Mavzu: Tavsiyanoma rasmiy hujjat sifatinda Reja: Tavsiyanomalarning yozilish uslubi Tavsifnomalarning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 19.43 Kb.
|
Tavsiyanoma rasmiy hujjat sifatinda
SamDU rektori: imzo prof. ….
Devonxona mudiri: imzo ...... 2018.12.01. TAVSIYANOMA Tavsiyanoma ham ma’lum bir jihatlari bilan tavsifnomaga o‘xshab ketadi. Tavsiyanoma biror shaxsni muayyan lavozimga, yangi o‘rin, vazifaga yoki ijtimoiy-siyosiy, ijodiy jamoatchilik tashkilotlariga a’zolikka tavsiya etish uchun beriladigan rasmiy hujjatdir. Tavsiyanomalar odatda muassasa, tashkilot, korxona, o‘quv yurti ma’muriyati, ijodiy uyushmalar yoki alohida bir shaxs tomonidan ham berilishi mumkin. Tavsiyanoma ham qat’iy bir andozaga ega emas. U ham talab va ehtiyojga qarab yoziladi. Tavsiyanomada shaxsning butun hayoti, o‘qish, ish yoki jamoatchilik faoliyati qamrab olinmaydi. Balki bu hujjatni berayotgan rahbar yoki boshqa kishi uchun ma’lum bo‘lgan davr bayon etiladi, xolos. Tavsiyanomada ham shaxsning o‘z sohasida erishgan yutuqlari, malakasi, ishchanligi, ijodkorligi, tashabbuskorligi, axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, ijtimoiy foaliyati, oilaviy ahvoliga qisman baho beriladi. Tavsiya etilayotgan nomzodning yangi lavozim, o‘rin, vazifaga munosibligi yoki ijtimoiy-siyosiy tashkilot, ijodiy uyushma, jamoatchilik ishiga qanchalik loyiqligi ta’kidlanadi. Tavsiyanoma shaxsning taklif etilayotgan lavozim, vazifa, ish yoki a’zolikni bajara olishligiga ishonch bildirish va uning nomzodini tavsiya etish bilan yakunlanadi. Tavsiyanomaning zaruriy qismlari: Hujjat nomi - tavsiyanoma. Tavsiyanoma berilayotgan shaxs haqida matn (shu shaxsni qachondan bilishi, ish joyi, lavozimi uning o‘z ishini qay darajada bajarishi, erishgan yutuqlari, ishchanligi, atrofdagilarga munosabati, jamoatchiligi, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, axloqiy sifatlari, obro‘-e’tibori, oilaviy ahvoli, yangi lavozim, vazifa, o‘rin, ish yoki a’zolikka qay darajada mos ekanligi va unga bildirilgan ishonch hamda tavsiya). Tavsiyanoma beruvchilarning ish joyi lavozimi, imzolari, familiyalari, berilgan sana va muhr. Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti o‘zbek, filologiyasi bo‘limi bitiruvchisi Sohibova Gulchehra Do‘stmurodovnaga Download 19.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling