Mavzu: tbc bank reja


Download 1.96 Mb.
bet2/3
Sana23.01.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1111403
1   2   3
Bog'liq
Bank ishi tbc banki haqida malumotlat

Bank strukturalar
  • Bank o'z xizmatlarini faqat tegishli Anketaning (Ariza) majburiy satrlari Mijoz tomonidan to'ldirgandan so'ng va Bankka so'ralgan hujjatlar va / yoki ma'lumotni taqdim etib, Ariza/Buyurtmani (oldingi Shartnoma/Ariza) imzolagandan keyingina taqdim etishni boshlaydi.

Bank xizmatlari-bu shartnomaga muvofiq Bank tomonidan taqdim etiladigan pullik va bepul bank xizmatlari;
Kartani / Hisobni blokirovka qilish - bank kartasi / hisobvarag'i yordamida to'lovlarni amalga oshirishni va / yoki operatsiyalarni amalga oshirishni to'liq yoki vaqtincha taqiqlash;
. Bank – mazkur BSh ning ishtirokchisi "TBC Bank" aksiyadorlik-tijorat banki hisoblanadi;
  • Bank kartasi - Bank yoki boshqa bank tomonidan chiqarilgan, uning egasiga (Mijoziga) bank hisobvarag'ida bir necha bor operatsiyalarni amalga oshirish, shu jumladan hisob-kitoblarni amalga oshirish va hisobvarag'idan naqd pul olish imkoniyatini beruvchi, butun O'zbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi moddiy yoki virtual to'lov kartasi. Bank kartasiga egalik qilgan Mijozning bank hisobvarag'ida amalga oshirishi mumkin bo'lgan operatsiyalar turlari bank kartasi egasi va emitenti o'rtasida tuzilgan shartnomada belgilanadi.

Kartani aktivatsiya qilish - bu Kartani chiqarishda belgilangan Karta egasi tomonidan Xarajat operatsiyalarini amalga oshirish bo'yicha Bank tomonidan texnik cheklovni bekor qilish tartibi bo'lib, unda To'lov limiti yoki boshqa har qanday shartlardan qat'i nazar, Bank tomonidan avtorizatsiya berishni rad etilishi nazarda tutiladi va bank tomonidan taklif etilgan har qanday usulda taqdim etiladi.
  • Bank sirlari - Bank (a) operatsiyalari haqida himoyalangan ma'lumotlar, hisobkitoblar va depozitlar to'g'risida, (b) Mijozi to'g'risida, unga bank xizmatlari ko'rsatilishi jarayonida Bank tomonidan olingan ma’lumotlar, (c) Mijozning Bank xududida va seyflarida saqlanadigan mol-mulkining mavjudligi, uning xususiyat va qiymati to'g'risida, (d) Mijozlar nomidan yoki uning foydasiga banklararo operatsiyalar va bitimlar to'g'risida, (e) banklar o'rtasida bank sirlarini tashkil etuvchi ma'lumotlarning aylanishi natijasida ma'lum bo'lgan boshqa bank Mijozi to'g'risida, (f) jamg'arib boriladigan pensiya tizimi ishtirokchilari to'g'risida, pensiya badallari, fuqarolarning shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi pensiya jamg'armalari miqdori va hajmi to'g'risidagi ma’lumotlar.

TBC Bank’ning maqsadi – oddiy smartfon orqali onlayn-banking xizmatlarini ko‘rsatib, odamlar hayotini osonlashtirish. Biroq, bankning barcha xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkoni mavjud bo‘lsa-da, xizmat ko‘rsatish jarayoni yaqingacha, to‘la ma’noda raqamli bo‘lmagan edi. Bank mijoziga aylanish uchun ba’zi hollarda foydalanuvchi xizmat ko‘rsatish nuqtalariga tashrif buyurishi kerak edi.
Kredit - qarz oluvchi tomonidan barcha kredit operatsiyalari uchun, shu jumladan kredit liniyasi orqali, muddatlilik, to’lovlilik va qaytarishlilik shartlarida, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq bo'lmagan tovarlarni, ishlarni va xizmatlarni sotib olish uchun berilgan pul miqdori
Kredit liniyasi - Bankning qarz oluvchiga qarz olish va kredit operatsiyalarini amalga oshirish vaqtini belgilashga imkon beradigan, lekin Bankning ichki kredit siyosati to'g'risidagi qoidalar bilan belgilanadigan miqdor va muddat ichida, qayta tiklanadigan yoki qayta tiklanmaydigan limit asosida, BSh va Bank tomonidan belgilangan kredit hisobidan kredit liniyasining maksimal miqdori doirasida Qarz oluchiga qarz berish huquqi;
TBC Bank jamoasi Gruziyaning Space jamoasi bilan birgalikda foydalanuvchilarga masofadan turib bank mijoziga aylanish imkoniyatini yaratish uchun faol ishlar olib bordi. O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan o‘tkazilgan ko‘p sonli islohotlar ham bunda muhim rol o‘ynadi. Ushbu islohotlar tufayli masofaviy verifikatsiyadan o‘tish imkoni paydo bo‘ldi. Bu esa mamlakatda digital-banking yo‘nalishining rivojlanishiga sabab bo‘ldi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling