Mavzu: testologiya tarixi reja


Download 102.35 Kb.
bet5/5
Sana19.09.2023
Hajmi102.35 Kb.
#1681034
1   2   3   4   5
Bog'liq
125605 2-мавзу. Тестология тарихи

40-yillarda psixologik testlarning rivojlanishi.
1940 yillarda Oskar Burosning «Psixik o‘lchashlarning yilnomasi» nashrida psixologik testlar haqida ma’lumotlar taqdim etila boshlandi. Bunda 325 test sharhlanib, 200 test faqat sanab o‘tilgan edi. Birinchi jahon urushi singari, ikkinchi jahon urushi arafasida ham AQSHda yangi testlar ishlab chiqila bordi. Amerikalik olimlar yana asosiy e’tiborni armiya uchun zarur guruhiy testlarni yaratishga kirishdilar va Armiyaning umumiy klassifkatsiyalovchi testi-guruhiy testi yaratildi. Unda 10mlnga yaqin harbiy xizmatchilar testdan o‘tkazildilar. SHuningdek, harbiylarda Rorshax, TATning qisqartirilgan varianti, vaziyatli testlar ham tatbiq etila boshlandi. Buyuk Britaniyada esa Ravenning progressiv matritsalari harbiy klassifikatsiyalashda qo‘llanila boshlandi.
40-yillarda Stenfordning “Erishganlik darajasini aniqlash” testi, Otisning klassifikatsion testi, Kyuderning 168 topshiriqli savolnomasi, shuningdek, Katrin Briggs va uning qizi Isabel Mayers tomonidan «Mayers-Briggsning tiplar indikatori» ustida ishlar olib borilib, 1962 yildagina ushbu test e’lon qilindi.
Ushbu yillarda ko‘pchilikni e’tiborini Minnesotning ko‘p jabhali shaxsni o‘rganish savolnomasi (MMPI) o‘ziga jalb etdi. G.YU.Ayzenkning Moudsleysk tibbiyot savolnomasi yaratildi. SHuningdek, DJ.Gilford «Temperament sharhi» deb nomlangan testni ishlab chiqdi.
Urushdan so‘ngra Saul Rozensveyning frustratsiyaga reaksiyani aniqlash proektiv testi (24 ta suratdan iborat) vujudga keldi.
50-yillarda Vekslerning katta yoshdagilarni intellektini o‘rganish shkalasi yaratildi. R.Kettellning intellektni aniqlashning erkin madaniy testi va 16 faktorli shaxs savolnomasi yaratildi (1958).Dj.Teylorning bezovtalanishning namoyon bo‘lishini aniqlash metodikasi (1953) keng ko‘lamda tadqiqot maydoniga kirib keldi.


1 Anne Anastasi, Susana Urbina. Psychology Testing.-Prentice-Hall International, Inc.2000. P6-7.



2 Anne Anastasi, Susana Urbina. Psychology Testing.-Prentice-Hall International, Inc.2000. P18-19.

3 Anne Anastasi, Susana Urbina. Psychology Testing.-Prentice-Hall International, Inc.2000. P10-11.



4 Anne Anastasi, Susana Urbina. Psychology Testing.-Prentice-Hall International, Inc.2000. P12-13.




Download 102.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling