Mavzu: Temir- beton konstruksiyalar – tbk izometriyasi haqida tushuncha


Download 9.7 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.06.2023
Hajmi9.7 Kb.
#1545379
Bog'liq
12-AMALIYOT-1



Mavzu: Temir- beton konstruksiyalar – TBK. izometriyasi haqida tushuncha 
Beton va temir-beton qurilmalarining chizmalari. 
O’zak (armatura) maxsulotlari va temir-beton qurilmalar elementlarining shartli tasvirlari. 
Temir-beton qurilmalar chizmalarini taxt qilishning umumiy qoidlari. 
Monolit (yaxlit) va yig’ma temir-beton qurilmalar elementlarining chizmalari. 
Metall qurilmalarining chizmalari. 
Temir-beton konstruksiyalar. 
Po’lat armaturali betondan yasalgan bino elementlari temir-beton konstruksiyalar deyiladi. 
Beton siqilishga chidamli bo’lsa, u cho’zilishga bardosh bera olmaydi. 
Shuning uchun po’lat armaturalardan karkaslar yasalib, beton konstruksiyalarni cho’zilishga 
bardosh bera oladigan darajaga keltiriladi. 
Barcha temir-beton konstruksiyalar tayyorlanishiga qarab yaxlit va yig’ma bo’ladi. 
Yaxlit temir-beton konstruksiyalar qurilish maydonlarida bajariladi. Ba’zi bino va inshootlar 
yaxlit temir-betondan qurilishi mumkin. 
Yig’ma temir-beton konstruksiyalar maxsus zavodlarda tayyorlanib, qurilish maydonlariga 
yetkazib beriladi. 
Temir-beton konstruksiyalarga plitalar, balkalar, poydevorlar, ustunlar, panel devorlar, 
bloklar, zinapoya va boshqalar kiradi (4.10-shakl, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7. 8, 9, 10). 
4.20-shaklda: poydevorar uchun blok 1, yerto’la devorlari uchun 
bloklar 2, 3, yopma plita 4, yumaloq teshikli ora yopma plita 5, regel yoki bo’ylama balka 
6, ustun 7, zinapoya marshi 8. 
Balkon uchun chiqib turadigan naqshli plita 9, balkon uchun plita 10 tasviri ko’rsatilgan. 
4.20-shaklda: poydevorlar uchun blok 1, yerto’la devorlari uchun 
bloklar 2, 3, yopma plita 4, yumaloq teshikli ora yopma plita 5, regel yoki bo’ylama balka 
6, ustun 7, zinapoya marshi 8. 
Balkon uchun chiqib turadigan naqshli plita 9, balkon uchun plita 10 tasviri ko’rsatilgan. 


 
 
 
 
 
 
4.21-shakl 4.20-shakl 
 
 
 


 
Harsangtoshlar tabiiy toshlarga, pishirilgan g’isht, betondan yasalgan bloklar sunhiy 
toshlarga kiradi. 
Qurilishda tabiiy toshlar asosan imorat poydevorlarida qo’llanilsa, sunhiy toshlardan 
imorat devorlarini ko’tarishda qo’llaniladi. 4.21-shaklda turli g’isht va blok namunalari 
ko’rsatilgan. 

Download 9.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling