Mavzu: tarixiy ong va milliy o’zlikni anglash dialektikasi
Mavzuning ishlanganlik darajasi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
tarixiy ong va milliy ozlikni anglash dialektikasi
Mavzuning ishlanganlik darajasi. Tarix fanini nazariy amaliy
masalalariga milliy o’zlikni anglashga katta e’tibor berilishi, mustaqillik davrining o’ziga xos xususiyati bo’ldi. Tarix fani mazmun-mohiyati va o’qitishga keyingi 15 yilda amalga oshirilgan tadqiqotlar ko’lami ham buni isbotlaydi. O’tmish tarixni tiklash, tarixga ilmiylik, xolisiylik, tarixiylik nuqtai-nazaridan yondashish asosiy vazifa deb qaraladi. Prezidentimiz Islom Karimovning maruza va nutqlarida, "Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q" 1 risolasida tarixchilarimiz oldida turgan asosiy metodologik, metodik muammolar, amaliy dolzarb vazifalarni ko’rsatib berildi. Jumladan Pespublikamiz olimlaridan Abdullajonova D, Tullenov J, Jabborov I, R. Abdullayevlarning bevosita tarixiy xotira va tarixiy ong muammosiga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlari e’lon qilindi. Bu tadqiqotlarda tarixiy ong atroflicha falsafiy – madaniyat nuqtai nazaridan tadqiq etilgan. Ularga ta’rif berilib tarixiy ongni mohiyat mazmuni ochib berilib ijtimoiy voqeylik bilan yaqin aloqada bo’lgan ijtimoiy ong shakli sifatida ko’rsatilgan. Ayniqsa tarixiy ongning va tarixiy xotiraning hozirgi kunda yoshlarda ilmiy tarixiy dunyoqarashni shakillantirishdsa tutgan o’rni to’g’risida R. Raxmonov, F. Fayziyevlarning ―Yoshlar dunyoqarashi shakillanishida tarixiy ong va tarixiy xotira‖ risolasi diqqatga sazovordir. Risolada tarixiy ohg va tarixiy xotira tushunchalarini falsafiy tahlil qilish bilan bir qatorda uni kelib chiqishi, shakillanishiga ham bir darajada
1
Karimov I.A. "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q". "Sharq" T.:1998-yil.
e’tibor beriladi. Bundan tashqari qator olimlarning ilmiy tadqiqotlarida tarixiy ong u yoki va unga aloqador boshqa madaniy-falsafiy kategoriyalarga oid ishlari mavjud. Jumladan, Samiboyev X, Shirinboyev SH, Qurbonov T. X, Kamenskaya R. A, Kelle V.J, Orudjev Z.M, Kuznetsova T.V, Rajabek B. Yaning ishlari. 1
Prezidentimizning "Yuksak
ma’naviyat-yengilmas kuch"
2
asari esa ma’naviyatimiz qomusi bo’lib, unda tarix xalqimizning ajralmas qadriyatlari, afsonalari bilan uyg’unlashib ketgan e’tiqodini mustahkamlab, ma’naviyatini 20 yilga ulg’aytiradigan ulkan kuch ekanligini ilmiy tilda asoslab tahlil etildi. Tarixiy ong va tarixiy xotira muammolari g’arb tarixchilarining doimiy diqqat e’tiborida bo’lgan. Milliy tariximizda va XIX asr oxiridan jadid namoyondalarining asarlarida o’z aksini topdi. Tarixiy ong genezisi bo’yicha kulturolog-tarixchi faylasuf olimlar N. Kon, Rakitov. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling