Mavzu. Ta‘limning tashkiliy shakllari va metodlari


Download 18.79 Kb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi18.79 Kb.
#1523637
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu. Ta‘limning tashkiliy shakllari va metodlari-fayllar.org

Har bir dars turining ma‘lum tuzilishi va xususiyatlari bor, bu narsa o’qituvchining o’quv materialini to’g’ri va samarali tushuntirishiga, mustahkam esda qoldirishga, takrorlashga va uning o’zlashtirishini nazorat qilib borishiga yordam beradi. Maktablarimizda eng ko’p qo’llaniladigan dars turlaridan biri – yangi bilimlarni bayon qilish darsidir. Bu dars turi quyidagicha tuziladi:


  • Har bir dars turining ma‘lum tuzilishi va xususiyatlari bor, bu narsa o’qituvchining o’quv materialini to’g’ri va samarali tushuntirishiga, mustahkam esda qoldirishga, takrorlashga va uning o’zlashtirishini nazorat qilib borishiga yordam beradi. Maktablarimizda eng ko’p qo’llaniladigan dars turlaridan biri – yangi bilimlarni bayon qilish darsidir. Bu dars turi quyidagicha tuziladi:

  • a) yangi bilimlarni bayon qilish;

  • b) yangi bilimlarni mustahkamlash;

  • v) yangi bilimlar ustida ishlash;

  • g) yangi bilimlarga bog’liq holda uy vazifalari topshirish.

  • Demak, dars boshdan – oyoq bir dars turi bilan olib borilmaydi, balki shu darsda yangi bilimni bayon qilish bilan birga uni mustahkamlash (savol-javob), yangi bilimlar ustida mashq o’tkazish (masala va misollar yechdirish, grafik ishlari olib borish), uyga vazifa (boshqa bir dars elementi-tushuntirish, yo’l-yo’riqlar ko’rsatish va h. k) kabi boshqa elementlarning bo’lishi ham mumkin. Shunga qaramay, darsdan ko’zlangan maqsad o’quvchilarga yangi bilim berishga qaratilgan bo’lsa, butun didaktik usullar shunga buysundiriladi. Shuning uchun ham bunday dars yangi bilim berish darsi deb ataladi.

4. Oliy o’quv yurtlarida o’qitishning tashkiliy shakllari.


  • 4. Oliy o’quv yurtlarida o’qitishning tashkiliy shakllari.

  • Oliy maktabdagi o’qitish jarayoni o’qitishning shakl va metodlarini tashkil etishning ko’p qirrali yagona tizimiga asosan amalga oshiriladi. Oliy o’quv yurtlaridagi o’qitishning shakl va usullari tasnifi o’zaro bog’langan va o’zaro shartlangan ikki faoliyatga tayanadi:

  • - o’quv jarayonini boshqarish va tashkil etish bo’yicha o’qituvchilarning faoliyati;

  • - talabalarning o’quv va bilish faoliyati.

  • O’zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to’g’risida» gi qonunida «Oliy ta‘lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta‘minlaydi» deyilgan. Shu bilan birga oliy ta‘lim talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga ham o’rgatadi. Shu o’rinda yurtboshimiz ta‘kidlaganidek «Ayniqsa o’sib kelayotgan avlod taqdiriga hech kim befarq qaray olmaydi. Bunda oliy o’quv yurtlarining ahamiyati kattadir. Yoshlarni qay usulda o’qitish, ularni tarbiyalash, mustaqil mamlakatning yetuk mutaxassislari bo’lishiga qayg’urish har birimizning muqaddas burchimizdir». Shu nuqtai nazardan oliy maktablarda bilimlarni hozirgi zamon darajasida berib borish alohida ahamiyatga ega. Hozirda oliy ta‘lim ikki bosqichdan iborat, ya‘ni bakalavriat va magistratura. Mana shu bosqichlarni amalga oshirishda, aniqrog’i, oliy ma‘lumotli yetuk mutaxassis tayyorlashda o’qitishning bir qancha tashkiliy shakllari qo’llaniladi.

Download 18.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling