Mavzu: Ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari
Download 1.12 Mb.
|
Absamatova Farida Mustaqil ish
Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Gumanitar fanlar fakulteti 19/5 guruh talabasi MAHKAMOV ILXOMNING Umumiy Pedagogika fanidan bajargan MUSTAQIL ISHI MAVZU:Ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari. Õzbekiston Respublikasining «Ta’lim tõg’risida»gi qonunida (1997 y.) ta’lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti soyasida ustuvor deb e’lon qilinishi Pedagogika fani zimmasiga juda katta mas’uliyatli ulug’vor vazifalarni yukladi. Juda boy ilmiy, ma’naviy, madaniy, diniy merosimizni qayta tiklanishi ularni zamon ruhi talabi bilan uyg’unlashtirib faqat shaxsiy, milliy manfaat kasb etilib qolmasdan umumjahon ma’naviy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ulkan hissa bõlib qõshilmoqda. Chunki jahonda hali xorijiy davlatchilik bozor iqtisodiyotiga õtish tajribalarida ma’naviyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan uyg’un holda rivojlantirilmayapti. Prezidentimiz ma’naviyatni aql, axloq, ongli amaliy faoliyatda shakllanib rivojlanishi haqida gapirib:“Ma’naviyat - taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan aql va qõl bilan mehnat qilishi kerak”, degan edilar. Har bir mustaqil fan õzining predmeti (mavzusi) va metodologik asoslariga egadir. Jumladan, Pedagogika ham fan sifatida shakllanib, õzining predmetiga ega bo’ldi. Boshqa fanlar kabi Pedagogika hamfan sifatida paydo bo’lar ekan, u avvalo jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida paydo bo’ldi. Shu sababli tarbiya jarayonini ijtimoiy hayotning ajralmas qismi, deb qarash lozim, chunki tarbiyaviy ishlarni olib bormasdan turib jamiyatni, uning rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. Mutafakkir A.Avloniy ta’kidlaganidek, “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot: yo najot, yo halokat: yo saodat, yo falokat masalasidir”. Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda pedagogik faoliyat ham mavjud bo’lgan. Pedagogika fanining predmeti, o’qitishning ta’lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan bo’lganligi uchun uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg’unligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, xar bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu xolat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning moxiyatini ochibberuvchi eng muxim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish. SHaxs – psixologik jixatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi. Tarbiya - muayyan, aniq maqsad xamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni xar tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Ta’lim –O‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon. Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq xaqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui. Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati. Malaka –muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli. Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, xosil qilingan ko‘nikma va malakalar xamda tarkib topgan dunyoqarash majmui. Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar moxiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon. Keyingi yillarda, oila pedagogikasi, kasb-hunar ta’lim pedagogikasi, harbiy pedagogika, sport pedagogikasi kabilar shakllanmoqda. Pedagogika umumiy psixologiya, yoshlar psixologiyasi bilan uzviy bog’langan. Psixologiya shaxsning turli yoshdagi psixik rivojlanish qonuniyatlarini, ta’lim-tarbiya ta’sirida inson psixikasining o’zgarish mexanizmini tushuntiradi. Shunday ekan, ta’lim-tarbiya jarayonida pedagog tarbiyalanuvchilarning psixik rivojlanishini, shaxsiy sifatlarini o’rganish lozim. Shundagina samarali ta’sir ko’rsata oladi. Mamlakatimizning yaqin o’tmishidagi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, rus va sovet imperiyasi ta’sirida o’zbek xalqi o’z tarixi, milliy urf-odatlari, an’ana, umuminsoniy qadriyatlarni bilish va o’rganish uchun kurashgan Fitrat, Munavvar Qori, elbek, Qodiriy qatl qilindi. Qolgan vatanparvar allomalarimiz qamaldi. Ammo qatag’onlik davrida hampedagogik merosni o’rganish to’xtamadi. Navoiy, Beruniy, Avloniy kabilarning ijodi o’rganildi, o’zbek xalq pedagogikasi yaratildi. METOD Dumaloq stol metodi: -topshiriq yozib qo'yilgan qog'oz varag'i davra bo'ylab o'tkaziladi.Har bir talaba o'zining javob variantini yozib qo'yadi va varaqni boshqa talabaga uzatadi.Javoblar tugagach muhokamaga bo'ladi.Notog'ri javoblar o'chiriladi,to'g'ri javoblar soniga qarab talabalar baholanadi. Masalan:1.Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini ko'rsating.2.Pedagog mahoratlarini aytib bering Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling