Mavzu: ta'lim-tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi texnologiyalarning ahamiyati reja: kirish I bob. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish
II.BOB.TARBIYA TEXNALOGIYASI TIZIMI VA JARAYONINI TEXNALOGIYALASHTIRISH
Download 59.4 Kb.
|
Ta\'lim tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi texnologiyalarning ahamiyati
II.BOB.TARBIYA TEXNALOGIYASI TIZIMI VA JARAYONINI TEXNALOGIYALASHTIRISH
2.1. Tarbiya tizimini ijtimoiylashtirish Tarbiya tizimining rivojlanishi uchta jarayonning rivojlanishida aks ettiriladi: ijtimoiylashtirish, o‘zini tarbiyalash va kasbiy ta'sir ko‘rsatish. Bu jarayonlar uch asosiy sub'ektlar shaxsi bilan shakllanuvchi — jamiyat, individning o‘zi va pedagogning bir ob'ekt bilan o‘zaro munosabatlari davomida amalga oshiriladi. Ularning tadqiqotlaridagi asosiy vazifa — individlarni ijtimoiy muhitga moslashtirish hisoblanadi. Bu konsepsiyaga «yangi insonparvarlashtirish» tarafdorlari qarshi chiqadi. Ular ijtimoiylashtirishda o‘z qobiliyatlari va layoqatlarini yaratuvchi shaxsni hamda shaxsning o‘zini amalga oshirishi va o‘zini namoyon etishiga to‘sqinlik qilayotgan elementlarni tanqidiy yengishni ko‘radilar. Biroq, birinchi holatda, ma'lum tarzda ishlab chiqilgan muhitga ta'sir ko‘rsatish to‘g‘risida gap yuritilayotgan bo‘lsa, ikkinchi holatda, «ijtimoiylashtirish va shaxs» tushunchalarini to‘la adashtirish sodir bo‘lmoqda. Ta'lim tizimidagi ijtimoiylashtirish deyarli chiqarib tashlashga, uning o‘zini tarbiyalash bilan almashtirishga, tarbiyachi kasbiyligiga esa shakllanayotgan shaxsning mustaqilligini ta'minlash vazifasini yuklatishga harakat qilinmoqda. Birinchi nuqtai nazar ijtimoiy hayot taraqqiy etgan asoslarni qayta ishlab chiqish muammosiga e'tiborni kuchaytiradi, ikkinchisi esa, madaniy ijodkorlik shaxsni ijodiy qobiliyatlariga erkinlik berishga qaratilgan. Ma'lumki, bu ikki qarama-qarshi nuqtai nazarlardan birortasi ham amaliy hollarda tarbiya amaliyotini takomillashtirishga olib kelmaydi. To‘g‘ri, shaxs ichki dunyosini ijtimoiy manfaatlar bilan to‘la bog‘lab qo‘yishga yo‘l qo‘yish mumkin emas. Lekin baribir jamiyat insonga ta'sir ko‘rsatadi va ta'sir ko‘rsatishni hisobga olmay bo‘lmaydi. Ijtimoiylashtirish -muhit, jamiyatning shaxsga ta'siri demakdir. Shu bilan birga, ta'sir ko‘rsatish shaxsning tashkil topishida juda zarur hisoblanadi. Jamiyat, umuman, alohida kuch —o‘ziga xos insoniy munosabatlar va o‘zaro aloqalardir. Bu narsalar bo‘lmasa, odam ham baribir muhitga juda moslasha oladigan hayvonligicha qoladi. Muomalalar davomida yuzaga keladigan insonlar munosabatlari mana shu jamiyat demakdir. Biz ijtimoiylashtirish to‘g‘risida gapirar ekanmiz, odam ham, guruh ham, biomuhit, kosmos ham inson ko‘ziga ko‘rinib va uning qalbida aks etib, maqsadga muvofiq bo‘lmasa ham, insonga maxsus emas, faqat tasodifiy (ko‘rinishi bo‘yicha, mohiyati bo‘yicha esa muqarrar va qonuniy) ta'sir ko‘rsatib shaxsni shakllantiradi. Haqiqatda ko‘zga ko‘rinmas ta'sir ko‘rsatish nazorat qilib bo‘lmaydigan jarayon. Muhitning u yoki bu elementlari qachon, qanday ketma-ketlikda, qanday nisbatlarda shaxs bilan munosabatlarga kirishishini bilib bo‘lmaydi. Hatto ularning har birini aniqlash ham mumkin emas. Biroq muhit shaxs uchun shakllanib bo‘lgan dunyoqarashiga yot bo‘lgan faoliyat sharoitlari va tamoyillarini majbur qilishda quvonchni his etish qiyin bo‘ladi. Ijtimoiylashtirish —bu shakllanayotgan shaxsning va uning kelajakda mumkin bo‘lgan shaklini belgilovchi birlikning o‘zaro aloqalari jarayonidir. «Insonparvarlashtirish» tushunchasi, ko‘pincha, ma'naviylashtirish doirasiga taalluqli deb tushuniladi. Hozirgi kunda bu keng qo‘llaniladigan tushuncha, umumiy yo‘nalish ahamiyatiga ega. Insonparvarlashtirish asosiy vazifa sifatida qaralmoqda, uni hal etmay turib ijtimoiy taraqqiyot to‘g‘risida gapirish mumkin emas. Insonparvarlik — bu inson qanday bo‘lishi, uning mohiyati qandayligi to‘g‘risida o‘ylash va g‘amxo‘rlikdir. Bu o‘zini anglashdir va shu bilan bir vaqtda, mavjudlikni himoya qilishdir. Shaxsning qimmatini tasdiqlash, shaxsni faqatgina vosita sifatida qarashga har qanday urinishlarning muhimsizligi ifodasidir. Shundan so‘ng insonparvarlik shaxsni ijtimoiy shaxs sifatida qarashni ko‘zda tutadi. Ijtimoiy hayotda sub'ektning barqarorligini ta'minlash mexanizmini shakllantirish — bu g‘oya demak. G‘oyasiz, markazga intilgan yo‘nalish sub'ektning manna shu bilimlar tizimisiz, ijtimoiy fikr umuman mavjud bo‘lmaydi, ular markazga intilgan kuchlarni — entropiya kuchlarini, sub'ektning buzilishini yengish vositalari hisoblanadi. G‘oyalar doirasida asosiy ijtimoiy qadriyatlar to‘g‘risidagi bilim yuzaga keladi, ishlab chiqiladi. Bu bilimlar ma'naviy madaniyat shakllanishi uchun asos bo‘lib qoladi, uning yordamida g‘oya doirasida mavjud qadriyatlar uchun xos bo‘lgan egoistik aksent yo‘qotiladi, insonparvarlashtirish to‘g‘risida tasavvurlar shakllantiriladi. Innovatsion tarbiya texnologiyalari asosida o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashda doimiy o‘zgarib turadigan, jamiyat talablaridan kelib chiqib, to‘ldirilib boriladigan bir butun tizimga ega. Uning bir-biri bilan bog‘liq quyidagi tarkibiy qismlari o‘qituvchining tarbiyaviy faoliyatida muhim yo‘nalishlar bo‘lib doimo, mazmunan boyitilib boriladi: Innovatsion tarbiya texnologiyalari asosida o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashda maqsadning aniqligi. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq mamlakatimizda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan tarbiyaviy maqsad aniq belgilab olingan va o‘qituvchi zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklangan. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g‘oyalariga ko‘ra o‘qituvchiga jamiyatimiz tomonidan qo‘yilayotgan maqsad - erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo‘lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy vazifa-bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlarini, ya’ni, aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan iborat. Texnologik tizim yoki tarbiya texnologiyasi bu pedagogik metod, usul va vositalarni rejali va kutilgan iatijalarga erishishga imkon beradigan, shaxsga va jamoaga aniq tasir ko‘rsatadigan jihatlarini tanlash tizimidir. Bu tarbiyachi-o‘qituvchining o‘quvchilar amaliy faoliyatini to‘g‘ri tashkil qila olishi va boshqarishining ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishidir. Texnologik jarayon natijalaridan asosiy maqsad, tarbiyachi ijodiy izlanishlar tufayli, o‘quvchilar tashabbuskorligini ta’minlaydi. Tarbiyachi-o‘qituvchining o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarish uyushmalari bilan hamkorlikda ishlashi bilan murakkab masalalarni hal qilish uchun vaqt ajratadi. Texnologik tizimda tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbirlarni muvaffaqiyatli uyushtirish o‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq. Uyushqoqlik bilan o‘tkazilgan tadbirlar o‘quvchilarning aqliy rivojlanishini, bilish tafakkurini, kasb tanlashga nisbatan qiziqishini, erkin fikrlashlarini, o‘z fikr mulohazalarini cho‘chimasdan to‘g‘ri tasavvur bilan bayon etish tushunchalarini shakllantiradi. Tarbiyachi-o‘qituvchining innovatsion faoliyatida har bir o‘quvchiga alohida yondashuvni topish, o‘quvchi iste’dodida namoyon bo‘ladigan holatlarda uning faolligini oshirishga karatiladi. Tarbiyachi-o‘qituvchi tomonidan uyushtiriladigan tarbiyaviy tadbirlarga qo‘yiladigan asosiy talablar: tarbiyaviy tadbirlar hech qachon tasodifiy bo‘lmasligi va har bir tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rilishi lozim. O‘qituvchining tarbiyachi sifatidagi mahorati – bu tarbiyalanuvchilarni ma’lum bir maqsadga muvofiq tarbiyalash uchun mo‘ljalga olish san’atidir. O‘quvchilar har kuni quvonchli daqiqalarni, katta va kichik ko‘ngilsizliklarni birgalikda boshdan kechiradilar. Ular tarbiyachi o‘qituvchining o‘zlariga nisbatan yaxshi va yomon, yoki insoniy munosabatlarini tez ajrata oladilar va bunga darhol o‘z “javoblarini” qaytaradilar. Ijtimoiy va psixologik bilim va malakaga ega bo‘lish tarbiyachi-o‘qituvchida uddaburonlikni va sezgirlikni shakllantiradi. U o‘quvchilar jamoasini uyushtira oladi, o‘quvchilar qalbiga yo‘l topadi. Chunki o‘quvchilar jamoasi umumiy maqsad asosida tashkil topgan, yuqori darajada uyushtirilgan birlashma bo‘lib, shaxs shakllanishining yetakchi omili sifatida ijtimoiy munosabatlar ichida muhimi hisoblanadi. Bolalar orasidagi munosabatlarga mohirona rahbarlik qilish uchun tarbiyachi jamoaning ichki va jamoalararo ziddiyatlarni ham bilishi kerak. Bu ziddiyatlarning barham topishi tarbiyachi shaxsi, uning tarbiyalanuvchilar bilan yaqin munosabatlariga bog‘liq. Haqiqiy mohir tarbiyachi-o‘qituvchi bu ziddiyatlarni bartaraf etishda o‘quvchilar jamoasi, o‘quvchilar o‘zaro munosabatlarining kuchidan foydalanadi. Har bir o‘quvchi o‘zining ijtimoiy va psixik olamiga ega. Uni bilish, o‘rganish o‘qituvchidan psixologik nuqtai nazardan yondashishni talab qiladi. Download 59.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling