Mavzu: Tanlangan biznes strategiya asosida veb ilova loyixasini yaratish. Ishdan maqsad
Download 29.59 Kb.
|
1 2
Bog'liq(e-biznes)Amaliy ish 5
Mavzu: Tanlangan biznes strategiya asosida veb ilova loyixasini yaratish. Ishdan maqsad: Ushbu labaratoriya ishida tanlangan biznes rejani amalga oshirish jarayonida loyihasi ustida ishni amalga oshirish jarayonini bajardim. Hayot bizga har kuni va o’z o’rnida ishlab chiqarish-sotish faoliyatining asosi yo yo’qolgan yoki umuman bulmagan korxonalarning sinishi misollarini taqdim etadi. Ularning jihatlari uzining muxiti bilan kundalik almashuv jarayonini davom ettirish uchun yetarli bo’lmaydi va bu muxit oqibatda bunday korxonalarni rad etadi. Strategik rejalashtirish ishlari buyicha ko'pgina mualliflar korxona biznes-strategiyasining kontseptual asoslari sifatida korxona mavjudligini belgilab beruvchi tushunchani, uning missiyasini qo’llashni taklif qilishgan. Shuni ta'kidlash lozimki, missiya tushunchasi xam iktisodiyot ta'limotiga harbiy ta'limotdan kirib kelgan. Ammo, harbiy ta'limotdagi missiya deganda bajariladigan mashg’ulot tushunilsa, iktisodiyot ta'limotida xar bir muallif unga uzining ma'nosini kiritishni o’z burchi deb biladi. Quyida eng ko'p tarkalgan fikrlarni keltiramiz: 1. «Ma'lum bir biznes turini boshqa biznes turlaridan ajratuvchi aniq maksad tafsiyanomasi» 2. «Missiyani belgilab olish – bu biznesning mavjud bulishidagi sabablarni oshkor etishdir». 3. «Missiyani ko'pincha kredo, maksadlar, falsafa, boyliklar, tamoyillar yoki sodda qilib, biznesimizning ta'rifi sifatida aniklash mumkin». 4. «Missiya- bu uzoq muddatli saloxiyatli biznesga nazar bulib, u qanday qilib shakllanishi va kimga xizmat kursatish maksadini tushunish kerak». 5. «Missiya anik tugallanishni kursatish uchun emas, balki tezroq biznesda qo’llaniladigan sabab, aniqlik, yo’nalish va falsafani aniqlab olish uchun ishlab chiqiladi». 6. «Aynan xaridor biznes uzi nimadan tashkil topganligini aniklab beradi. Aynan xaridor tovar va xizmat uchun xak tulash istagini bildirib, iqtisodiy resurslarni boylikka, buyumlarni esa – tovarga aylantiradi. Biznes uzining ishlab chiqarishini va ayniqsa o’z kelajagini va uz muvaffakiyatini qanday tasavvur etishi muxim deb xisoblanmaydi. Hal qiluvchi omil sifatida xaridor xarid qilayotganda nima haqda o’ylayotgani, belgilangan narxga qanday munosabatda bulayotgani muxim ahamiyatga ega bo’lib, va bu esa biznes o’zi nimadan tashkil topganligi, nima ishlab chiqarishi va kelajakda rivojlanib borishini aniklab beradi. Xaridor doimo tovar yoki xizmatni sotib olish paytida o’z foydasini va manfaatini o’ylaydi. Xaridor biznesning asosi bulib, uning mavjudligining kafolatidir». 7. «Biznesning mavjudligi va rivojlanishi xaridorlarning shu biznesga xoxishida namoyon bo'ladi» Yuqorida keltirilgan fikrlarning tahlili shuni kursatadiki, har bir fikr kuyidagi savollarga javoblarni aniqlab berish xarakatini uzida aks ettiradi: 1. Biz nima qilayapmiz, va xuddi shu narsalarni qilayotganlardan nima bilan farq qilamiz? 2. Xaridor bizning maxsulotimizni yoki xizmatimizni xarid kilayotganda qanday foydaga erishadi? 3. Bizning biznes hayotda nima faoliyat ko’rsatadi va nima bilan shugullanadi? 4. Bizning xaridorimiz kim bo'ladi? U bizdan nimani kutadi? Korxonaning mavjudlik masalasini ta'minlovchi missiyadan farqli o’laroq, strategik tahlil va rejalashtirishni biznes-g'oya asosida ko’rish maqsadga muvofik bo'ladi, chunki u korxonaning ma'lum bir ishlab chiqarish-sotish faoliyatining boshqaruv asosini tashkil etgan xolda korxonaning hozirgi va kelajakdagi salohiyatini belgilab beradi. Shu kuchlarni xarakatga keltirish uchun, ya'ni, biznes g'oyani amalga oshirish uchun, avvalo bu g'oyani to’g’ri tuzib olmoq zarur bo'ladi. Faqatgina tug’ri tuzilgan biznes g'oyani, o'rganish, hal etish, o’zgartirish va yaxshilash mumkin bo'ladi. Va undan keyingina, birgalikda biznes-g'oyaning, ya'ni, strategiyaning amalga oshirish usullarini o'rganish, hal etish, o’zgartirish va yaxshilash imkoniyati tug’iladi. Korxona muvaffaqiyatli bulishi uchun, u qabul qilgan qiymatning to’g’ridan tug’ri korxona egalari oladigan foydaga yoki kutilayotgan foydaga aylanishi kerak bo'ladi. Shunday qilib, muvaffakiyatli biznesning asosini aynan shunday faoliyat turlari tashkil etish kerakki, ular qabul qilgan ma'lum qiymat uchun, ma'lum bir narx to’lash istagini bildirgan ma'lum bir xaridorlari guruxi mavjud bulishi talab etiladi. Bunday qiymat biznes g'oyaning talabiga ko’ra, bir qator omillarning va ilgari xech kim anikla olmagan yangi kombinatsiyadagi aloxida jixatlarni birlashuvi asosida tashkil etilishi mumkin bo'ladi. Shuning uchun, bizga biznes muvaffakiyatimizni belgilab beruvchi biznes g'oyani tuzish uchun: Xaridorlar uchun ma'lum bir qiymatni anglatuvchi yangi foyda usulini yo’lga qo’yish; Shu foydali usulni ta'minlab turuvchi alohida qobiliyatlar kombinatsyasini tuzish; Tadbirkorlikda maksimal darajada qo’yilgan me'yorga erishish uchun yangi bir noyob formulani tuzib va bu me'yorni foydaga aylantirish zarur bo'ladi. Kurinib turibdiki, buning uchun birinchi navbatda, salohiyatli xaridorlarning xojatlarini va shu xojatlarni qondiruvchi foydalilar haqida yaxshi tasavvurga ega bulish; ikkinchidan, qaysi jixatlar yordamida yangi foydalilarni yaratish va korxonada shu jixatlar mavjudmi kabi masalalarni (agarda mavjud bulsa qaysi darjada) anik tushunish; uchinchidan, tadbirkorlik marjasini qaysi yo’l bilan va nima hisobiga yaratishni va u qanday qilib ko'paytirilishi mumkinligini ifoda eta olish talab qilinadi. Download 29.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling