Mavzu: tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologi
Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi faol metodlar
Download 55.94 Kb.
|
TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
1.2. Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi faol metodlar
О’quvchilar tanqidiy fikrlashini о’rganishda zamonaviy didaktika о’qish jarayonida о’quvchilar psixik tanqidiy fikrlashi bilan shug’ullanuvchi ta‟lim psixologiyasi yutuqlaridan foydalanadi. О’quv materiali yosh va mazmunga bog’liq holda bu faoliyatning о’ziga xosligi ta‟lim jarayoni psixologik qonuniyatlarini о’rnatadi, tanqidiy fikrlashida о’quvchilarning individual va tipik xususiyatlarini kо’rib chiqadi. О’zlashtirish jarayonida tahliliy-sintetik faoliyat, shuningdek qiyoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirish va aniqlashtirish kabi fikriy operatsiyalar muhim rol о’ynaydi. Tahlil - bu, predmetni qismlarga fikran bо’lishdir. Sintez - alohida elementlar yoki qismlarni bir butunga fikran birlashtirishdir. Jumladan, bitta о’nlik va ikkita birlikdan iborat son necha deb ataladi degan о’qituvchining savoliga javob berib, о’quvchilar sintezdan foydalanadi (О’n va ikkita bir 12 sonini tashkil etadi); 25 sonida nechta о’nliklar va birliklar bor degan savolga javob berib, о’qvchilar sonlar tahlilini amalga oshiradi. Taniqli psixologlar (N.A.Menchinskaya, D.N.Bogoyavlenskiy, M.G.Davletshin, E.G’oziyev, G’.Shoumarov va boshqalar) о’quvchilar tahliliy - sintetik tanqidiy fikrlashining umumiy qonuniyatlarini tadbiq etib, shuni kо’rsatdilarki, ta‟limning boshlang’ich bosqichida tahlil sintezdan ortda qoladi yoki, aksincha, oldin keladi, mohiyat kо’rinishini qamrab olmaydi. Buning natijasida umumlashtirish ham tо’laqonli bо’lmaydi, nomuhim, tasodifiy belgilarga asoslanadi. Boshlang’ich sinf о’quvchilari kо’pincha ahamiyatli belgilar sifatida tashqi, tasodifiy, eng yorqinlarini ajratishadi. Ta‟lim bosqichlarining murakkablashib borishi bilan о’quvchilar tahliliy - sintetik darajasining oshishi kuzatiladi. Tahlil sekin-asta kо’rgazmali - amaliydan (obyektlarni fikran , mazkur obyektlar bilan amaliy harakatlar jarayonida amalga oshirilayotganda) kо’rgazmali obrazli ( kо’rgazmali obrazlar yordamida amalga oshirilayotganda) va sо’zli - mantiqiyga ( mavhum tushuncha va mulohazalar shaklida amalga oshirilganda) tomon rivojlanadi. Sintez, shuningdek, ancha tо’liq va kо’p tomonlama bо’ladi. Qiyoslash - bu, о’xshashliklar (umumiy xususiyatlarni ajratish) va tafovutlarni (har bir qiyoslanayotgan obyektlarning о’ziga xos xususiyatlarini ajratish) ular о’rtasida obyektlarini qiyoslash. Bu operatsiya boshqa barcha asosiy fikriy operatsiyalar asosiga yotadi. Boshlang’ich sinf kursi qiyoslash - sonlarni, ifoda va sonlarni, ikki ifodani, masalalarni va boshqalarni qiyoslash, undan foydalanish uchun keng imkoniyatlar ochadi. Umumlashtirish - о’rganilayotgan obyektdan umumiy, muhimni va mavhumdan nomuhimni ajratishdir. Yetakchi psixologlar tomonidan umumlashtirishni shakllantirishga oid quyidagi qoida ishlab chiqilgan: о’quvchilarda tо’g’ri umumlashmalarni shakllantirishning zaruriy qoidasi muhimning doimiyligida tushuncha, xususiyat va dalillarning nomuhim belgilarini о’zgartirishdir. Bu qoida tasavvur va tushunchalarni shakllantirishda о’ta muhim ahamiyatga ega. Jumladan, о’quvchilarga tо’g’ri tо’rtburchak haqida tasavvur berish uchun bu tushuncha uchun nomuhim bо’lgan belgilarni: rangi (turli rangdagi tо’g’ri tо’rtburchaklarni olish) u tayyorlangan materiali, tekislikdagi holati, tomonlari uzunligining nisbatini о’zgartirish kerak. Barcha muhim belgilarni о’zgartirmay qoldirish zarur: barcha burchaklarni tо’g’ri va qarama-qarshi tomonlarni har xil qilib qoldirish kerak. Hamma hollarda noma‟lum harf X (iks, nomuhim belgi) bilan belgilash shunga olib keladiki, a + 2 = 7 kо’rinishidagi ifoda tenglama hisoblanmaydi: bu holda tо’g’ri umumlashmani shakllantirish tenglamada lotin alifbosidagi turli harflar bilan noma‟lumni belgilashga yordam beradi. Umumlashtirishlar qabul qilish bilan bog’liq bо’lgan oddiy shakllardan to ilmiy umumlashtirmalarga qadar rivojlanadi. Umumlashmalar tо’g’riligi va uni о’quvchilar egallashining mezoni bо’lib о’zlashtirilgan operatsiyalarni kо’chirib о’tkazish, ya‟ni ulardan yangi sharoitlarda foydalanish xizmat etadi. Zamonaviy didaktika va psixologiya mana shu kо’chirib о’tkazish muammosiga katta e‟tibor beradi. Umumlashtirish mavhumlashtirish obyektidan bir xususiyatini chiqarib tashlash va boshqasini ajratib olishdan iborat fikriy operatsiya bilan yaqin aloqadadir, bu xususiyatlar о’rganilayotgan predmet va hodisalar mohiyatiga kirishga imkon beradi. Jumladan, о’quvchilarda "uchburchak" tushunchasini shakllantirishda tomonlari va burchaklarining nisbiy о’lchovlari, tekislikdagi holati va boshqa shu kabi belgilar chiqarib tashlanadi, faqat bittasi - uchta burchakli mazkur tipdagi geometrik figuralar mavjudligi ajratib olinadi. Ta‟limning dastlabki bosqichlaridayoq о’quvchilarning mavhumlash-tirishga qobiliyati namoyon bо’ladi. О’qituvchi rahbarligidagi ta‟lim chog’ida bu qobiliyat rivojlanadi, mavhumlashtirish shakli ham murakkablashadi - hissiy kо’rgazmalilikdan fikriylikka о’tiladi, u ikkinchi signal sistemasi yordamida tushuncha hosil qiladi. Mavhumlashtirishga yaqin fikriy operatsiya aniqlashtirish nomini olgan. Aniqlashtirish ikki shaklda namoyon bо’ladi: 1. Umumiyda yagona, xususiyga fikriy о’tish sifatida; 2.Mavhumiydan - umumiyga, aniq-xususiyga uning turli xususiyat va belgilarini topish orqali yetishish, mavhum-umumiyni aniq mazmun bilan tо’ldirish, boyitish sifatida. Dialektikada mavhumiylik va aniqlashtirish birligini о’rnatadi. Bu birlik о’zaro aloqadagi fiziologik asosi bilan ikki signal tizimiga ega. Aniqlashtirish yordamida ilmiy mavhumiylik mazmuni ochiladi, ular aniq predmetlarning alohida tomonlarini boshqalardan mavhumlashtirib aks ettiradi. Mavhumlashtirishda predmetlar о’z butunligini yо’qotadi; esa aniq bо’lganda real voqelikdagi predmet va hodisalar tomonlarini bir butunlikda ochib bergandagina haqqoniy bо’ladi. Bilimlarni chinakam egallashga mavhum tushunchalar bir qator dalillarda aniqlashtirilgandagina erishiladi. Ta‟lim jarayonida aniqlashtirish ikki shaklda: hissiy kо’rgazmali vositalar (predmetlar, rasmlar, chizmalar va boshqalar) va sо’zli - mavhum shakl (hikoya, tushuntirish, maxsus topshiriqlarni hal etish) yordamida amalga oshiriladi. O‟qitishning muhim masalalaridan biri о’quvchilarga aqliy faoliyat usullari yordamida ta‟lim berishdir. Aqliy faoliyat usullariga fikriy operatsiya usullari - umumlashtirish, mavhumlashtirish va boshqalar kiradi. Xususiydan umumiyga umumlashtirish usuli (induktiv yо’l bilan), masalan, quyidagi amallar tartibida aks etishi mumkin: a) topshirilgan predmetlarni solishtirish; b) ularning har biri uchun umumiy bо’lgan barcha belgilarni ajratish va nomini aytish; c) predmetlarni ushbu belgilarga kо’ra birlashtirish. Umumlashtirishni deduktiv yо’l bilan amalga oshirilgan holatda (umumiydan xususiyga) о’quvchilar tushunchani, aytaylik tо’g’ri tо’rt burchakni oldindan bilib topshirilgan geometrik figuralardan uni tanlab olishi va umumiy belgilarini aytishi lozim. Yangi topshiriqlarni hal etishga ongli ravishda kо’chirib о’tkazish aqliy faoliyat usulini о’zlashtirganlik kо’rsatkichi bо’lib xizmat qiladi. Aqliy faoliyat usullari о’quv ishlari usullari bilan uzviy bog’liqdir. О’quv ishlari usullari muayyan amallar, kо’rsatmalar, tavsiyalar, qoida va hokazolar tartibi kо’rinishida ifodalanadi. Ularning masalasi - muayyan masalalarni hal etishda о’quvchilar tashabbusini bо’g’may, umumiy yо’nalish berishdadir. Ta‟lim jarayonida о’quvchilarning aqliy rivojlanishi, ularning faol va mustaqilligi, ijodiy yondashuv kо’p jihatdan о’quvchilarning о’quv ishlari va aqliy faoliyat usullarini egallashga bog’liq. Download 55.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling