Mavzu: Tashkiliy hujjatlarni o‘rganish, ularga namunalar yozish
Amir Temurning harbiy san’ati
Download 1.13 Mb.
|
20 6 Do\'st.Nod.Jismoniy tarbiya nazariyasi slayd
Amir Temurning harbiy san’atiBu o'rinda akademik B.Axmedovning «Amir Temur» tarixiy hujjatli roman i (1995) e'tiborga sazovordir. «O'zbekiston tarixi va madaniyati» (1992), «O'zbekiston xalqlari tarixi» (1992, 1-qism) va boshqa manbalarning guvoh berishicha, Amir Temur yoshligidan harbiy mashqlarga nihoyatda qiziqqan bo'lib, o'zi ham faol urushlarda bir necha bor qatnashib tajriba orttirgan va mohir jangchi bo'lib yetishgan. Shuningdek, farzandlari Jahongir, Mironshoh, Umarshayx, Shohruh Mirzo hamda nabiralari Pirmuhammad, Xalil Sulton, Muhammad Sulton va Mirzo Ulug'beklaiga ham jangovorlik sir- asrorlarini bevosita o'zi janglarga tayyorgarlik paytlari hamda katta janglar jarayonida o'igatgan. «Temur tuzuklari»da piyoda va otda jang qilish, qilichbozlik va nayzabozlik, jangchining harbiy va jismoniy jihatdan tayyorgarligi, eng baland tog'li joylardan o'tish, daryolardan o'tish va h.k. haqida batafsil bayon qilinganligining guvohi bo'lish mumkin. Amir Temurning Boysun, Hisor, Hindiqush, Turkiston, Chotqol, Kavkaz tog'lari, hozirgi Qozog'iston va Rossiya hududlaridagi cho'llar, vodiylar hamda Sirdaryo, Amudaiyo, Dajla, Volga, Ganga va boshqa juda ko'p daryolardan kechib o'tishning o'zi bo'lmagandir.
Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling