Mavzu: temperament va uning nazariyalari
Download 77 Kb.
|
BOLA TEMPERAMENTIDAGI SIFATLAR
MAVZU: TEMPERAMENT VA UNING NAZARIYALARI Reja: 1. Temperament haqida umumiy tushuncha. 2. Temperament masalasini o`rganish tarixi haqida. Oliy nerv faoliyati tiplari. 3. Temperament turlari. 4. Mehnat va o`quv faoliyatida temperamentning roli. 1. Shaxsning individual xususiyatlari haqida gap ketganda, ularning tug`ma, biologik xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi. Chunki aslida bir tomondan shaxs ijtimoiy mavjudot bo`lsa, ikkinchi tomondan – biologik yaxlitlik, tug`ma sifatlarni o`z ichiga olgan substrat – individ hamdir. Temperament va layoqatlar indivining dinamik-o`zgaruvchan psixik faoliyati jarayonini ta’minlovchi sifatlarini o`z ichiga oladi. Bu sifatlarning ahamiyati shundaki, ular shaxsda keyin ontogenetik taraqqiyot jarayonida shakllanadigan boshqa xususiyatlarga asos bo`ladi. Odam temperamentiga aloqador sifatlarning o`ziga xosligi shundaki ular odam bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir emotsional holatdan boshqasiga, bir malakalarni boshqasi bilan almashtirgan paytlarda reaktsiyalarning egiluvchan va dinamikligini ta’minlaydi va shu nuqtai nazardan qaraganda temperament – shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o`zgaruvchan) va emotsional-hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir. Temperament – (yunoncha. Temperamentum – sifatlar munosabatlarni aralashtiraman) – inson psixik faoliyatining dinamik xususiyatlari, jumladan temni, tezligi, ritmi, intensivligi jihatidagi xarakteristikasidir. Temperament sifatlari, bu shunday psixikaning individual sifatiki, ular psixik faoliyatining oqimini ifodalaydilar. Psixologik jihatdan temperament emotsional qo`zg`aluvchanlikdagi tezligi, kuchi va barqarorligida namoyon bo`ladi. Ular turli mazmunda vaziyatga qaramay, nisbatan o`zgarmas doimiy bo`lib, ular temperament turini ifodalovchi motiv va faoliyat maqsadlarida mavjud bo`ladi. Yuqorida aytilganlardan shu narsa ayon bo`ladiki, emotsional quzg`aluvchanlik turli odamlarda qo`zg`alish kuchi, tezligi va barqarorligiga ko`ra turlicha bo`ladi. Shunday odamlar borki, ularda qo`zg`alish tez yuzaga keladi, kuchli va barqaror bo`ladi. Va unga teskari qo`zg`aluvchanlika ega bo`lgan kishilar ham bor. Bu holatlar ayniqsa, his-tuyg`ular yuzaga kelayotgan ixtiyorsiz holatlarda yaqqol namoyon bo`ladi. Tashqi jihatdan qo`zg`aluvchanlik yuz tuzilishi, mimika, pantomimika, turli xatti-harakatlarda namoyon bo`ladi. Bu holatlar diqqat, iroda, nutq tezligida ham o`z ifodasini topadi. Temperament inson psixikasining individual xususiyatlaridan biri bo`lib inson psixik faoliyatining o`tishini ya’ni dinamikasini belgilab beradi. Ammo psixik faoliyat dinamikasi faqat temperamentga bog`liq bo`lmay, psixik faoliyat dinamikasi, shuning bilan birga, motivlarga va psixik holatlarga ham bog`liqdir. Temperamentning xususiyatlari deganda bir inson psixik faoliyati dinamikasining bog`lovchi psixikasining barqaror individual xususiyatlarini tushunamiz. Bu xususiyatlar turli mazmundagi faoliyatlarda motivlarda va maqsadlarga nisbatan o`zgarmaydi hamda tamperament tipining xarakterlovchi strukturasini hosil qiladi. Demak, psixikaning individual jihatdan o`ziga xos, tabiiy jihatdan shartlashgan dinamik ko`rinishlari majmui kishining temperamenti deb ataladi. 2. Temperament haqida ta’limot ilk bora yunon tabibi Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-356 yillar) tomonidan yaratilgan bo`lib, uning ta’limotiga asosan «temperament» tushunchasi paydo bo`ladi va temperament turlarining nomlari saqlanib qoldi. Bu qadimiy gumoral (subqlikka asoslangan) nazariya bo`lib, u temperament xususiyatlarini organizmdagi suyuqliklar bilan bog`laydi. Gippokrat fikricha inson organizmida to`rt xil suyuqlik mavjud: Safro (yunon chole) Qon (lotin Sanguis) Qora o`t ( yunon melaine chole) Shilimshiq (yunon phlagma) Har bir suyuqlik o`z xususiyati va o`rniga ega. Safro xususiyati - quruqlik. Uning o`rni organizmda quruqlikni saqlash. Qonning xususiyati – namlik. U organizmni isitadi. Shilimshiqning xususiyati – sovuqlik. U organizmni sovutishga xizmat qiladi. Gippokrat fikricha inson organizmida mana shu to`rttadan bitta suyuqlik ustuvorlik qiladi. Ushbu suyuqliklar munosabati yunon terminologiyasida «krasis» deb atalib, (arlashma, qorishma) tarjima qilinganda «temperament» tushunchasi yuzaga keladi. Gippokrat nazariyasi asosida 4 ta temperament turlari haqidagi ta’limot yuzaga keldi va temperament turlariga asos solindi. Unga asosan singvinik (sangvinik lotin Sanguis - qon), xolerik (yunon chole – safro, sariq o`t), melanxolik (yunon melaina chole qora o`t), flegmatik (yunon phlagma – shilimshiq) turlari yuzaga keldi. Temperamentga taalluqli Abu Ali ibn Sino qarashlari (980-1037 y.) ham juda qiziqarlidir. U temperamentga tabiiy va psixologik tushuntirish beradi. Ibn Sino ta’limoti Gippokrat ta’limotiga asoslngan bo`lib, uning fikricha temperament bir-biriga qarama-qarshi sifatlar munosabatida yuzaga keladigan xususiyatdir. Ulardan birining ustuvorligi temperament turini yuzaga keltirib, bunda organizmdagi 4 ta suyuqlikdan biri ustuvor bo`ladi. Abu Ali ibn Sino fikrilari temperament haqidagi ta’limot tarixida o`ziga xos ahamiyatga ega. Ilk bora temperament xususiyatlarning psixologik tavsifi nemis faylasufi I.Kant («Antropologiya», 1789 y.) tomonidan berilgan bo`lib, uning fikrlari, g`oyalarida temperament va xarakter sifatlarning aralashib ketishi namoyon bo`ladi. I.Kant ham o`z g`oyalarida gumoral nazariya asoschilariga suyanadi. Gumoral nazariya yaqinroq fikrlarni I.F.Lesgaft (1837-1909) ilgari surib, u asosan temperament turlarini namoyon bo`lishini qon almashishinishi bilan bog`laydi. Bunda u temperament turlari qon tomirlarini diametri, yurak formasi va tuzilishiga bog`liq deydi. Uning fikricha, qalin qon tomirlariga ega bo`lganlar xoleriklar, tor qon tomirliklar melanxoliklar va h.q.dir. Temperamentni tadqiq qilishning ikkinchi yo`nalishi konstitutsional nazariyaga bog`liqdir. Uning asoschisi E.Krechmer (1888-1964) bo`lib, u temperament tiplarini morfologik konstitutsiyaga qarab aniqlashga e’tiborni qaratadi. Kremerga asosan, ular shizoid temperamentga xos bo`lib, ular his-tuyg`uga beriluvchan, sovuqqon, o`z ichki dunyosi bilan band, xatti-harakatlari chegaralangan kishilardir. Morfologik nazariyaga amerikalik psixolog U.Sheldonining(1898-1974) ha kontseptsiyasini kiritish mumkin bo`lib, unga asosan temperament uch somatik konstitutsiyaga ega? Endomorf, mezamorf va ektomorf. Download 77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling