Mavzu: Taqsimlangan tizimlar xizmatlari


Download 16.94 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi16.94 Kb.
#257486

Mavzu: Taqsimlangan tizimlar xizmatlari.

O'zimizdan faoliyat olib borayotgan ko'plab katta kompaniyalar CRM tizimiga ega. Kichik bizneslarning ham bu turdagi tizimga qiziqishlari oshib bormoqda. Uzoq davrlar mobaynida barcha tashkilotlarda, do'konlarda, ishlab chiqarish korxonalarida mijozlar munosabati «qog'oz va qalam» usulida yozib borilardi. Hozirgacha yetib kelgan «Taklif va shikoyatlar daftari», «Shikoyatlar qutichasi», «Ishonch telefoni» kabi vositalar o'tmishning o'ziga xos Customer Relationship Management usuli bo'lgan. Keyinchalik kompyuter kashf etildi, internet ommalashdi. Endi munosabatlar qog'ozga emas, elektron shaklida kompyuter xotirasiga yoziladigan bo'ldi. Ma'lumotlarni nafaqat saqlash, balki analiz qilish, solishtirish ham osonlashdi. Shu tarzda hamma ma'lumotlarini kompyuterlarga yozishni boshladi va ularni murakkab usullarda sotlishtirish, o'rganib chiqish, qayta ishlash, saralash, ko'rib chiqish vazifasi yuzaga keldi. CRM aynan shu muhitda, qog'ozdan kompyuterga, arxiv xonasidan internetga ko'chganimizdan so'ng yuzaga keldi. Ingliz tilidagi Customer Relationship Management so'zlarining bosh harflaridan tashkil topgan bu qisqa atama o'zbek tilida Mijozlar bilan munosabat boshqaruvi, degan ma'noni anglatadi. O'z nomi aytib turganidek, mijozlar bilan munosabatni boshqaradigan tizim sotuvchi va haridor, ishlab chiqaruvchi va iste'molchi, xizmat ko'rsatuvchi va undan foydalanuvchi o'rtasidagi har qanday aloqaga oid ma'lumotlarni boshqaradi.


Mijozlar bilan munosabatni boshqarish tizimi yordamida sotuvchi/ishlab chiqaruvchi/xizmat ko'rsatuvchi tomon quyidagi qulayliklarga ega bo'lishi mumkin:

Ko'rib turganingizdek, yuqoridagi ro'yxatda o'z biznesining muvaffaqiyati uchun harakat qiladigan tadbirkor xohlamaydigan birorta ham band yo'q. Ro'yxat CRM tizimining barcha imkoniyatlarini ochib bera olmasa ham, uning tijorat uchun, har qanday tashkilot faoliyati uchun qanchalar muhimligini ko'rsatib bera oladi.



Customer Relationship Management tizimining iste'molchi/foydalanuvchilar uchun quyidagi qulayliklari bor:
Mahsulot/xizmat haqida fikrlari o'rganib chiqiladi;
Har bir iste'molchi/mijozning kompaniya faoliyatida o'rni bo'ladi;
Xizmat ko'rsatish sifati yaxshilanadi;
Har bir foydalanuvchi o'z so'roviga javob oladi;
Xizmatlar sifati yaxshilanayotganini his qiladi.
Download 16.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling