VIII sinf: Zamonaviy ishlab chiqarishga kirish. Dizaynga oid kasblar bilan tanishtirish. Buyumlar muhiti. Buyumlarni loyihalashga qatnashuvchilar va ularning vazifalari haqida tushuncha. Inter'yerxona ichki ko`rinishi.
IX sinf: Buyumlarni ishlab chiqarish texnologiyalari. Ergonomika - odam va buyum orasidagi qulaylik. Dizayn bilan bog`liq kasblar va shu kasblar tavsifnomasi.
Uzluksiz ta’limda dizayn ta’limini joriy etish maktabda boshlang`ich sinfdan tizimli ravishda tasviriy san’at va mehnat ta’limi jarayonlarida amalga oshirilib uzluksiz davom etishi va malakali mutaxassis yetishtirish bilan yakunlanadi.
Uzluksiz ta’lim tizimida dizayn ta’limi berishni zamon talabi ekanligini e’tiborga olgan holda nafaqat umumiy o`rta ta’lim bo`g`inida, balki oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida ham jahon standartlari darajasida rivojlantirishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |