Mavzu: Ta`lim tizimi va uni boshqarish. Reja


Oliy ta’lim muassasasi vakolatlari doirasida rektor


Download 80.01 Kb.
bet13/14
Sana05.01.2022
Hajmi80.01 Kb.
#221391
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-mavzu

Oliy ta’lim muassasasi vakolatlari doirasida rektor:

  • oliy ta’lim muassasasi ishchilar va talabalari uchun majburiy bo‘lgan buyruq va topshiriqlarni chiqaradi;

  • prorektorlarning aniq majburiyatlarini va mas’uliyatlarini belgilab beradi;

  • ishchi va xizmatchilarni, hamda ilmiy pedagogik xizmatchilarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilagan tartibda ishga qabul qiladi va ishdan bo‘shatadi;

  • oliy ta’lim muassasa tarkibiga kiruvchi boshqa tashkilotlar va bo‘limlarining ilmiy tadqiqot, tajribaviy-eksperimental kompetensiyasini aniqlab beradi, va ularning nizomlarini tasdiqlaydi;

  • oliy ta’lim muassasalari ishchilari lavozimli maoshlarini orttiradi eki qo‘shimcha to‘lovlarni belgilab beradi;

  • kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki boshqa davlat organi bilan kelishilgan holda ishchilarning ichki tartib qonun qoidalarini tasdiqlaydi;

  • Qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa vakolatlarni bajaradi.

Rektor byudjetdan ajratilgan va oylik maosh fondi mablag‘lari chegarasida, oliy ta’lim muassasasi xizmatchilarining lavozim maoshlari tarif setkasi va oyliklarga o‘rnatilgan limitlardan kelib chiqqan holda:

  • oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha davlatning vakolatli organi bilan kelishilgan holda ilmiy kengashning maslahatiga ko‘ra fakultetlarni ochish va yopish huquqiga ega;

  • O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan shtatlarga dekan va dekan o‘rinbosarlarini tayinlash huquqiga ega.

Oliy ta’lim muassasasi faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqish uchun ilmiy kegash tashkil qilinadi.

Ilmiy kengashning tarkibi, vakolatlari, tartibi va faoliyati oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan Tipovoy qarori bilan tartibga solinadi.

Oliy ta’lim muassasasida ijtimoiy boshqaruv organi bo‘lgan vasiylar kengashi tashkil qilinadi. Uning tarkibiga ta’sischilar, mahalliy hokimiyat organlari, vazirlik va idora sohalari, muassasa va tashkilotlar, boshqa ta’lim muassasalari, ijtimoiy tashkilotlar, fondlar va homiylarning vakillari kiradi.

Oliy ta’lim muassasasi shu oliy ta’lim muassasasi qoshida tashkil topgan akademik litseylarning boshqaruvini va bir xil profilli kasb-hunar kollejlarning homiyligini amalga oshiradi.

Oliy ta’lim muassasasi haqidagi amaldagi qonunchiligiga va Nizomiga ko‘ra unda ijtimoiy tashkilotlar, ilmiy va ko‘ngilli jamiyatlar, dissertatsiyani himoya qilish kengashlari, ilmiy-uslubiy va ilmiy-texnik kengashlar, hamda yosh olimlar kengashini va shunga o‘xshashlarni tashkil qilinishi taqiqlanadi.

Oliy ta’lim muassasasi tasdiqlangan ishchilar miqdori va byudjet chegarasida (davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag‘lar), talabalarning miqdoridan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda o‘z strukturasini shakllantiradi.

Oliy o`quv yurtidan keying ta`lim

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga quyidagilar kiradi:



  • ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini olib borish;

  • davlat ta’lim boshqaruv organlariga rahbarlik qilish;

  • ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • ta’lim muassasalarini yaratish, qayta tashkil etish va bekor qilish tartiblarini belgilash;

  • ta’lim muassasalari akkreditatsiyasi, pedagogik va ilmiy kadrlar attestatsiyasi tartiblarini belgilash;

  • boshqa davlatlar ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’lim ko‘rsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;

  • qonunchilikka mos ravishda xorijiy davlatlarning ta’lim haqidagi hujjatlarini tan olish tartibini belgilash va teng-kuchli ekanligini o‘rnatish;

  • davlat ta’lim standartlarini belgilash;

  • davlat namunasidagi ta’lim hujjatlarini va ularning berilish tartibini belgilash;

  • ta’lim muassasalariga qabul tartibi va davlat grantlari miqdorini belgilash;

  • davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlarini tayinlash;

  • ta’lim olayotganlarni bir akkreditatsiyalangan ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibini belgilash;

  • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlar.

  • O‘zbekistonda ta’lim tizimlari faoliyatining bevosita boshqaruvini ikki vazirlik - XalqTa’limiVazirligi (XTV) va OliyvaO‘rtaMaxsusTa’limVazirligi (OO‘MTV) - amalga oshiradi.

  • XTV maktabgacha, maktabdan tashqari muassasalar va umumiy ta’lim maktablari faoliyati uchun mas’uldir. XTV boshqaruvida o‘qituvchilar malakasini oshirish 5 OTM va 16 instituti mavjud. Vazirlik joylardagi tegishli ta’lim muassasalari faoliyatini metodologik boshqaruvchi viloyat, tuman va shahar xalq ta’limi bo‘limlariga ega.


Download 80.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling