Mavzu: talim va tarbiya: yangi imkoniyatlar hamda ilm-fan inavatsion taraqqiyot asosi


Ayni paytda, pedagogik taʼlim innovatsion klasteri


Download 32.46 Kb.
bet3/3
Sana19.10.2023
Hajmi32.46 Kb.
#1709473
1   2   3
Bog'liq
TALIM VA TARBIYA YANGI IMKONIYATLAR HAMDA ILM FAN INAVATSION TARAQQIYOT

3.Ayni paytda, pedagogik taʼlim innovatsion klasteri institutning asosiy ilmiy tadqiqot yoʻnalishi sifatida belgilangan boʻlib, hozirda oʻttizdan ortiq professor-oʻqituvchilar mazkur ilmiy tadqiqot yoʻnalishida izlanishlar olib borishmoqda. Barcha saʼy-harakatlarimiz muhtaram Prezidentimiz qarorida belgilangan vazifalar ijrosini toʻliq taʼminlash, viloyatning pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojini sifatli qondirish, sohaga ilgʻor xorijiy tajribalarni jalb qilgan holda zamonaviy raqobatbardosh pedagog kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Bu bilan institut jamoasi “Harakatlar strategiyasi”da belgilangan ustuvor yoʻnalish va vazifalarning ijrosini taʼminlash hamda hayotga tatbiq etilishida oʻzining kamtarona hissasini qoʻshgan boʻladi.
Xulosa oʻrnida shuni alohida taʼkidlash lozimki, jamiyatimizning bugungi rivojlanish bosqichida pedagogik taʼlim innovatsion klasteri taʼlimda ichki va tarmoqlararo aloqadorlikni taʼminlaydigan, ilmiy tadqiqot, ilmiy-metodik muassasalarda toʻplangan tajriba va erishilgan ilmiy yutuqlarni taʼlim hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalariga yetib borishini samarali amalga oshiradigan yaqin kelajakdagi eng muhim tizim sifatida taqdim etilmoqda. Bunda taʼlim muassasalari va jamiyat boshqa manfaatdor tomonlarining oʻzaro uzviy va uzluksiz aloqasini taʼminlash, taʼlim jarayonining pirovard mahsuli – har tomonlama yetuk pedagog kadrlarni yetishtirish va jamiyatga naf keltirishi uchun ilmiy, ijodiy, maʼnaviy, iqtisodiy imkoniyatlar yaratish maqsadga muvofiqdir. Chunki kadrlar bilim saviyasi va raqobatbardoshligi iqtisodiy ishlab chiqarish, sanoat, qishloq xoʻjaligi va jamiyatning boshqa sohalari taraqqiyoti va raqobatbardoshligining asosidir. Boshlagan har bir ishimizdagi sifat va samara aynan shu masala bilan chambarchas bogʻliqligini rivojlangan mamlakatlar tajribasi va qolaversa hayotning oʻzi yaqqol koʻrsatib turibdi. 
Maʼlumki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda taʼlim tizimini rivojlantirish, kadrlarni malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash sohasi tubdan isloh qilinmoqda. Uni oʻtmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan toʻla xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak maʼnaviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimini yaratishga alohida eʼtibor qaratilyapti.
Bunda innovatsiyalar, ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish, shu boʻyicha zarur huquqiy mexanizmlarni yaratishga ustuvor yoʻnalish sifatida qaralayotgani muhimdir.
Shular asosida, oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash hamda attestatsiyadan oʻtkazish tizimi yana-da takomillashtirilmoqda, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim bosqichiga qator yangiliklar tatbiq etilayotir. Shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarining sifati, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish boʻyicha zamon talablari asosida muayyan ishlar olib borilyapti.
Yurtimizda yuridik kadrlar tayyorlash sohasiga ham aynan mana shunday progressiv nuqtai-nazar bilan yondashilayotgani yaqin kelajakda oʻzining yorqin samaralarini berishi shubhasiz. Zero, shu boʻyicha qabul qilinayotgan Farmon va qarorlar, boshqa huquqiy hujjatlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik va huquqiy islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning yuksak talablari va zamonaviy xalqaro standartlariga javob beradigan yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab berilmoqda. Ularning ijrosi esa soʻzsiz va izchil taʼminlanyapti. 
Biroq mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar shu bilan bir joyda turib qolishi kerak emas, balki u jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hamohang tarzda rivojlanib borishi darkor. Oʻzbekistonda olib borilayotgan tub islohotlar sharoitida davlat qurilishi va huquqiy siyosatning mazmun-mohiyatini aniqlashtirish, uning maqsad hamda vazifalarini islohotlarning bugungi taraqqiyoti asosida shakllantirib borish zarur. Inson manfaatlarini taʼminlashning strategik jihatdan yangi vositalar bilan bir qatorda, ham taktik xususiyatga ega boʻlgan ilgʻor usullarni qoʻllash,shaxs hamda jamiyat manfaatlarini yana-da samaraliroq himoya qilish, korrupsiyani oldini olishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida bu boradagi aniq “yoʻl xaritasi“ chizib berildi. Ushbu muhim hujjat 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining vazifalariga muvofiq, shuningdek, yuridik kadrlar tayyorlash tizimini xalqaro standartlarni hisobga olgan holda yana-da takomillashtirish, Toshkent davlat yuridik universitetida oʻquv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy qilish, yoshlarning oliy yuridik taʼlim olishlariga keng imkoniyatlar yaratishni taʼminlash maqsadida amaliyotga joriy etildi.
Shu asosda professor-oʻqituvchilar tarkibini yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega mutaxassislar bilan mustahkamlash, amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislarni taʼlim jarayoniga keng jalb etilmoqda. Talabalarning mustaqil tayyorgarligini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda nazariy mashgʻulotlar yana-da optimallashtirildi, ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib, yuristda tahliliy fikrlash va kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan oʻquv rejasi, dastur va oʻquv-metodik materiallar oʻquv jarayonida qoʻllanilyapti.
Modul tizimi va oʻqitishning innovatsion metodlarini rivojlantirish, oʻquv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllash, talabalar, oʻqituvchilar va yosh tadqiqotchilarni global axborot-huquqiy va taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, amaliyot, stajirovka oʻtish tartibini takomillashtirish, shuningdek, klinik taʼlimni joriy etishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, shu jumladan xorijiy adabiyotlar fondini, oʻqitishning texnik vositalari, shuningdek, global axborot-huquqiy va taʼlim resurslarini muntazam yangilanayotir. Yetakchi xorijiy ilmiy-taʼlim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar, qolaversa, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura bilan faol hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Shunga uygʻun tarzda davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida taʼlim tizimini chuqur isloh qilishga doir vazifalar koʻrsatib oʻtildi, ularni amalga oshirish yoʻllari oʻrtaga tashlandi.
Bu bevosita pedagogik faoliyatni zamon talablaridan kelib chiqib, yoʻlga qoʻyish masalasiga ham daxldordir.
Zero, bugun taʼlim muassasalarida innovatsion pedagogik faoliyatga har qachongidan ham koʻproq zaruriyat tugʻilyapti. Bu darslarni samarali oʻtish, vujudga kelishi mumkin boʻlgan ziddiyatlarni oqilona hal etish imkonini beradi. Binobarin, taʼlim xodimi – eng avvalo, innovator “xavfsiz sinovlar oʻtkazish” psixologiyasining bilimdoni boʻlishi kerak.
Oʻqituvchini aniq maqsadni koʻzlagan holda innovatsion faoliyatga tayyorlash – bu yaxlit, bir butun jarayon. U oʻzaro bogʻliq va bir-biri bilan shartlangan davrdan tashkil topgan: oliy taʼlim muassasalarida oʻqish va tarbiyalash, shuningdek, maxsus muassasalarda oʻqish va maktabdagi amaliy pedagogik faoliyatning oʻzaro almashib kelishi asosida tashkil qilingan OTMdan keyingi taʼlim. Qayd etib oʻtilgan davrlarni oʻqituvchi shaxsini bosqichma-bosqich rivojlantirib borishning yaxlit jarayoniga birlashtirilishi – uni innovatsion faoliyatga kiritishning asosidir.
Oʻqituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash konsepsiyasini yaratishda oʻqituvchi shaxsini shakllantirishning bir butun jarayonini loyihalashni va faoliyat olib borishini taʼminlovchi tizimli, refleksiv-faoliyatli, individual-ijodiy yondashuvlar asos qilib olinadi.
Masalan, tizimli yondashuv jihatdan – pedagogik taʼlimning barcha boʻgʻinlari innovatsion faoliyatning barcha komponentlarini ularning yaxlitligida yuzaga chiqishini maksimal darajada ragʻbatlantirishi kerak.
Refleksiv-faoliyatli yondashuvni amalga oshirish esa oʻqituvchining oʻz faoliyatiga nisbatan, faoliyat subyekti sifatida oʻquvchi shaxsini rivojlantirish borasidagi samaradorligini tanqidiy tahlil etish, mulohaza qilish va uni baholash maqsadida oʻziga nisbatan ham faol tadqiqiy mavqeiga kirishish qobiliyatini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Individual-ijodiy yondashuv oʻqituvchida ijodiy individuallikni aniqlash va shakllantirish, unda innovatsion ongni rivojlantirishni takrorlanmas faoliyat texnologiyasini taʼminlovchi shaxsiy darajaga olib chiqadi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, pedagogni innovatsion faoliyatini yoʻlga qoʻyish obyektiv voqelikni qabul qilishdagi qarashlarini aniqlab beradi. Pedagogni innovatsion faoliyatga tayyorlash muammosi maʼlum maqsadlarga boʻysunuvchi bir necha oʻzaro aloqador va funksional komponentlarni oʻz ichiga olgan tizim sifatida ifodalanishi mumkin.
Boʻlgʻusi oʻqituvchining innovatsion tayyorligi uzluksiz taʼlim sharoitida pedagogik innovatikaning toʻliq mazmun-mohiyatini egallash boʻyicha uning nazariy, amaliy va psixologik-fiziologik saviyasidir. Bunday tayyorlik pedagogik tizim natijasi sifatida nazariya va amaliyotning bir butunligini taʼminlash, oʻquv ishlariga vijdonan munosabatda boʻlishni tarbiyalash hamda ijodiy faollikni rivojlantirish asosida oʻquvchilarda maʼlum fanlar, umumkasbiy faoliyat koʻrinishlari boʻyicha bir butun bilimlar va malakalarni shakllantirishga koʻmak berishi kerak.
Download 32.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling