Mavzu: Ta’limning dolzarb masalalari va innovatsion ta’lim siyosati Reja: Umumiy o’rta ta’limning dolzarb masalalari va ularni hal etish yo’llari

Download 9.08 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi9.08 Kb.
#1417058
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Ta’limning dolzarb masalalari va innovatsion ta’lim siyos-fayllar.org

Mavzu: Ta’limning dolzarb masalalari va innovatsion ta’lim siyosati Reja: Umumiy o’rta ta’limning dolzarb masalalari va ularni hal etish yo’llari

Mavzu: Ta’limning dolzarb masalalari va innovatsion ta’lim siyosati

Reja:

1.Umumiy o’rta ta’limning dolzarb masalalari va ularni hal etish yo’llari.

2.Kasbiy ta’lim masalalari va innovatsiyalar.

3. Pedagogik innovatsiyalarni boshqarish tamoyillari.

Prezidentimizning “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida “Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi” deb alohida ta’kidlangan.

Shavkat MIRZIYoYeV

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev soʻnggi yillarda taʼlim sohasini isloh qilishga, kadrlar tayyorlash sifatini tubdan takomillashtirishga, xususan, tizimga rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini tatbiq etishga jiddiy eʼtibor qarata boshladi. Bu boradagi islohotlar 2017 yil 14 martdagi “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2017 yil 22 maydagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2017 yil 8 avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi, 2017 yil 30 sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident Qarorlarida oʻz aksini topgan. Eʼtibor beradigan boʻlsak, mazkur qarorlarda uzluksiz taʼlim tizimining deyarli barcha turlari qamrab olinganligini koʻrishimiz mumkin. Qolaversa, “2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi”da ham taʼlim sohasini tubdan takomillashtirishga eʼtibor qaratilgan. Taʼlim tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan mazkur hujjatlarning barchasida sohaga innovatsiyalarni kiritish, xorijiy tajribalarni oʻzlashtirish, ijodiy yondashuvlarni qoʻllab-quvvatlash, taʼlim turlari oʻrtasidagi integratsiya jarayonlarini kuchaytirish bilan bogʻliq umumiy jihatlar mavjud.

Download 9.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling