Mavzu: Ta’limga oid google xizmatlari Reja: Tarmoqning asosiy xizmatlari Internet ulanish usullari


Download 259.07 Kb.
bet4/12
Sana18.06.2023
Hajmi259.07 Kb.
#1567195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu Ta’limga oid google xizmatlari Reja Tarmoqning asosiy xi

Microsoft Corporation — xalqaro kompyuter texnikasi korporatsiyasi.Kompyuter dasturi bilan shug'ullanadi. Boshshtabkvartirasi Redmond,Vashington shtati da joylashgan. Microsoft Corporation hozirda Microsoft Windows operatsion sistemasi va Microsoft Office bilan mashhur. Shu bilan birga Internet Explorer, MSN, Xbox dasturlarini rivojlantirish bilan shug'ullanadi. Kompaniyaga 1975 yil 4 aprelda Bill Gates va Paul Allen tomonidan Albuquerque, New Mexico shtatida asos solingan. Bu kompaniya turli hil hisoblash mashinalari uchun dasturiy taminot ishlab chiqaradi. Jumladan: Shahsiy kompyuter, KPK, o'yin pristavkalari, mobil telefonlar va boshqalar uchun, hamda hozirgi kunda butun dunyoga mashhur bo?lgan 'Windows' Dasturiy platformasining asoschisidir.Kompaniya Xbox o'yin konsolini hamda shahsiy kompyuterlar uchun aksessuarlar ham ishlab chiqaradi. Bundan tashqari 2012-yildan boshlab o'zining planshet-kompyuteri - Surface va uning taxriri Surface RT ni ishlab chiqarmoqdaHozirda Microsoft mahsulotlari dunyoning 80 dan ortiq davlatlarida sotilmoqda, dasturlari esa 45 dan ortiq tillarga tarjima qilingan.Hozirgi kunda kompaniyaning 90 ming dan ziyod ishchi va a’zolari bor.
Sizning maxfiyligingiz biz uchun muhim. Ushbu maxfiylik bayonnomasi Microsoft siz bilan qilgan o‘zaro aloqalarimiz va mahsulotlarimiz orqali sizning qanday shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘plashi hamda bu ma’lumotlardan qanday foydalanishini tushuntirib beradi.Microsoft keng diapazondagi mahsulotlarni taklif qiladi, jumladan, butun dunyodagi kompaniyalarni boshqarishga yordam beradigan server mahsulotlaridan tortib, uyda foydalanadigan qurilmalaringiz, o‘quvchilar maktabda foydalanadigan dasturlar va ishlab chiqaruvchilar yangi yaratadigan va boshqaradigan xizmatlar. Ushbu bayonnomada Microsoft mahsulotlariga berilgan havolalar Microsoft xizmatlari, veb-saytlari, ilovalari, dasturiy ta’minotlari, server va qurilmalarini o‘z ichiga oladi.Ushbu maxfiylik bayonnomasidagi mahsulotga oid tafsilotlarni o‘qing, u ayrim Microsoft mahsulotlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etadi. Ushbu bayonnoma Microsoft siz bilan amalga oshirgan o‘zaro aloqalari va quyida ro‘yxatda berilgan Microsoft mahsulotlariga, shuningdek, bu bayonnoma ko‘rsatilgan boshqa Microsoft mahsulotlariga ham qo‘llaniladi.
Cookie-fayllar
Aksariyat Microsoft saytlari "cookie-fayllar"dan foydalanadi, cookie-fayllar mayda matnli fayllar bo‘lib, qattiq diskda domendagi veb-server tomonidan qo‘yiladi va veb-server keyinchalik uni o’qishi mumkin. Korporatsiya foydalanuvchi tanlagan xususiyat va sozlamalar haqida ma’lumot saqlash, tizimga kirishda yordam berish, foydalanuvchini qiziqtiradigan reklamalarni taqdim etish va saytdagi operatsiyalarini tahlil qilishda cookie-fayllardan foydalanamiz.
Microsoft samarali faoliyat yuritish vamahsulotlarni takomillashtirish maqsadida ma’lumotlarni to‘playdi. Bu ma’lumotlarning ba’zilarini bevosita o‘zingiz berasiz, jumladan, Microsoft hisob qaydnomasini yaratganda, tashkilotingiz litsenziyalash hisob qaydnomasiga ma’murlik qilganingizda, Bing qidiruv tizimiga qidirish so‘rovini berganingizda, Microsoft tadbiri uchun ro‘yxatdan o‘tganingizda, Cortana’ga ovozli buyruq berganingizda, OneDrive’ga hujjat yuklaganingizda, MSDN obunasi xarid qilinganingizda, Office 365 uchun ro‘yxatdan o‘tganingizda yoki bizga yordam so‘rab murojaat qilganingizda. Ularning ayrimlarini mahsulotlarimiz bilan cookie-fayllar kabi texnologiyalar orqali qanday aloqa qilayotganingizni qayd qilish va xato hisobotlarini yoki qurilmada ishlayotgan dasturiy ta’minotni ishlatish ma’lumotlaridan foydalanish yordamida olamiz. Shuningdek, uchinchi tomondan ham ma’lumotlarni olamiz.

Download 259.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling