Mavzu: temir yo‘l transportida ag‘darma hosil qilish reja
Download 171.93 Kb.
|
4-Maruza
Plugli ag’darma hosil qilish. Bu turdagi ag’darma hosil qilish ekskavatorladan oldingi avlod hisoblanadi, lekin kichik unumdorlikka ega bo’lganligi sababli ekskavator bilan almashtirildi. Plugli ag’darma hosil qilish uncha katta bo’lmagan karyerlarda uncha katta bo’lmagan qoyasimon bo’sh tog’ jinslari va ko’plab oxiri bekrliklar mavjud bo’lgan va turli gorizontlarda joylashgan hollarda qo’llaniladi.
Plugli ag’darma hosil qilish jarayoni quyidagi ishlarni o’z ichiga oladi: tog’ jinsini dumpkarlardan qiyalikka qarab bo’shatish, ag’darma pog’onasini tekislash (qazish), yo’lni rejalashtirish va yo’lni siljitish (5.6 rasm.). Dumpkalarni bo’shatish ag’darma boshi berkligining butun uzunligi bo’yicha amalga oshiriladi. Qiyalikning turg’unligiga ko’ra dumpkarlar bittalab, guruhlab va barchasi bir vaqtda bo’shatilishi mumkin. Bo’shatiladigan tog’ jinslarining bir qismi qiyalik bo’ylab pastga tushadi va qolgan katta qismi (70% gacha) pog’ona yuzasida qoladi va keyingi dumpkarlarni bo’shatishga xalaqit beradi. Qolgan tog’ jinsini pastga siljitib yuborish uchun ag’darma plugi yordamida amalga oshiriladi. Dumpkarlarni bo’shatish va yer yuzasini tekislash asosan bir necha marta amalga oshiriladi. Tekislangan maydon oldingi holatidan lokomotiv tarkibning harakatlanishida cho’kishini oldini olish maqsadida 0.2-0.5 m baland bo’lishi kerak. Qiyalikni loyihalash va ag’darmani tekislash plug yordamida ag’darma oxiri berkligi bo’ylab bir necha marta o’tgan holda amalga oshiriladi. Ag’darma plugining ishchi a’zolari bu chiqariladigan lemex va qanotlardir. Ag’darma pluglari zanjirli va o’zi yurar (qanotlar chiqishi 7.5 m gacha) qilib ishlab chiqariladi. Plugli ag’darmalarla yo’llarni siljitish davriy harakatga ega yo’l siljitgichlar bilan qavatlarga bo’lmasdan amalga oshiriladi. Maksimal siljitish qadami quyidagi formula bilan aniqlanadi: (5.15) Bunda, - plug asosiy qanotining chiqish uzunligi, m; - yo’l o’qidan qiyalik yuqori qismigacha bo’lgan xavfsiz masofa (xavfsizlik bermasi), m. Portlatilgan tog’ jinsidan ag’darma hosil qilganda xavfsizlik bermasi kengligi 1.8 m dan kam bo’lmasligi kerak, turli tog’ jinslaridan ag’darma hosil qilishda esa bu ko’rsatkich 25% ga oshadi. Ag’darma pluglari uchun harakatlanish qadami 1.5-4m ni tashkil qiladi. Plugli ag’darma hosil qilishda ag’darma oxiri berkligining uzunligi 0.5-2.5km oralig’ida o’zgaradi. Plugli ag’darmalar pog’onalarining balandligi 15-25m ni tashkil qiladi va tog’ jinsi turg’unligi bilan xarakterlanadi. Plugli ag’darma hosil qilishning qolgan ko’rsatkichlari ekskavatorli ag’darma hosil qilish bilan bir ko’rinishda bo’ladi. Download 171.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling