Mavzu: Ta'lim texnologiyasining nazariya va amaliyotning o'zaro bog'liqligi tamoyili
Download 248 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy usul
- Kuzatish usuli
- Suhbat usuli
Mavzu: Ta'lim texnologiyasining nazariya va amaliyotning o'zaro bog'liqligi tamoyili
Nazariy usul – ilmiy adabiyotlar, ommaviy matbuot, internet materiallari, darsliklar, o’quv-metodik ishlanmalar, ko’rsatmalar bilan ishlash, manbalarni o’rganish va nazariy tahlil qilish asosida olib boriladigan pedagogik izlanish. Bu usul muammolarning qay darajada o’rganilgani, qay biri atroflicha ochilganligi, qaysi masalalar yechilmaganligini bilish imkoniyatini beradi.Kuzatish usuli – pedagogik hodisani, jarayonni ma’lum pedagogik maqsad asosida kuzatish. Kuzatishlar faqat oddiy hodisalarni kuzatish, ayrim dalillarni yig’ish, hisobga olish, aniqlash uchungina emas, balki ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash, mukammallashtirish, samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Odatda, tabiiy kuzatish ta’lim oluvchilarning fanlarni o’zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muammolaridagi o’zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladi.Suhbat usuli – material yig’ish va kuzatish davomida to’plangan axborotlarga aniqlik kiritish, tekshirish maqsadida suhbat olib boriladi. Ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash, yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to’g’ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat usulidan foydalaniladi. Odatda, suhbat usuli o’qituvchilar va ta’lim oluvchilar jamoasi bilan, ota-onalar va keng jamoatchilik bilan, yakka va guruhli tartibda ish olib borganda qo’llaniladi. Bunda suhbat usulini tatbiq etishdan oldin reja tuziladi, uni amalga oshirish yo’llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga kelinadi. Shuningdek, tadqiqotchining suhbat olib borish, savol- javob texnikasini egallaganligi va uni kerakli tomonga yo’naltira olishni bilishi, suhbatdoshning ruhiy holatiga qarab suhbat ohangini moslashtirishi g’oyatmuhimdir.Download 248 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling