Bular quyidagilar:
-
Asosiy baza-berilgan detalga yoki yig‟ilma birlikka tegishli bо‟lgan va uning holatini buyumda aniqlash uchun ishlatiluvchi konstruktorlik baza (8.5- rasm).
-
Yordamchi baza-berilgan detalga yoki yig‟ilma birlikka tegishli bо‟lgan va ularga birlashtiriluvchi buyum holatini aniqlash uchun qо‟llaniluvchi konstruktorlik baza (8.5-rasm) .
-
Кonstruktorlik baza-detalni yoki yig‟ilma birlikni buyumdagi о‟rnini (holatini) aniqlash uchun qо‟llaniluvchi baza. Shuningdek detal konstruksiyasini chizishda masalan; pog‟anali valning (8.6-rasmga qar.) tanlangan Ι va ΙΙ yon sirtlari,ya‟ni: A1 o‟lcham uchun Ι-sirt; A, A2, A3 va A4 o‟lchamlar uchun esa Ι Ι- sirt konstruktorlik bazalar vazifasini bajaradi.
-
Asosiy va yordamchi bazalarning bir detalni mashinada ishlash vaqtida boshqa detalga nisbatan holatini aniqlaydigan koordinat yuzalari yig‟uv bazalari deb yuritiladi (8.5-rasmda 3-tezliklar qutisi teshigi «yor» va o‟ng yon sirti 4- shpindel uchun yig‟ish bazasi bo‟lib hisoblanadi).
-
Texnologik baza deb, tanavorni yoki buyumni tayyorlash yoki ta‟mirlash jarayonida holatini aniqlash uchun ishlatiluvchi bazaga aytiladi (8.7-rasm).
-
O‟lchash bazasi-tanavorni yoki buyumni va о‟lchash vositalarini nisbiy holatini aniqlash uchun ishlatiluvchi baza (8.8-rasm). (GOST 21495-96).
8.5-rasm 8.6-rasm
8.7-rasm. Ι,ΙΙ,ΙΙΙ-texnologik baza komplekti; 8.8-rasm. A-o‟lchov baza sxemasi Ι-o‟rnatuv baza;ΙΙ-yo‟naltiruvchi baza; ΙΙΙ-tayanch baza
Еrkinlik darajasidan mahrum etilishi bо‟yicha bazalar sinfi
Bularga о‟rnatuv, yо‟naltirgich, tayanch, qо‟shaloq yо‟naltirgich va qо‟shaloq tayanch bazalar (sxemalari 8.1-rasm , 8.2-rasm va 8.10-rasmlarda kо‟rsatilgan) kiradi:
-
Do'stlaringiz bilan baham: |