Mavzu: Tarbiya jaroyonida o’quvchilarga tejamkorlik tushunchalarini singdirish.


Download 132 Kb.
bet1/10
Sana15.06.2023
Hajmi132 Kb.
#1477443
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
424 Tarbiya jaroyonida o’quvchilarga tejamkorlik tushunchalarini


MAVZU: Tarbiya jaroyonida o’quvchilarga tejamkorlik tushunchalarini singdirish. (Boshlang’ich sinflar misolida)
Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism:

1.Sinfdan tashqari ta‘lim-tarbiya ishlarida ekologik va iqtisodiy madaniyatni tarbiyalash imkoniyatlari.
2.Darsdan tashqari ta‘lim tarbiya jarayonida o‘quvchilarda ekologik madaniyatni tarbiyalash usullari .
3.Turli tadbirlarda o‘quvchilarda ekologik va iqtisodiy madaniyatni
tarbiyalash usullari.

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Inson tabiatning bir qismi bolishi bilan bir
qatorda, ozining hayot faoliyatida yangidan-yangi usullar bilan tabiatga ta'sir
qilishni davom etmoqda. Bu esa ekologik tizim holatining o’zgarishiga, ayniqsa, ularning sifat va miqdor ko’rsatkichlarining buzilishiga olib keldi. Bunday faoliya natijasida yer shari yuzasi, iqlimi, o’simligi, hayvonot dunyosi, sayyoramiz havosi o’zgarishi, suvning ifloslanishi, o’rmonlarning qirqib yuborilishi, yer yuzasidan tuproq nurashi, hayvonot va baliqlarning ko’p ovlanishi natijasida ekologik inqiroz yuzaga keldi. Inson faoliyati ekologik vaziyatning nihoyatda keskinlashib ketishiga sabab bo’ldi. XXI asr boshlariga kelib, tabiat bilan insoniyat o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi yaqqol ko’zga tashlana boshladi. Sayyorada murakkablashib borayotgan ekologik vaziyat, butun insoniyat oldida tabiat, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiat zahiralaridan tejab-tergab, ehtiyotkorlik bilan oqiloni foydalanishni, agar ana shu muammolarni zudlik bilan hal etishga kirishilmasa, ularning oqibatlari o’ta dahshatli bo’lishi, hattoki, sivilizatsiya halok bo’lishi mumkinligi dunyodagi barcha mamlakatlar va xalqlar oldiga ko’ndalang qilib qo’ydi.
Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishda milliy umuminsoniy qadriyatlar Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini e’tiborga olib ta’lim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib boorish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bunga xalq og’zaki ijodi, pedogogikasi, mutafakkir, ma’rifatparvar pedagog va olimlarning tarbiyaga axloq-odobga doir g’oyalarini o’rgatib komil insonni ishlari amalga oshmoqda.”Kelajak bugundan boshlanadi”-deydi dono xalqimiz. Yosh avlodni kelgusi hayoti uni inson qilib ko’rsatuvchi ruhiy va ma’naviy jarayonning mezonini belgilaydi. Bu borada ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish ta’limni ilg’or tajribalar asosida boyitib borish, yangi pedagogic tajribalar asosida olib boorish ayniqsa muhimdir.Xalq musiqasi og’zaki ijodiyoti, an’analari,urf-odatlari asosida barkamol avlodni voyaga yetkazish ularni ko’proq o’z millatini sevishga g’ururlanishga shorqano g’oya va ta’limotlarni o’rganib ularni kelajakka tadbiq etishga zamin yaratiladi.Mustaqil Respublikamizda milliy madaniyatimizni o’ziga xosligini tiklash, umumta’lim maktablarida o’quvchilarni badiiy, axloqiy tarbiyalash va kamol toptirish hozirgi kunda dolzarb vazifalardan biridir. Ma’naviy yetuk millat qadriyatlarini to’g’ri baholashga va uni yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Demak, jamiyat ma’naviyatining o’sishi qadriyatlardan keng foydalanish uchun shart-sharoitlarni yaratib,qadriyatlarni yanada rivojlantirishga zamin hozirlaydi. Qadriyatlar ta’rifidan kelib chiqib, umuminsoniy qadriyatlarni quyidagicha ta’riflash mumkin. Umuminsoniy qadriyatlar-millat uchun muhim axamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq holdagi qadriyat shaklidir. Umuminsoniy qadriyatlar millatning tarixini yashash tarsi, ma’naviyati, madaniyati orqali namoyon bo’ladi. Ta’lim jarayonida umuminsoniy qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy hodisani ifodalaydi. Ma’naviyat milliy urf-odatlar, tarbiya an’analari, axloq-odob aqidalari, e’tiqod, madaniy-ma’rifiy jarayonlar majmuasidir.

Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling