Mavzu: Tarix falsafasi va falsafa tarixi uyg`unligi Reja


Download 245.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana07.01.2023
Hajmi245.34 Kb.
#1083112
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Tarix falsafasi va falsafa tarixi uygunligi Reja

 
 


Tarixda shaxsning roli.
XX asrda M.Veber ilgari surgan tarixiy jarayonning teng huquqli omillari ta'siri 
haqidagi g‘oyasi asoslab berildi. Ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bir qancha 
nazariyalari texnika, sanoat, axborot tizimlari, kommunikatsiya, globallashuv kabi 
omillarni birinchi o‘ringa qo‘yadilar.
I.A. Karimov (1938) tarix falsafasini tarixiy xotira bilan uyg‘un holda ko‘radi. 
Uning fikricha “Inson uchun tarxidan judo bo‘lish – hayotdan judo bo‘lish 
demakdir” . Fikrining davomida u tarixiy xotirasi bor inson irodali inson, 
jamiyatning har bir a'zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan 
urish, har xil aqidalar ta'siriga olish mumkin emas. tarix saboqlari insonni 
hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi, o‘zlikni anglash tarixni 
bilishdan boshlanadi, deb ta'kidlaydi. Buning uchun har bir millat o‘zining tarixiy 
ildizlariga nazar solishi, u yoki bu mafkura ta'sirida xash-po‘shlangan tarixiy 
xotirani o‘z holicha qayta tiklashga harakat qilishi lozim. “O‘z tarixini 
bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q” . Shundagina 
millat, xalq o‘z-o‘zini anglaydi. Tarixchilar millatga uning haqqoniy tarixini 
ko‘rsatib, isbotlab berishlari kerak. Zotan tarix xalq ma'naviyatining asosidir.
N.Jo‘raev (1952) fikricha, vaqt o‘tgan sari insoniyat tafakkuri kengayib, ijtimoiy 
fanlar taraqqiy topib borishi natijasida tarix falsafasi atrofidagi mulohazalar 
kengayadi. Uning predmeti va ob'ektiga aniqlik kiritiladi. Shu ilmiy haqiqatdan 
kelib chiqib, N.Jo‘raev hozirgi zamon tarix falsafasining quyidagi vazifalarini 
belgilaydi: 
- insoniyat tarixi rivojlanish qonuniyatlarini, ularning manbalari va mohiyatini 
o‘rganish; 
- insoniyat tarixini, jumladan, milliy tarixni ham hozirgacha ta'sirini o‘tkazib 
kelapyotgan kommunistik mafkura asosidagi ilmiy metodologiyada mavjud 
bo‘lgan tamoyillardan voz kechib, milliy istiqlol g‘oyasi asosida o‘rganish va 
davrlashtirish muammosini hal etish; 
- sivilizatsiyalar va madaniyatlar yuzaga kelishining yaxlit tizimini ishlab chiqish, 


ular inqirozi sabablarini chuqur tahlil etish; 
- tarixiy jarayonning umumiy shaklini tahlil etish, ularni o‘tmish, bugun, kelajak 
tizimida mantiqan o‘rganish hamda insoniyat istiqboli haqida tasavvurlarga aniqlik 
kiritish; 
- tarixiy taraqqiyot omillarini diniy va dunyoviy qonunlar nuqtai nazaridan
o‘rganish, nazariy jihatdan baquvvat ilmiy va amaliy asoslangan xulosalarni ishlab 
chiqish; 
- qadriyatlar tizimini hozirgi zamon talablari nuqtai nazaridan tadqiq etish va 
baholash; 
- insoniyat tarixida to‘plangan moddiy, ma'naviy va madaniy qadriyatlarning 
tarixiy tahlili orqali mantiqiy va falsafiy asoslarini o‘rganish; 
- tarixni anglashning yangi yo‘nalishlarini hozirgi zamon falsafiy tafakkur 
mezonlari asosida belgilash hamda unga tayangan holda ijtimoiy taraqqiyot 
maqsadlarini aniqlash orqali, tarixning murabbiylik rolini oshirish; 
- yaxlit insoniyat taraqqiyoti omillarini va manbalarini o‘rganish, shu asosda jahon 
tarixiy taraqqiyot istiqbollarini belgilash; 
- tarix fani predmeti va metodologiyasini hozirgi zamon talablari asosida qayta 
ishlab chiqish hamda tarixni tadqiq etishning turli yo‘nalishlarini, jumladan, 
siyosiy tarix, iqtisodiy tarix, din tarixi, san'at tarixi, etnogenezis va boshqa 
yo‘nalishlar bilan mushtarak holda kompleks tadqiqotlarni olib borish orqali, 
inson, insoniyat va uning tarix yaxlit mohiyatini ochib berish . 
Ana shu vazifalarni hal etishda tarix falsafasi va tarix fanining hamkorligi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Uning fikricha, bir qarashda tarix falsafasi va tarix fani bir-
biridan ayri yo‘nalishdek ko‘rinadi. Zotan, real jarayonga, real voqyelikka, 
insoniyat tarixida qaysidir hodisaga tarixchi tarix ko‘zi bilan qarasa, faylasuf 
faylasuf ko‘zi bilan qaraydi. Aslida har ikki qarashlar zamirida inson taqdiri, 
tafakkur tarzi va manfaatlar ustuvorligi yotadiki, bu inson fenomeni va hayot 
falsafasining mantig‘idir. 
Tarix falsafasining predmeti, tuzilishi va funksiyalari. «Tarix falsafasi» nima va 
uning predmeti nimadan iborat? Bu savolga javob berar ekanmiz, tarix falsafasi 
tushunchasiga «Falsafiy qomusiy lug‘at» mualliflari bergan ta'rifni keltirish o‘rinli 
bo‘ladi deb o‘ylaymiz: «Tarix falsafasi – falsafaning 

Download 245.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling