Mavzu: Tasavvufning vujudga kelish tarixi
Download 1.18 Mb.
|
portal.guldu.uz-TASAFFUF VA MUMTOZ POETIKA ASOSLARI 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- M U N D A R I J A
MAMATQULOV M. R. “TASAFFUF VA MUMTOZ POETIKA ASOSLARI” fanidan o’quv-uslubiy majmua GULISTON – 2013 M.Mamatqulov tomonidan “Tasaffuf va mumtoz poetika asoslari” fani bo’yicha tayyorlangan o’quv-uslubiy majmua 5220100-Filologiya (O’zbek filologiyasi) ta’lim yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarga mo’ljallangan. Majmuada o’zbek eng qadimgi og’zaki adabiyot yodgorliklari, islom va islomgacha bo’lgan adabiyot namunalari, mumtoz adabiyoti tarixi, mumtoz va qardosh xalqlar adabiyotidan o’rganishi, yangi mavzulari, janrlari, qahramonlari, badiiy tasvir vositalari, poetik obrazlari va nihoyat u o’zbek milliy madaniyatining shakllanishi asosida tahlilu talqin qilinadi. Ўқув-услубий мажмуа Гулистон давлат университети ўқув-методик кенгашининг 23.07.2013 йилдаги 10-сонли баённомаси билан нашрга тавсия этилган. Mas’ul muharrir: filologiya fanlari doktorlari, professor N. Rahmonov Taqrizchilar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent U.O’ljaboev. M U N D A R I J AKirish .................................................................................4 Fanning ishchi dasturi …………………………………..6Reyting ballar ....................................................................9 Baholash mezonlari ...........................................................10 Fan bo’yicha ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishning kontseptual asoslari..............................11 Kurs bo’yicha ma’ruzalar ..................................................13 Amaliy mashg’ulotlar ........................................................93 Seminar mashg’ulotlari .....................................................101 Talabalar mustaqil ishlari ..................................................110 Test savollari .....................................................................112 Informatsion ta`minot……………………………………117 Glossariy ...........................................................................119 KIRISH «Tasavvuf va mumtoz poetika asoslari» fani o’quv rejasida ko’zda tutilgan oliy o’quv yurtlari O’zbek filologiyasi – o’zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bo’yicha bakalavr darajasini oluvchilar uchun mo’ljallangan. «Tasavvuf va mumtoz poetika asoslari» fanini eng qadimgi og’zaki adabiyot namunalari hamda diniy-tasavvufiy qarashlarsiz tasavvur etib va o’rganib bo’lmaydi. Mustaqillikkacha mazkur fan turli mafkuraviy tazyiqlar ta’sirida o’rganilib kelindi. Istiqlol mafkurasi tufayli adabiyotimiz tarixi namunalarini asli qanday bo’lsa shundayligicha sog’lom nuqtai nazar bilan o’rganishga imkon tug’ildi. Odatda, adabiyot dasturida davrning tarixiga nihoyatda muxtasar to’xtalinadi. Mazkur o’quv-uslubiy majmuada ham har bir adabiy manba davrning ta’siri va badiiylik talabalari doirasida o’rganildi Adabiyotimiz tarixini o’rganishda tasavvufiy adabiyot namunalariga asosiy e’tibor qaratildi. Xususan, so’fiylik oqimlari ta’siridagi adabiyot namunalari haqidagi ma’lumotlar tahlili ilk bor majmuaga kiritildi. Shomonlik adabiyoti haqidagi fikr va mulohazalar ham majmuaning o’ziga xosligini ko’rsatuvchi omillardan biridir. Shu bilan birga mumtoz adabiyotimiz namunalari matni tahlili yuzasidan ham alohida e’tiborga molik ishlar kiritildi. Bu birinchidan, talaba uchun mumtoz matn tahlili ko’nikmasini xosil qilishda yordam bersa, ikkinchidan talabaning ana shu matn yaratilgan davr haqidagi fikrlarining kengayishiga, adabiy manba haqida ma’lumotlarining yanada ortishiga olib kelishi mumkin. Dastur olti qismdan: kirish, ma’ruza mavzulari, amaliy mashg’ulotlar mazmuni, seminar mashg’ulotlari, talabalar mustaqil bajaradigan ish topshiriqlari va nihoyat informatsion-metodik ta’minotlardan iborat. Ma’ruza zamonaviy pedagogik texnologiyalar talablariga mos ravishda ishlanib, unda mavzuga oid muammolar, o’quv (darsning) maqsadlari, nazorat savollari, mustaqil ish topshiriqlari keltirilgan. Ma’ruza mavzularini tayyorlashda ta’limning ilmiyligi yoki taomilga kirgan ilm orqali bilim egallash tamoyili hamda internetdan olingan materiallardan keng istifoda etildi. Har bir ma’ruza mavzusidan so’ng adabiyotlar ro’yxati va nazorat savollari berilgan bo’lib, talabalar ko’rsatilgan adabiyotlardan o’zlarini qiziqtirtiradigan savollarga javob olishi mumkin. Nazorat savollari asosida u yoki bu masalada bahs yuritish, o’zining bilim saviyasini o’zi sinovdan o’tkazish imkoni yaratiladi. Amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish tartiblari, undan kutiladigan o’quv maqsadlari, kerakli jihozlar, materiallar, ishni bajarish uslubiyati keng berilgan. Majmua so’ngida yakuniy xulosalar, fanda echimini kutayotgan asosiy ilmiy muammolar, informatsion-metodik ta’minotlar keltirilgan. Muallif majmua haqida fikr-mulohazalarini bildirgan shaxslarga o’z minnatdorchiligini izhor etadi. Manzilimiz: 707012. Guliston sh. 4-mavze, universitet, Adabiyotshunoslik kafedrasi Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling