Mavzu: tayinlanish bo’yicha bazalar sinfi


Download 95.5 Kb.
bet3/4
Sana18.03.2023
Hajmi95.5 Kb.
#1280517
1   2   3   4
о‟rnatish bazasi-tanavorni yoki buyumni uchta erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza (bir koordinat о‟qi bо‟ylab kо‟chishi va boshqa ikki koordinata о‟qlari atrofida aylanish harakatlaridan 8.1-rasm va 8.7-rasmlarga qar.);

  • yо‟naltirgich baza-tanavorni yoki buyumni ikki erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza (bir koordinat о‟qi bо‟ylab kо‟chishidan va boshqa о‟q atrofida burilish harakatidan 8.1-rasm va 8.7-rasmlarga qar.);

  • tayanch baza-tanavorni yoki buyumni bir erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza (bir koordinat о‟qi bо‟ylab kо‟chishidan yoki о‟q atrofida burilish harakatidan 8.1-rasm va 8.7-rasmlarga qar.);

  • qо‟shaloq yо‟naltirgich baza-tanavorni yoki buyumni tо‟rtta erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza (ikki koordinat о‟qlari bо‟ylab kо‟chishidan va shu о‟qlar atrofida aylanma harakatlaridan, 8.2-rasm va 8.9-rasmlargaga qar.);

    -qо‟shaloq tayanch baza-tanavorni yoki buyumni ikki erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza (ikki koordinat о‟qlari bо‟ylab kо‟chishlaridan, 8.3-rasm va 8.10-rasmlarga qarang).

    8.9-rasm.Qo‟shaloq yo‟naltiuvchi baza sxemasi

    8.10-rasm. Qo‟shaloq tayanch baza shemasi


    Bazalashning asosiy prinsiplari


    Mexanik ishlov berish texnologik jarayonini ishlab chiqishda bazalar tanlash, bazalarning о‟zini aniqlashni va kerak bо‟lsa bazalar almashinuv tartibini о‟rnatishni maqsad qilib qо‟yadi.


    Bazalar tanlashda boshlang‟ich berilganlarga: detalning ishchi chizmasi qо‟yilgan о‟lchamlari bilan, uni tayyorlash uchun qо‟yilgan texnik talablar, tanavor kо‟rinishi, shuningdek nazarda tutilgan jarayonni avtomatlashtirish darajasi kiradi. Bazalarni tanlashda detalning mexanizmda ishlash sharoiti hisobga olinadi. Asosan bazalar tо‟g‟risida biz oldingi temalarda misollar bilan batafsil kо‟rib chiqqanmiz.
    Qabul qilingan bazalash sxemasi moslamaning konstruktiv sxemasini belgilaydi va detal о‟lchamlarining aniqligiga va yuzalarning о‟zaro joylashuviga ta‟sir kо‟rsatadi. Ishlov berish aniqligini ushlashda bazalar birligi prinsipiga amal qilinsa yaxshi natija beradi. Bu holda bazalash xatoligi 0 ga teng bо‟ladi. Bu prinsipga amal qilish qiyin bо‟lsa (masalan, tanavorning turg‟unligi etarli bо‟lmay о‟lchov baza kichik bо‟lsa), bazalar bir yuzada yotmasligining zararli ta‟sirini kamaytirishga intilib о‟rnatuv baza uchun boshqa yuza qabul qilinadi.

    Download 95.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling