Mavzu: Taqlid va uning o’rganilish tarixi. Umumiy xususiyatlari Taqlid soʻzlar


Download 45.5 Kb.
Sana11.11.2023
Hajmi45.5 Kb.
#1766884
Bog'liq
34-mavzu


Mavzu: Taqlid va uning o’rganilish tarixi.Umumiy xususiyatlari
Taqlid soʻzlar — maʼno va shakliy xususiyatlariga koʻra, alohida guruhni tashkil qiluvchi, kishilar, hayvonlar va boshqa jonli, jonsiz narsalarning tovushini, harakat-holat obrazini taqlidan ifodalovchi soʻzlar. Taqlid soʻzlarning baʼzilari tovushga taqlidni bildiradi, baʼzilari esa harakat-holat va hodisa obraziga taqlidni koʻrsatadi. Shunga koʻra taqlid soʻzlarning 2 turi farqlanadi: tovushga taqlidni bildiradigan soʻzlar (shuningdek onomatopeya deb ham ataladi); obraz (tasvir)ga taqlidni bildiradigan soʻzlar. Tovushga taqlid soʻzlar eshitish bilan, obrazga taqlid soʻzlar koʻrish bilan aloqadordir, yaʼni tovushga taqlid soʻzlar ifodalagan tovushni faqat eshitish mumkin (qars-qurstaqduk-dukgʻiyqmiyov kabi); obrazga taqlid soʻzlar ifodalagan holat, harakatni faqat koʻrish mumkin (jivir-jivirlip-lipyalt-yulthang-mang kabi).Taqlid soʻzlarga illa,Ulla, ira, la qoʻshimchalari qoʻshilganda feʼl yasaladi. Masalan:Lovulla, taqilla, shaqilla, dupurla, hiqilla, yarqira, sharqira. Va ot bilan sifat ham yasash mumkin:sharshara, qahqaha, jizza, qarsak, varrak, tarsaki bularda ot yasalgan."Jizzaki"da esa sifat yasalgan. Asosi „jiz“ taqlid soʻzi.
Taqlid (arab. — oʻxshatish, koʻchirish, nusxa olish) — ijtimoiy, maʼnaviy hayotda, turmush tarzida, kasbhunarda, badiiy ijodda oʻzgalarga oʻxshashga intilish, ergashish. T. koʻpincha sanʼat, badiiyestetik soha bilan boklits. Estetik T. nazariyasini ishlab chiqishga, uning inson tarbiyasi uchun muhim amaliy ahamiyatga egaligi haqidagi mulohazalarni tizimga solishga urinishlar borasida Sokrat, Pifagor, Platon, ayniqsa, Aristotel qarashlari diqqatga sazovor. Aristotel "Metafizika", "Poetika" ("Sheʼr sanʼati", "Ritorika" ("Notiklik sanʼati"), "Fizika" asarlarida T.ga estetik tamoyil sifatida qaradi, T.ning shakllangan nazariyasini yaratdi. Uning fikricha, sanʼat mohiyatan Olamiy aqlga, ilohiy va tabiiy olamga boʻlgan T.ning mahsulidir. Forobiy va Ibn Sino Aristotelning T. nazariyasini sharhlab, uni yuksak pogʻonaga koʻtardi. Forobiy "Sheʼr sanʼati" risolasida "sheʼr biror narsaga T. qilingan soʻzlardan tashkil topishi kerak", deydi. Ibn Sino "Fan ashsheʼr" asarining ikkinchi faslini T. nazariyasiga bagʻishlagan.
Insoniyat tarixida butui bir madaniyestetik davrlar T. bilan bogʻliq; mazkur davrlar jamiyatlari taraqqiyotida T. katta iz qoldirgan. Qad. Rim madaniyatining Yunoniston madaniyatiga taqlidan rivojlanganligi buning yaqqol misolidir.
Psixologiyada T. yangi, namunaviy narsalar va hodisalar tashqi koʻrinishiga asoslangan holda ularni egallashga intilish jarayoni. U barcha yoshdagi insonlarga xos xususiyatdir. T.ning tashqi oʻxshashligiga qaramasdan, har bir yosh davridagi T. oʻziga xos xususiyatlarga ega. Ilk bolalikda odam T. orqali kattalar bilan dastlabki aloqa, muloqot oʻrnatishga intiladi. Maktabgacha yoshda inson faoliyatining muhim tarkiblariga kirishga harakat qiladi. Bolalar syujetli, rolli oʻyinlar ijro etishda oshkora voyaga yetganlar hayoti va faoliyatiga, xulqatvorita kirib boradi, voqelik, vaziyat mohiyatini aks ettira boshlaydi. Oʻsmirlik yoshida kattalarga yoki tengdoshlariga oʻxshashlikka intilish orqali oʻzi uchun ahamiyatli shaxs fazilati, xulqodobini oʻzlashtiradi. Oʻspirinlarda kasbiy faoliyatga T. qilish kuchliroq aks etadi. Voyaga yetgan odamlar ham T. qilishga moyildirlar. Ular yurishturishda, ish yuritishda, imorat qurishda, kiyinishda, sportda va shu kabida T. qilishga intiladilar.
Download 45.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling