Terrorizmning davlat va fuqarolarga tahdidi va ta’siri. Terrorizmning daxshatli ta’sirlarini ko’plab misollarda ko’rishimiz mumkin. Xaususan 2001-yilning 11-sentabrida AQSHdagi Butunjahon Savdo Markazining portlashi sodir etilgan terroristik harakatlar ichida eng kattasi bo’ldi. Minglab odmlar qurbon bo’ldi, Amerika hukumati 1 trillion 380 mlrd dollar miqdorida zrar ko’rdi. Bunday xatti-harakatlar bizning Respublikamizda ham yo’q emas, masalan “O’zbekiston Islom Harakati” rahnamolari 1999-yil 16-fevralda sodir etgan terroristik harakatlari natijasida qancha begunoh odamlar jabr ko’rdi. Bundan tashqari 2000-yilda Bo’stonliq, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlariga suqulib kirmoqchi bo’lgan ekstremistlarning harakatlari bunga yaqqol misoldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |