Mavzu: Taraqqiyotning o‘zbek modelida ma`naviyatning o`rni


Xo‘sh, o‘zbek modelining afzalliklari va asosiy ustuvor xususiyatlari nimalardan iborat?


Download 59 Kb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi59 Kb.
#1160530
1   2   3   4
Bog'liq
ozbek modeli 8

Xo‘sh, o‘zbek modelining afzalliklari va asosiy ustuvor xususiyatlari nimalardan iborat?
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, nafaqat o‘zining iqtisodiy taraqqiyot tamoyillarini, balki milliy davlatchilik asoslarini tiklash modelini ham ishlab chiqishi zarur edi. Shu bilan birga, milliy qadriyatlar, xalqning o‘zligi va g‘ururini qayta tiklash, rivojlantirishni ham talab qiladi. Bularning barchasi jamiyatning ijtimoiy-sinfiy tuzilmasini tubdan yangilash va mustaqillik g‘oyalarini amalga oshirish uchun mutlaqo yangicha fikrlab, yangicha ish yuritadigan kadrlarni tarbiyalash zaruratini yuzaga keltirdi.
Germaniya, Shvetsiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Xitoy, yuqorida tilga olingan Yaponiya kabi mamlakatlarning taraqqiyot modellari ko‘proq iqtisodiy modellar edi. Ular siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotni tubdan yangilashni nazarda tutgan emas. Ushbu mamlakatlarning birortasida iqtisodiy islohotlar davrida milliy davlatchilik, madaniy meros va ona tilini tiklash singari masalalar dolzarb bo‘lmagan (faqat Janubiy Koreyada davlat qurilishi muhim ahamiyat kasb etgan).
O‘zbek modeli esa yuqorida aytib o‘tganimizdek, jamiyatning barcha sohalarini birdek isloh etishga qaratilgan. U iqtisodiy munosabatlarni yangicha asosda rivojlantirish bilan birga, davlat qurilishi, jamiyatni demokratlashtirish, mulkdorlar sinfi va o‘rta biznesni shakllantirish kabi davlatchilik negizini tashkil etadigan masalalarni hal etishni nazarda tutadi. Bularning barchasi o‘zbek modelining o‘ziga xos ustuvor xususiyatlaridir. Bu modelni ishlab chiqishda taraqqiy topgan mamlakatlarning bozor munosabatlariga o‘tish tajribasi, mustaqillik uchun kurash yillaridagi tarixiy sinov va saboqlar, xalqimizning o‘ziga xos turmush tarzi va tafakkuri – barcha-barchasi hisobga olindi.
Jamiyatni isloh etishning chuqur ilmiy asoslangan quyidagi besh tamoyili o‘zbek modelining asosida turadi.
Birinchi tamoyil: Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi. Iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, ular biror mafkuraga bo‘ysundirilishi ham mumkin emas. Ichki va tashqi iqtisodiy munosabatlar mafkuradan xoli bo‘lishi lozim.
Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi va mafkuradan xoliligi o‘zbek modelining asosiy tamoyilidir. Bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning mazmun-mohiyatini aks ettiribgina qolmay, balki yurtimiz iqtisodiy hayotining yangiliklarga, ilg‘or tajribalar va oqilona tashabbuslarga ochiqligini ham ko‘rsatadi. Mazkur tamoyil iqtisodiy rivojlanishda ma’naviyatning ahamiyati nechog‘liq muhim ekanini ham nazarda tutadi.

Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling