Kurs ishining maqsadi va vazifasi: O’qituvchi tomonidan talim oluvchilarni o’quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o’quv vazifalarini, muammolarini va savollarini xal qilish orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish bo’yicha ularning bilish faoliyatini boshqarishni tashkil etadi. Nafaqat ilmiy bilishning natijalarini sinchliklab tahlil qilish, o’rganishdan iborat bo’lmay, tinglovchining bu natijalarini olish jarayonini o’rganishdan, bilish faoliyatini va uning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat.Muammoli ta`lim jarayonida o’qituvchi o’quvchilar o’rtasida fikrlar almashishinishini boshqarish; ishonchli dalillar asosida o’z fikrida tura olish; muxolif tomnning fikrini munozara qilish, malakasini rivojlantirish; o’quvchini aktiv fikrlash faoliyatiga asoslash, masalani dolzarbligi kabi sifatlarni shakllantirishdir.
Kurs ishining dolzarbligi: Muammoni jamoaviy hal etishda paydo bo‘luvchi, sub’ekt-ob’ekt-sub’ekt munosabatlari ijodiy fikrlashni faollashtirishga olib keladi O’qituvchi muamoli vaziyatni o’quvchilar oldiga qo’yish bilan bir qatorda , uni echish uchun izlanish zarurligini, izlanish uslublarini o’quvchilarga o’rgatadi. Muammo echimini topish. Izlashga o’tish uchun, eng avvalo zaruriy muxit yaratilishi,kerak.Muammo aniq bo’lishi, o’quvchilar uning echimini izlash jarayonida oldingi mavzularda,fanlarda olgan ma`lumotlari, tushunchalari, bilimlaridan foydalana oladigan bo’lishi kerak. O’quvchilar olidga qo’yilgan muammo o’zining dolzarbligiga ega bo’lishi ham muhim ahamiyatga ega.
O’quvchi izlanishni ma`lum bir sistemada, muayyanlikda bo’lgan muammo ustida olib borish kerak.shunda o’quvchi muammoni taxlil qiladi, qismlarini ajrata oladi va yechish uchun kirishadi.Muammoli o‘qitish, ijodiy jarayondan nostandart ilmiy-o‘quv masalalarni nostandart usullar bilan yechishni taqozo etadi. Talabalarga mashq uchun beriladigan masalalar, olingan bilimlarni mustahkamlash va malakalar hosil qilish uchun xizmat qilsa, muammoli masalalar esa faqat yangi yechimlar izlashga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |