Mavzu: Tasviriy san’at asoslari va uni o’rgatish nazariyasi va metodikasi fani. Tasviriy sa’nat va uni o’qitish metodikasi tarixidan


Tasviriy san’atni o‘qitishining qisqacha tarixi


Download 1.43 Mb.
bet2/4
Sana14.01.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1092929
1   2   3   4
Bog'liq
Tasviriy san’at asoslari va uni o’rgatish nazariyasi va metodikasi fani. Tasviriy sa’nat va uni o’qitish metodikasi tarixidan

Tasviriy san’atni o‘qitishining qisqacha tarixi

  • Tasviriy san’at o’qitishiga doir eng qadimgi va o’rta asr boshlaridagi (Misr, Yunon, Qadimgi Rim) ma’lumotlar. Tasviriy san’at o’qitish metodikasini rivojlantirishda Uyg’onish davri rassomlarining xizmatlari (Chennino Chennini, Leon Alberti, Leonardo da Vinchi, Albrext Dyurer). XVII-XIX asriarda G’arbiy Yevropada rasm chizishni o’rgatish metodikasiga bo’lgan turli qarashlar. XVIII-XIX asriarda Rossiyaning pedagogika o’quv yurtlarida tasviriy san’at fanining o’rni. LD. Preysler, A.G. Sapojnikov, G.A. Gipiuslarning tasviriy san’at o’qitish metodlarining rivojlanishidagi o’rni. P.P. Chistyakov, D.N. Kardovskiylarning pedagogik qarashlari va tasviriy san’at o’qitish uslublari. Misr, Yunoniston, Rim, Jahonda tasviriy san’atni o’qitilishiga dastlabki ma’lumotlar qadimgi Misr va Yunonistonda eramizdan avvalgi III asrlarga doir materiallar mavjud.

Qadimgi Misrda tog’ qoyalariga o’yib ishlangan haykallar, shuningdek, rangtasvir asarlari o’zining yuksak badiiyligi va ishlanish texnikasi jihatidan kishilarni hayratga solib kelmoqda. Kishilar o’z tajribalarini keyingi avlodlarga turli yo’llar bilan ibtidoiy jamoa davridan boshlab o’tkazib kelganlar. Bunga eng qadimgi Misrda rasm chizishga o’rgatishga doir tarixiy manbalar guvohlik beradi. Tasviriy san’atni o’qitish ishi bilan odamlar qadimdan shug’ullanib kelganliklari ko’proq qadimgi Misr manbalarida saqlanib qolgan. Erkin, yengil, ravon chiziqlar chizish doskada yoki papirus qog’ozlarda bajarilgan. Shuni ham alohida qayd qilish lozimki, bu davr maktablarida faqat bolalar o’qiganligi sababli ularga nihoyatda yuqori talablar qo’yilgan. Shuning uchun ham talab va ko’rsatmalarga rioya qilinmaganda bolalar qattiq jazolangan, hattoki, yog’och bilan kaltaklangan. Misr maktablarida rasm chizishga o’rgatish nazariyasi bor-yo’qligi ma’lum bo’lmasa-da, ayrim rasm chizish qoidalari qo’llanilgan.

  • Qadimgi Misrda tog’ qoyalariga o’yib ishlangan haykallar, shuningdek, rangtasvir asarlari o’zining yuksak badiiyligi va ishlanish texnikasi jihatidan kishilarni hayratga solib kelmoqda. Kishilar o’z tajribalarini keyingi avlodlarga turli yo’llar bilan ibtidoiy jamoa davridan boshlab o’tkazib kelganlar. Bunga eng qadimgi Misrda rasm chizishga o’rgatishga doir tarixiy manbalar guvohlik beradi. Tasviriy san’atni o’qitish ishi bilan odamlar qadimdan shug’ullanib kelganliklari ko’proq qadimgi Misr manbalarida saqlanib qolgan. Erkin, yengil, ravon chiziqlar chizish doskada yoki papirus qog’ozlarda bajarilgan. Shuni ham alohida qayd qilish lozimki, bu davr maktablarida faqat bolalar o’qiganligi sababli ularga nihoyatda yuqori talablar qo’yilgan. Shuning uchun ham talab va ko’rsatmalarga rioya qilinmaganda bolalar qattiq jazolangan, hattoki, yog’och bilan kaltaklangan. Misr maktablarida rasm chizishga o’rgatish nazariyasi bor-yo’qligi ma’lum bo’lmasa-da, ayrim rasm chizish qoidalari qo’llanilgan.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling