Mavzu: Tazkira, badia va xotira janri Topshiriq
Download 168 Kb.
|
2-mavzu
3. U.Normatov qodiriyshunos
Umarali Normatov (1931). O`zbek adabiyotshunoslari va tanqidchilari orasida filologiya fanlari doktori, professor O‘zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovindori Umarali Normatov o‘z o‘rni va uslubiga ega hozirjavob ijodkor, iste’dodli tanqidchi sifatida mashhur. U yarim asrdan buyon adabiy jarayonga faol qatnashib, kitobxon didini shakllantirishga, o`zbek adabiy tanqidiy tafakkuri taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. U.Normatovning Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor ijodlari haqidagi tadqiqotlari, maqolalari adabiy jarayonda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Chunonchi, A.Qodiriyning «Obid ketmon» asari haqidagi «Orttirmay va kamitmay» degan maqolasi 90-yillar o'zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligida ham, qodiriyshunoslikda ham badiiy asarga yangicha yondashuv namunasi bo`ldi. «O‘tkan kunlar» hayrati» deb nomlangan qo`llanma umumta'lim maktablari adabiyot o‘qituvchilari va yuqori sinf o'quvchilariga mo`ljallangan bo`lib, unda o‘zbek adabiyoti dasturi va darsligidagi Abdulla Qodiriyga oid, ayniqsa, adibning shoh asari «O‘tkan kunlar» romani, uning ijodiy tarixi, yangi o‘zbek adabiyoti rivojidagi o‘rni haqidagi ma’lumotlar ancha yangilandi. Bu risolaning ahamiyati shundaki, unda A.Qodiriy ijodiga mustaqillik mafkurasi nuqtayi nazaridan baho beriladi. Asar va uning qahramonlari haqidagi yangicha talqinlar o‘quvchilarni Qodiriy romanlarini qaytadan o‘qishga chorladi. Olim «O‘tkan kunlar» romani bilan o‘zbek adabiyotining obrazlar, xarakterlar silsilasida yangi davr boshlanganligini hazrat Navoiyning ijodiy jasorati bilan qiyoslaydi. Kitobning «Qismat va jasorat», «Otaga ta ’zim » bo`limlaridagi izlanishlar qahramonlar talqinining yangi bosqichga ko‘tarilayotganidan darak beradi. Olimning A.Qodiriy haqidagi izlanishlarini umumlashtirgan «Qodiriy mo‘jizasi» kitobi istiqlol davri o ‘zbek adabiyotshunosligi va qodiriyshunosligini boyitishda muhim rol o'ynadi. U.Normatov mustaqillik davri adabiy jarayonini muttasil va sinchkovlik bilan kuzatib, salmoqli tadqiqotlarini e’lon qildi. «Umidbaxsh tamoyillar» deb nomlangan risolasida, «Ijod sehri» kitobida buni yaqqol ko‘rish mumkin. «Universitet saboqlari va ilhomlari» deb nomlangan maqola (2007) A.Qahhor tavalludining 100 yilligi munosabati bilan yozilgan. Unda adibning shaxs va ijodkor sifatida shakllanishida hayotiy ma’naviy omillar qatorida u ta’lim olgan muhit, ustozlar ta’sirining o‘rniga e ’tibor qaratiladi. «Ustoz ibrati» risolasi, «Qahhorni anglash mashaqqati» kitobi yozuvchi ijodi, shaxsi, shijoati, asarlarining ijodiy tarixi, bahslarga sababchi bo`lgan asarlari haqidagi yangicha qarashlar, mushohadalarga undovchi xulosalarga boyligi bilan e’tiborni tortadi. Ayni paytda, bu kitob shogirdning ustozga chinakam ehtiromi hamdir. Istiqlol mutaxassislar oldiga barcha fanlar, xususan, ijtimoiy gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha yangi tuzum talablariga javob bera oladigan darslik, qo`llanmalar yaratishdek muhim sohada ham U. Normatov faolligini namoyish etdi. U N.Karimov va B.Nazarovlar bilan hammualliflikda 11-sinf uchun «XX asr o‘zbek adabiyoti» darsligini yaratdi. Unda milliy uyg'onish davrining buyuk namoyandalari ijodi mustaqillik g‘oyalari ruhida talqin etildi. 9-sinf uchun yaratilgan adabiyot darsligining mualliflaridan biri ham U.Normatovdir. Universitetlar va pedagogika institutlari talabalari uchun yozilgan «XX asr o‘zbck adabiyoti tarixi» darsligi ham O.Sharafiddinov, N .Karimov, S.M am ajonov, B.Nazarov va U.Normatov hamkorligida yaratildi. Download 168 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling