. - O’rta tamirlashda yeyilgan detillarni almashtirib mashinani qisman sochish tekshirish bir bulak yoki mashinani butunligicha sozlash va rostlash ko’zda tutiladi. O’rtacha tamirlashni bazida davriy tamirlashni tamirlash bo’limi ishlari bajaradi. Tamirlash ishlarining hajmi mashinaning hajmi mashinaning ikkita tamirlash o’rtasida rnatilgan asosda amalga oshiriladi. Ta’mirlash oralig’i davri muddati to’qimachilik korxonasining turli sohalarining jihozlari uchun turlicha va mashina turiga va ularning rejimlariga bog’liqdir. Jihoxlarning ko’p hollarda uch smenali shulardan o’rtacha ta’mirlash davriyligi 3-6 oyni tashkil etadi. To’qimachilik korxonalarini tamirlash xizmati topshirig’iga jihozlarni ta’mirlash modernizasiyalash montaj qilish yangi detil tayyorlash yeyilgan detillarni tiklash jihozlarni yangi texnik holatda saqlab turish buyicha ishlatish xizmati buyurtmasini bajarish kiradi.
. - Tamirlash - mexanika ustaxonasi o’zining bir necha ishlab chiqarish korxonalari bo’lgan kombinat va yirik fabrikalarda ko’zda tutiladi. Uncha katta bo’lmagan fabrikalarda tamirlash mexanika sexi tashkil etilib, unda korxonaning turli xizmatlariga xizmat ko’rsatish buyicha ishlar va tamirlash ishlari bajariladi. Tamirlash - mexanika ustaxonasini loyihalashda shunday ishlar amalga oshiriladi, yani to’qimachilik korxonalarini butunligicha loyihalashdagi kabi bo’lib, unda qurilish ishlarini tiklash masalalari bundan mustasno. To’qimachilik korxonalarini tamirlash - mexanika ustaxonalarini qurilishi buyicha loyihalashda iqtisodiy texnik va ular o’zaro bir biri bilan bog’langan tashkiliy topshiriqlarni kompleks ishlari ishlab chiqariladi. Iqtisodiy topshiriqlarga quyidagilar kiradi: tamirlash-mexanika ustaxonasini ishlab-chiqarish dasturini o’rnatish kursatish mahsulotning soni og’irligi va tannarxi. Texnologik jihozning asbob va uskunalarning tamirlash sonini aniqlash. Qurilish jihoz shtat va smeta hisobi.
. - Texnik topshiriqqa quydagilar kiradi: mashinalarni tamirlashning texnologik jarayonini loyihalash mashina detil va uzellarini kamchiliklarini bartaraf etishni tiklash texnalogiyasi mashina detallarini tayyorlashda mexanik ishlov berish. Jihozlarning va ishchilarning ish vaqti fondini aniqlash. Jihozlarning talab etilgan sonini va ustaxona maydonini hisoblash. Asosiy va qo’shimcha jihozlarni tanlash va asoslash. Korxona mijozlarini ishlatishda texnologik jihozni saqlashda va ta’mirlashda metall sarfining talabi quyidagicha shular elektroenergiya, suv, yoqilg’i, bug’, gaz sarfini aniqlash. Tashish yoritish, shamollatish va isitish masalalarini ishlab chiqish. Ta’mirlash mexanika ustaxonasi ustaxonalarini rejalash va unda jihoz va uskunalarni joylashtirish. Mehnatni muhofaza qilish texnika hafsizligi va atrof – muhitni muxofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish. Tashkiliy masalalarga quydagilar kiradi: tamirlash-mexanika ustaxonasi boshqaruv strukturasini mansabdor shaxslarni ishlarani attetisiyalash va mehnatni ilmiy tashkil etish buyicha hamma masalalarni ishlab chiqish. Jihozlarni ta’mirlash sifatini nazorat qilish va hisobot shaklini ishlab chiqish. Kadrlar tayyorlash buyicha tadbirlar ishlab chiqish va ishchilarga mehnatni samarali tashkil etishni yaratish
Do'stlaringiz bilan baham: |