Mavzu: Ta’sis hujjatlarini tekshirish. Dastlabki hujjatlarni tekshirish
Download 168 Kb. Pdf ko'rish
|
TURDIYEV SHOXRUX
Auditor ta’sis
hujjatlarini tekshirishda quyidagilarni aniqlaydi ta’sis hujjatlarida qanday faoliyat turlari ko’zda tutilgan haqiqatda amalga oshirayotgan faoliyat turlarining ta’sis hujjatlariga muvofiqligi O’zbekiston Respublikasining «Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash to’g’risida»gi qonuniga muvofiq litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turlari va litsenziyalarning mavjudligi. tasdiqlangan ustav asosida faoliyat ko’rsatadi. Ta’sis hujjatlari bilan tanishish auditorga mulk egasi kim ekanligini va kimning manfaati uchun tekshiruv o’tkazilayotganligini aniqlashga imkon beradi. Agar korxona bir necha ta’sischilar tomonidan tashkil etilgan bo’lsa, u holda ta’sis shartnomasi tuzilishi lozim, ustav esa ta’sischilar tomonidan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) barcha ta’sischilar tomonidan imzolangan ta’sis shartnomasi va ustav asosida tashkil etiladi va faoliyat ko’rsatadi. Auditor tegishli ta’sis hujjatlarining mavjudligini va ularni tasdiqlash hamda davlat ro’yxatidan o’tkazish qoidalariga rioya qilinishini aniqlaydi. Korxona ta’sischilar tomonidan uni tashkil etish to’g’risidagi qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab emas, balki davlat ro’yxatidan o’tgan kundan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan deb hisoblanadi. Shu boisdan, davlat ro’yxatidan o’tganlik to’g’risidagi guvohnomaning mavjudligini, agar ta’sis hujjatlariga o’zgartirishlar kiritilgan bo’lsa, qayta ro’yxatdan o’tkazilganligini tekshirish lozim. Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) ta’sis shartnomasida yuqorida sanab o’tilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagi shartlar ham bo’lishi lozim: - ustav kapitalining tarkibi va hajmi to’g’risida; ta’sischilarning korxonadan chiqishi. korxona faoliyatini boshqarish va unda ta’sischilarning ishtiroki foyda va zararlarni ta’sischilar o’rtasida taqsimlash faoliyatda ishtirok etish; mulklarni ulush sifatida qo’shish (topshirish) Download 168 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling