Mavzu: temirbeton konstruksiyalarning kuchlanish deformasiyalanish holatini uch bosqichi. Oldindan


Download 250.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi250.36 Kb.
#1495333
1   2   3
Bog'liq
11-ma\'ruza 3

2-holat. Elementni buzilishi betonning siqilgan zonasini buzilishi oqibatida ro‘y 
beradi. Bunda cho‘zilgan zonadagi armaturaning kuchlanishi oquvchanlik chegarasiga 
etib bormaydi va uning mustahkamligidan to‘la foydalanilmaydi. Bunday buzilish 
birdaniga bo‘ladi. 2-holat cho‘ziluvchi armatura soni ortiqcha qo‘yilgan 
elementlarning buzilishida kuzatiladi. Bunda elementning mustahkamligi cho‘zilgan 
armaturaning yuzasiga bog‘liq bo‘lmay qoladi, balki beton mustahkamligiga va 
element kesim yuzasining o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Bunda beton siqilgan zona kesim yuzasini chetidan ichkarisi qarab, (3-bosqich) 
eng yuqori bo‘lgan kuchlanish epyurasini siljishi kuzatiladi. Bu betonning chetki 
tolasida plastik deformatsiyani ortib borishi va deformatsiya modulini bir paytda 
kamayishi bilan bog‘liq. 
3-bosqich elementlarni mustahkamlik bo‘yicha hisoblashda qo‘llaniladi. 
Shuni aytish joizki, elementning uzunligi bo‘yicha turli momentli kesimlarda bir 
vaqtning o‘zida kuchlanish – deformatsiyalanish holatining uchchala bosqichini 
kuzatish mumkin. Buzuvchi zo‘riqish zamirida 3-bosqich yotadi.
Oldindan zo‘riqtirilgan temirbetonning afzalliklaridan biri uni yorilishga 
bo‘lgan bardoshliligidir. Yuqori darajadagi mustahkam materiallarni (armatura va 
beton) qo‘llanilishi natijasida armaturani oddiy temirbeton elementiga nisbatan 30-70 
% kam sariflash imkonini beradi. Bunda beton sarfi kamayib konstruksiyaning vazni 
engillashadi. Bundan tashqari yorilishga bo‘lgan qarshiligini ya’ni bikirligini oshiradi 
(bu uzun balkalar tayyorlab katta joylarni yopish imkonini beradi), suv 
o‘tkazmasligini, dinamik yuklar ta’siriga qarshiligini hamda uzoq muddat ishlashini 
ta’minlaydi. 
Armatura foizini ortishi oldindan zo‘riqtirilgan (ayniqsa kesim yuzasi tavr 
shaklida bo‘lgan va engil betondan tayyorlangan) konstruksiyalarni zilzilaga 
bardoshligini orttiradi. Gap shundaki, mustahkamroq va engil materiallarni qo‘llash 
oqibatida oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarda yuk ko‘tarish holati bir xil bo‘lgan 
holda oddiy konstruksiyalarga qaraganda engilroq va yuzasi kichikroq bo‘lishiga 
erishish mumkin ekan. Bino va inshootlarning ayrim elementlarini oldindan 
zo‘riqtirilgan armatura bilan siqish oqibatida fazoviy ishlashini hamda 
zilzilabardoshligini oshirish mumkin. Bu konstruksiya armaturasinig zanglashga 
qarshi o‘ta turg‘unligi va ko‘pga chidamliligi hamda bardoshliligi bilan farq qiladi. 
Konstruksiyalarni tayyorlashda maxsus uskunalar yordamida ko‘p mehnat 
sariflanishi, yuqori malakali ishchilarni ishlashi zarurligi va boshqalar oldindan 
zo‘riqtirilgan temirbeton konstruksiyalarining kamchiligi hisoblanadi. 
Tayyorlash jarayonida sun’iy ravishda (oldindan) betonda siqilish va armaturada 
cho‘zilish kuchlanishlari hosil qilingan temirbeton konstruksiyalari oldindan 
zo‘riqtirilgan konstruksiyalar deb ataladi. 
Oldindan zo‘riqtirilgan kuchlanish konstruksiyaning yorilish bardoshligi va 
bikiriligini oshiradi hamda o‘ta mustahkam bo‘lgan po‘lat armaturalardan, yuqori sinfli 
betonlardan samarali foydalanish imkonini yaratadi. 
Armatura va beton ishidagi tabiiy muvofiqlik (
s

b
) betonning cho‘zilishiga 
uncha katta ta’sir etmaydi. Betonning cho‘zilishga bo‘lgan «yorilish oldi» chegaraviy 


uzayishi 0,15 -0,2 mm (
bt,u
(0,150,20 x10
-3
) ortmaydi. Demak, beton yorilganda 
armaturadagi kuchlanish, 

s
 
s
E
s
 
bt,u
 E
s
 20  10
-5
 2  10

 40 MPa teng 
Yuk ortishi bilan yoriq kengayadi. A-, A-  sinfdagi armaturalar bilan 
jihozlangan oddiy elementlarning ishlash jarayonida qo‘yiladigan tashqi yuk ta’siridan 
soch qalinligicha 0,1...0,2 mm yoriqlar paydo bo‘ladi (Bunda armaturadagi kuchlanish 
miqdori oquvchanlik chegarasidan ortib ketmaydi (
s
270-340 MPa). Odatda bu 
yoriqlar oddiy sharoitda ko‘zga ko‘rinmasligi va u temirbetonning ish sharoitiga va 
uzoq yashashiga ma’lum darajada ta’sir qilishi mumkin. Ammo temirbetondan 
foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki bu yoriqlardan qo‘rqmasa ham bo‘ladi. 
Oddiy temirbeton elementida yuqori mustahkamlikdagi armaturadan foyda-
lanish mumkin emasligi ma’lum bo‘ldi. Agar armaturadagi kuchlanish 
s
500 MPa 
bo‘lsa, soch qalinligidagi yoriqlar ochilishi yo‘l qo‘yilmaydigan darajaga etadi. Bunda 
beton armaturani ximoya qila olmay qoladi,solqillik ortadi ya’ni elementdan 
foydalanib bo‘lmaydi. Nahotki buni oldini olishni yo‘li bo‘lmasa. Muhandis binokor 
oldida bu qanday materialki, uni takomillashtirib, ya’ni mustahkamligini oshirib va 
og‘irligini kamaytirishning iloji bo‘lmasa degan savol turadi. 
Agar betonning cho‘zilishdagi uzayishini oshirishining iloji bo‘lmasa, uni shu 
darajagacha siqish kerakki, yuk ta’sirida hosil bo‘ladigan cho‘zilishi mumkin bo‘lgan 
holatigacha. Bunda muvozanat tizimi hosil bo‘lib, ya’ni betonni qanchagacha siqilishi, 
armaturani cho‘zilishiga qarab olinadi. Betonning doimiy siqilgan holatida ishlashi 
(ya’ni materialni cho‘zilishda ishlashida zahira yaratish uchun) – oldindan 
zo‘riqtirilgan konstruksiya yaratish g‘oyasini amalga oshirishga olib keldi. Bunday 
g‘oyani amalga oshirish uchun yuqori mustahkalikka ega bo‘lgan armatura va betonni 
qo‘llangandagina tatbiq etish mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Aks holda,oldindan 
taranglangan holatda betonni siqishga bo‘lgan qarshiligini susayishi, tashqi yuk 
ta’sirida beton siqilgan zonasidagi siqilishdagi kuchlanishni ortishiga va 
konstruksiyani buzilishiga olib keladi. Shunday qilib, mustahkamligi kam bo‘lgan 
armaturani qo‘llash konstruksiyada “kuchli” oldindan zo‘riqtirilgan kuchlanish 
yaratishga imkon bermaydi.
Temirbeton konstruksiyalarni tayyorlashda yuqori mustahkalikdagi armaturani 
tortish orqali betonda siqilgan kuchlanish hosil qilish holatini oldindan zo‘riqtirilgan 
holat deb yuritiladi. Bu kuchlanish betonning cho‘zilish zonasida hosil bo‘ladi.
Buning uchun oldindan zo‘riqtirilgan egiluvchi elementga tashqi yuk ta’sirida 
hosil bo‘ladigan kuchlanish-deformatsiyalanish holatini ko‘rib chiqamiz. 
Balkaga yuk qo‘yilganda uning kesim yuzasida betonni siqishdan hosil bo‘lgan 
kuchlanish, tashqi kuch ta’sirida cho‘zuvchi kuchlanishini yo‘qotadi. YUk ortib borgan 
sari beton kesim yuzasining pastki qismida betonni siqishdan hosil bo‘lgan kuchlanish 
yuk ta’siridan hosil bo‘lgan cho‘zuvchi kuchlanishni neytrallashtiradi (betonning 
pastki qismi kuchlanishi nolga teng bo‘lib qoladi). Natijada balkaning pastki qismida 
cho‘zuvchi kuchlanish paydo bo‘ladi va balka odatdagidek oddiy eguvchi element kabi 
ishlay boshlaydi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bunday holatda oldindan zo‘riqtirilgan balkaning 
yorilishga qarshiligi oddiy balkani yorilishga bo‘lgan qarshiligiga nisbatan 2,5-3,5 


barobardan ortiq (bunday ishlash sharoitida yuk miqdorini 2-3 barobarga ko‘paytirish 
mumkin), ya’ni: 
M
src
 (0,5-0,6) M
u
- oldindan zo‘riqtirilgan element uchun;
M
src
 (0,10-0,15) M
u
- zo‘riqtirilmagan element uchun;
bunda M
src
-balkada yoriq paydo bo‘lishidagi eguvchi moment; 
M
u
- balkaning buzilishidagi eguvchi moment. 
Shuni aytish joizki, oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyaning mustahkamligi 
armaturani cho‘zilgandagi kuchlanish miqdoriga bog‘liq emas (oldindan zo‘riqtirilgan 
va oddiy konstruksiyaning yuk ko‘tarish kuchi taxminan bir xil). Gap shundaki, 
kuchning qiymati temirbeton ishlash sharoiti chegarasiga etguncha oldindan 
zo‘riqtirish natijasida armaturada cho‘zuvchi, betonda siquvchi kuchlanishi uni fizik-
mexaniq xossalariga sezilarli darajada katta ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Konstruksiyalarni zo‘riqtirilishi oraliq (prolyot)larini uzaytirish hamda kesim 
yuzasini kichraytirish evaziga ulardan samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi. 
Temirbeton konstruksiyalarida taranglash ikki xil usul bilan amalga oshiriladi: 
1-usul. Armaturani tirgaklarga tirab taranglash (betonlashgacha); 
2-usul. Armaturani betonga qadab taranglash (betonlangandan keyin). 

Download 250.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling