Mavzu: Ta`lim texnologiyasi tuzilishini tushuntirish Reja: Ta’lim texnologiyasining maqsadi va vazifalari


BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI INFORMATIKA TA'LIMIGA TAYYORLASHNI TUSHUNTIRISH


Download 1.93 Mb.
bet80/80
Sana20.10.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1712804
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
Mavzular 010

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI INFORMATIKA TA'LIMIGA TAYYORLASHNI TUSHUNTIRISH
Jamiyat rivojlanib borgan sari, ushbu jamiyatning rivojiga munosib kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada ortib boradi. Bugungi kunda ta’limning sifatini oshirish talabiga qaratilgan maqsadlar negizida yuksak ma’naviyatli, bilimdon, Vatanparvar, o‘z kasbiga sadoqatli hamda mehnatsevar kadrlarni shakllantirish vazifasi yotibdi. Bu maqsad esa o‘z-o‘zidan amalga oshadigan jarayon emas, balki uzoq vaqt tinimsiz mehnat, izlanishlar va samarali natijalari evazida o‘z yechimini topa oladigan jarayon bo‘lib hisoblanadi.
Boshlang’ich sinflarda "Informatika" kursidan, fanlarni bog’lovchi, ya’ni kompyuter matematika, o’zbek va rus tili kurslarini o’qitishda yordamchi vosita sifatida foydalaniladi.
Bundan tashqari informatikaga tegishli savollar:
klaviaturani o’rganish; shaxsiy kompyuterlarning qurilmalari bilan tanishish; axborot tushunchasi; algoritm tushunchalari berilib, asosan tayyor o’quv dasturlari bilan ishlashga e’tibor karatiladi.
Boshlang’ich sinflarga bu kursni kiritishdan maqsad - o’quvchiga o’z ish faoliyatida kompyuterda ishlashni o’rganishdir.
Komp’yuterlar bilan tanishish maktabgacha yoshdan, bolalar komp’yuter o’yinlari o’ynab, EHM bilan dastlabki muloqot qilish ko’nikmalarini egallashlaridan boshlanadi.
Informatika fani hozirgi vaqtda inson faoliyatining turli sohalarida qo’llanilayotgan fanlardan biri bo’lib, u XX asrning ikkinchi yarmida yuzaga keldi.
Informatika fani inson faoliyatining turli holatlarida axborotlarni izlash, to’plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir.
-Maktabda o’qitishni komputerlashtirish ikki yo’nalishda amalga oshirilmoqda. Informatika predmetini o’rganish (kompyuter – o’rganish ob’ekti) va boshqa o’quv predmetlarini o’rganishda kompyuterdan foydalanish (kompyuter – ta’lim vositasi). Shubhasiz, kompyuter o’quvchining o’qishga rag’batini oshiradi. Shuningdek, o’quv topshiriqlarini murakkablik darajasiga ko’ra taqdim etishni izga solib turuvchi imkoniyatlar ortadi, to’g’ri bajarilgan topshiriq uchun rag’batlantirish orqali ham motivatsiyaning o’sishiga erishish mumkin.
-Endilikda tobora hayotimizdan chuqurroq o’rin olib borayotgan kompyuter texnologiyalaridan boshlang’ich ta’lim jarayonida foydalanishning aniq imkoniyatlarini belgilash, ushbu jarayonning pedagogik, fiziologik, gigienik va tibbiy asoslarini chuqur o’rganish, bu sohada rivojlangan davlatlar ta’lim tizimidagi ilg’or tajribalarni O’zekiston ta’limi amaliyotiga joriy etish kechiktirib bo’lmaydigan vazifalardan hisoblanmoqda.
-Informatika o’quv predmeti sifatida o’quvchilarda mantiqiy va texnik tafakkurni rivojlantirishga qaratilishini hisobga olib uni bolalarga iloji boricha yoshlikdan o’rgatish zarur. Chunki yuqori sinflarda o’quvchilarning tafakkur yuritish tavsifi va uslubi yetarlicha shakllanib, uni o’zgartirish birmuncha qiyin kechadi.
Didaktik materiallarni o’quv jarayonida qo’llanilishi
-Ta’limni to’g’ri tashkil etishning asosiy komponentlaridan biri bu didaktik vositalar hisoblanadi. Didaktik vositalar va tarqatma materiallar – bu fanni o’qitishda zarur bo’lgan jihozlar, kompyuterli vositalar, modellar va maketlar, ko’rgazmalar va texnik vositalar, asbob – uskunalar va mahsulotlardir. Shuningdek, o’qitish jarayonida o’qituvchi tomonidan qo’laniladigan tarqatma materiallardir. Ular: kartochkalar, savolnomalar, yo’riqnomalar, qiziqarli savol va topshiriqlar, amaliy ishni tashkil etish bo’yicha texnologik xaritalar va hakozalardir.
Didaktik vositalarni turlari:
-o’rgatuvchi didaktik vositalar – o’quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltiradi;
-test didaktik vositalar – egallangan bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo’llaniladi;
-mashq qildirgichlar - avval o’zlashtirilgan o’quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;
o’qituvchi ishtirokidagi virtual o’quv muhitini shakllantiruvchi didaktik vositalar.
Fanlardan yaratiladigan didaktik vositalarga qo’yiladigan talablar:
1. Didaktik vositalar – o’quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o’zaro bog’liqligiga tayangan holda qurilishi.
2. Didaktik vositalar o’quv materialini yuqori tartibli tuzilma ko’rinishida ta’minlashi. Fanlararo mantiqiy o’zaro bog’liqlikning hisobga olinishi.
3. Didaktik vositalarda ta’lim oluvchiga o’quv materialini bosqichma-bosqich o’zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi.
Didaktik vositalarni ishlab chiqish va foydalanishga qo’yilgan umumiy talablarni hisobga olish bilan bir qatorda, uni yaratishning muvaffaqiyatliligi va sifatiga ta’sir qiluvchi bir qator psixologik talablar ham qo’yiladi.
Quyida didaktik vositalarga qo’yiladigan psixologik talablar keltirilgan:
-Didaktik vositalarda o’quv materialini namoyish qilish nafaqat verbal, balki kognitiv jarayonning sensorlik va namoyish qilish holatlariga ham mos kelihi kerak. Pedagogik dasturiy vositalar qabul qilish, diqqat, fikrlash, tasavvur qilish, xotirada saqlash kabi psixologik jarayonlar xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak.
-Didaktik vositalardagi o’quv materiali ta’lim oluvchilarning yoshini, tayanch bilimlarini inobatga olib tuzilishi kerak.
Didaktik vositalar obrazli va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
Ma’lumki, informatika o’quv predmetining asosiy vazifasi o’quvchilarni zamonaviy «Informatika» fanining ba’zi bir umumiy g’oyalari bilan tanishtirish, informatikaning amaliyotdagi tatbiqini va kompyuterlarning zamonaviy hayotdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat. Lekin, didaktik tamoyillarni hisobga olgan holda, o’quvchilarga nafaqat faktlarning qat’iy ilmiy bayonini berish, balki o’qitishning turli qiziqarli metodlarini ham qo’llash lozim.
Masalan, ko’pchilikka ma’lum va ommabop bo’lgan krossvord o’yini bolalarda qiziqish uyg’otishi tabiiydir. Krossvord ko’rinishidagi so’rov shakli o’quvchilar uchun har doim qiziqarli va o’ziga tortadigan metoddir. Ushbu o’yinga o’quvchilar shu darajada kirishib ketadilarki, hatto, o’zlari ham informatikaning turli mavzulari bo’yicha krossvordlar tuzishlari mumkin. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shakli foydali bo’lishi bilan birga, faqatgina kuchli o’quvchilarnigina emas, balki kuchsizlarni ham qamrab oladi.
Boshqa o’quv predmetlaridan past o’zlashtiruvchi o’quvchilar ko’pincha informatika darsida yaxshi va tirishqoq o’quvchilarga aylanadilar. Krossvordlar, rebuslar va boshqotirmalar sodda bo’lish bilan birga, mashhur olimlar, allomalar ismlariga, maxsus atamalarga diqqatini jalb etishning samarali vositasi hamdir.
O’yinli vaziyat, krossvord va rebuslarni yechishdagi qiyinchiliklarni yengib o’tish o’quvchilarni shunday o’ziga tortadiki, beixtiyor ularni informatika sohasidagi bilimlarini to’ldirishga undaydi.
 
Foydalanilgan adabiyotlar
1. R.Ishmuhamedov., M.YUldashev. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.-T.: “Nihol nashryoti, 2013 yil 278 bet.
2. Turdiev N.SH., Asadov YU.M., Akbarova S.N., Temirov D.SH. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari. //O‘quv-uslubiy qo‘llanma.(I-qism). Toshkent, 2015. - 160 b; B. 5-6 b.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling