Mavzu: Tarbiyada ishontirish metodi Reja


Download 26.02 Kb.
bet5/5
Sana15.03.2023
Hajmi26.02 Kb.
#1272166
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tarbiyada ishontirish metodi

Pedagogikada jazolash usuliga qanday qaraladi, uning qanday turlari qo’llaniladi degan savolning tug’ilishi tabiiy.
Jazolash  - tarbiyalanuvchining xatti - harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir.
Jazo - bu tarbiyalanuvchi manfaati uchun qo’llaniladigan tarbiya usuli.
O’quv muassasalarida qo’llaniladigan jazo turlarini quyidagi sxema bo’yicha tahlil qilsak.
Tanbeh berish - eng yengil jazo chorasi bo’lib hisoblanadi.
Ogohlantirish - noma’qul xatti - harakatlarning oldini olish uchun ishlatiladi.
Hayfsan berish - tanbeh va ogohlantirish kutilgan natija bermasa, o’quvchi intizomni buzaversa, hayfsan beriladi.
Uyaltirish - odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or - nomus sharmu hayodir.
Odamda izzat - nafs, odamiylik qancha kuchli bo’lsa, o’zini - o’zi avvalo hurmat qilsa unda or - nomus kuchli bo’ladi.
Xalqimiz uyat - o’limdan qattiq deb bejiz aytmagan. Shu sababli bolani ha deb uyaltirmasdan boshqa vositalarni ham qo’llash kerak.
Jazo haqqoniy me’yorda qo’llanilsa samarali bo’ladi.
Shunday qilib: Tarbiya jarayoni inson hayotida rivojlanib, takomillashib boradi. Yuqorida ta’riflab berilgan tarbiya tamoyillari va umumiy metodlari o’quvchilarga pedagogik ta’sir ko’rsatish sohalarining hammasini qamrab olmaydi.
Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib boradi, shuning uchun ham tarbiya jarayoni ham, uning qoida va usullari ham takomillashib boraveradi. Tarbiyaning samarasi bu qoida va usullarning to’g’ri qo’llanishiga, bu vosita va usullar muayyan ijtimoiy guruhda tarbiya tizimidan qanchalik o’rin olganiga, ularning tarbiya vazifalari va maqsadlariga qanchalik javob berishiga bog’liqdir.
Muammoli pedagogik vaziyatlarni yeching.
1. 2- sinfda har xil buyumlar: qalam ruchka, rezinka va boshqalar yo’qola boshladi. Bir kuni sinfdagi qizchaning bosh kiyimi yo’qoldi. O’qituvchi topilmalar byurosining faoliyati haqida gapirib berdi. Bolalar topib olingan narsalar qaytarib berilishi to’g’risidagi kattalardan eshitgan misollarni aytishdi.
O’qituvchi qanday tarbiya metodini qo’llagan. Bu metodning samaradorligi nimalarga bog’liq. Har doim ham ushbu metod samara beradimi?
2. Muallim quyidagicha hikoya qiladi: «O’g’lim (9 yosh) qorong’idan va balandlikdan qo’rqadi. Men imkon boricha uni ko’proq ana shu qo’rquvni yenga oladigan sharoitga qo’yaman: Goho ob-havo qandayligini bilib kelish uchun kechqurun hovliga, goho go’yo esdan chiqqan narsani olib kelish uchun qorong’i xonaga yuboraman. 
O’yin paytida ayrim paytlari chuqurlikka sakraymanda, «Daraxtning hov anavi novdasini menga olib ber. Uni emas, narigi, yuqoridagisini» deyman.
O’qituvchi to’g’ri qiladimi? Bu qanday tarbiya metodi.? U nima uchun samarali?
3. Dars boshlanishidan oldin o’qituvchi yerda g’ijimlangan qog’oz parchasi yotganini ko’rib, bir o’quvchiga «qog’ozni ol», deb murojaat qildi. O’sha o’quvchi sekin partadan turib «men tashlamaganman, nega olarkanman» deb, yana joyiga o’tirdi.
O’qituvchi nima qilishi kerak? Sinfning ta’sirlanishi qanday bo’ladi va bu nimaga bog’liq?
5. O’qituvchi o’zini-o’zi darsdan chiqarib yuborgan holni eshitganmisiz? Bunga quyidagi voqea sabab bo’lgan edi: o’qituvchi dars o’tish uchun sinfga kirsa, tanaffusda navbatchilar sinfni darsga tayyorlamagan, doska o’chirilmagan, latta yo’q, bo’r yo’q. O’qituvchi : «Shunday oddiy masalani hal qila olmagan yomon o’qituvchi dars o’tishi mumkin emas»,- deb sinfdan chiqib o’qituvchilar xonasiga ketdi. Uch minutdan keyin esa sinf o’quvchilaridan vakillar borib, o’qituvchidan kechirim so’rab, uni sinfga qaytishini iltimos qilishdi.
Vaziyatni tahlil qiling. O’qituvchi to’g’ri yo’l tutdimi? O’quvchilarda ongli intizomni tarbiyalash usullari qaysi hollarda samara beradi?
Download 26.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling