalar mazmunini va ularni ifodalash xarakterini belgilab olishi zarur. Bilim hosil qilish va malakalar tarkib toptirish jarayonini dasturlashtirishda o'quv materialini uqib olish uchun o'quvchining qanday aqliy va jismoniy ishlar qilishi lozimligini belgilab olish nazarda tutiladi. Buni ishlab chiqarish ta'limiga tadbiq etish - mehnat usullari, operatsiya va jarayonlar, mashqlarni bajarish metodikasi talablariga rioya qilingan holda tanlangan va bajariladigan jarayonlar, shuningdek, o'z oldiga qo'yilgan savollarga javob topish, javoblarni ta'riflab berish uchun o'quvchi bajaradigan taqqoslash, analiz, turli hisoblash - o'lchash singari bilim olish bilan bog'liq bo'lgan xarakatlar yuqorida aytib o'tilgan aqliy va jismoniy harakatlar jumlasiga kiradi. Agar nazariy ta'limni dasturlashtirish paytida bosma qo'llanmalar va eng oddiy mexanik elektron mashinalari yordamida o'quv materialining har bir elementini o'rganish va uni uqib olish ustidan nazorat o'rnatishga, ya'ni bu ishlarni o'qituvchining bevosita ishtirokisiz amalga oshirishga erishilsa, ishlab chiqarish ta'limini, ayniqsa xarakat hamda hunar malakalarini tarkib toptirish jarayonlarini dasturlashtirishda quruq so'zlardan iborat matnning o'zi va grafik usulda tayyorlangan eng oddiy ko'rgazma vositalarining yolg'iz o'zi kamlik qiladi. O'quv ustasi aslida ishlab chiqarish ta'limi yuzasidan dasturlashtirilgan o'quv qo'llanmasi hisoblangan o'quv kartalari - topshiriqlari yordamida beriladigan muqaddima tarzidagi yo'l - yo'riqni zarur bo'lib qolgan hollarda maxsus asboblar va trenajyorlardan foydalangan holda an'anaviy metodlar bilan olib boradi.«Qadam-baqadam» nazorat qilib, topshiriq qanday bajarilayotganligini tekshirib boradi. Ba'zi hollarda o'quvchilarning bir - birlarini nazorat qilish metodidan ham foydalanish mumkin. Pedagogikada EHMdan foydalanilgan holda ta'lim berish. Yuqorida qayd qilinganidek, ta'lim berish texnologiyasi-ta'lim berish faoliyatida qo'llaniladigan vositalar tizimi hamda tizimning ishlash usulidir. Ta'lim berish texnologiyasi - zarur bo'g'in bo'lib, amaliy fanlar va ta'lim berish jarayonida ijodiy ko'nikmalarni o'zaro bog'lash uchun xizmat qiladi. Bunday o'ziga xos muammolarni (kompyuterning o'quv jarayonidagi o'rni va vazifasi, o'qituvchining ish sharoitidagi ahamiyatidan tortib, o'quv jarayonini kompьyuter yordamida boshqarishning o'ziga xos xususiyatlari , talabalarning EHM bilan muloqotni yo'lga qo'yish, ta'lim berishni ndividuallashtirish…muammolarini) yechishga to'g'ri keladi. ATT - avtomatlashgan ta'lim tizimi - o'quv-metodik, axborotli, matematik va pedagogik ta'minotning hisoblash texnikasi vositalari negizidagi o'zaro bog'liq tizimlardir. ATT EHM yordamida o'quv axborotlarini qabul qilish uchun qulay shaklda taqdim etish funktsiyalarini, o'quv faoliyatini turli metodlarini qo'llagan holda individual tarzda boshqarishni, bilimlarni nazorat qilishni, o'quv jarayoniga oid ma'lumotlarni to'plash va statistik ishlov berishni amalga oshirish mo'ljallangan. O’quv jarayonini differensiallash har bir o’quvchining imkoniyatini yo’naltirgan ta’lim hisoblanib “o’qish hamma uchun qiziq ”qoidasiga asoslanadi. O’quvchi shaxsining mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlikni xis etish, tanqidiy fikrlash kabi sifatlar bilan bog’lik funktsiyalari ta`limning shaxsga yunaltirilgan tizimi vositasida amalga oshiriladi. Bunda o’quvchi ta`lim tizimiga moslashtirilmay, aksincha,ta`lim tizimi turli shaxsga xos barcha xususiyatlari (erkinlikka intiluvchanlik, mustaqillik, shaxsiy fikrlarning mutloq o’ziga xos tizimga ega bo’lishi, o’z-o’zini tastiqlash extiyojining mavjudligi va boshqalar)ni xisobga olgan xolda, o’quvchiga uning uziga xosligi (individualligi)ni rivojlantirish imkonini berish, uning o’z-o’zini rivojlantirishi, namoyon etishi uchun sharoit yaratish lozim. E’tiboringiz uchun raxmat! Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling