Mavzu: Texnik loyihalash. Texnik ob’ektlarni konstruksilash va modellashtirish


Download 0.83 Mb.
bet1/2
Sana21.04.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1373504
  1   2
Bog'liq
texnik loyihalash.. (2)

Mavzu: Texnik loyihalash. Texnik ob’ektlarni konstruksilash va modellashtirish.

REJA

  • Texnik va badiiy modellashtirish umumiy jarayon.
  • Dizayn tushunchasi
  • 3. Badiiy modellashtirishning mazmuni

     

Texnik va badiiy modellashtirish umumiy jarayon .

Sanoat - texnik mahsulotlarining badiiy jihatdan maqsadga muvofiqligi, ularga estetik tus berish - olimlar, injenerlar ishlab chiqarish xodimlarning muhimvazifasidir. Kulay va chiroyli buyumlar yaratishga qaratilgan badiiy konstrukuiyalash (dizayn)ning diqqat markazida hamisha odam, uning ijtimoiy va individual extiyojlari, istemol va manaviy talablari turadi. Har bir predmet (buyum) sanoat asaridan farqli ularok qandaydir hayotiy muhim vazifaga (funkuiyaga) egadir. Lekin deyarli har bir ishida o’zini go’zal buyumlar bilan o’rab olish ehtiyoji bor. SHuning uchun ham buyumning qimmati ikki asosni - foyda va go’zallikni qamrab oladi. Har bir buyumda texnik va estetik asos mavjud bo’lib, u hamisha muhim bulmaydi va tarixan almashinib turadi.

  • Texnikaviy konisturuksiyalash va model yasashdan ko’zda tutilgan maqsad va vazifalar. Jamiyatimizda texnika taraqqiyoti jadal suratlar bilan rivojlanib bormoqda. Hozirgi sharoitda o’quvchilar politexnik ta’lim, ya’ni ishlab chiqarishning asosiy sohalarini mashina, mexanizm va moslamalarning tuzilishi, ishlashi va ulardan amalda foydalana bilishi, asosiy materiallar va ularning ishlatilishini, eng yangi texnalogiyalar haqidagi umumiy ma’lumotlarni bilishlari lozim. Barkamol insonning yetishib chiqishida umumiy ma’lumot beribgina qolmay, balki keng politexnikaviy asosda amaliy mehnatga jalb qilish mehnat darslari va to’garak mashg’ulotlarining asosiy maqsadlaridan biridir. Hozirgi zamon yangi texnalogiyasi texnikaviy fikr yurita oladigan, mehnatga ijodiy munosabatda bo’la oladigan yoshlarni talab qiladi. To’garak mashg’ulotlarida texnikaviy model yasash jarayonida o’quvchilar har xil texnalogik operatsiyalarni metall va metalmas materiallarning turlari, mashina, mexanizm va asboblarning tuzilishi, ishlashini bilib, o’zlashtirib boradilar. Shuningdek, amaliy faoliyatlari jarayonida umumiy fanlardan olgan bilimlarini mustahkamlab boradilar.
  • Mashg’ulotlarda texnikaviy model yasash muayyan bir mashina, mexanizm, asboblarning kichiklashtirilgan nusxasini oddiygina ko’rinish bo’lmay, balki texnikaviy modellarning ham konistruksiya jihatdan, ham ishlash tamoyili jihatdan ancha soddalashtirilgan, lekin muayyan (real) mashinalar bilan asosiy o’xshashligini yo’qotmagan namunalarni ijodiy tarzda yaratishdan iboratdir. Texnikaviy model yasashga kirisha turib, “Model va maket” tushinchalarini bir-biridan ajrata bilish lozim. MODEL- real obyektning (mashina, mexanizm) to’la yoki asosiy uzelining nusxasidir. Bunda model ishlaydigan bo’ishi va ixcham ko’rinishda hamda o’zining asl namunasi bajaradigan ishni bajarishi lozim. Masalan; aftomobil, traktor, ekskovator modeli. MAKET- ob’ektning konistruksiyasini (yasalishini) yaqqol (ko’rgazmali) tasavvur qilishga imkon beradigan sxematik tasvirdir. Masalan; bino, inshoot, asboblar maketi. Shuni ta’kidlash muhimki, bolalar hamma vaqt o’zlari qayerdadir ko’rgan va o’zlarida katta taassurot qoldirgan mashina, mexanizmlarni yasashga intiladilar. Ishlaydigan, harakatli modellarni yasash va ularni sinash jarayonida o’quvchilar konistruksiyalarni o’zgartirishga, texnik ko’rsatgichi, xarakteristikasini yaxshilashga, modelni ishonchliligi, dizayni va hokozolarni o’zgartirishga to’g’ri keladi. Bularning barchasi o’quvchida yangi fikrlarning tug’ilishiga imkon yaratadi va mustaqil fikrlashga, ijodkorlikka undaydi, shuningdek, ongli mehnat intizomini shakillantiradi.
  • Model yasash jarayonida asosan quyidagi texnikaviy- texnalogik hujjatlar tayyorlanadi va undan foydalaniladi; 1. Texnikaviy topshiriqlar; modelning tuzilishi va ishlash tartibining tasnifi, modelga qo’yiladiga texnikaviy talablar. 2. Modelning umumiy ko’rinishi va uzellarining rasmlari, 3. Eksiz chizmalari. 4. Modelning uzellari va detallarining nomlari, soni, ular tayyorlanadigan materiallar, asbob-uskunalar Bu hujjatlar yordamida model yasashni o’quvchiga osongina tushintirish mumkin bo’ladi, O’quvchi tomonidan yasab tugatilgan har bir model tekshirilishi va sinovdan o’tkazilishi hamda baholanishi lozim.
  • Tekshirish va sinash tartibi; 1. Modelni tashqi ko’rinishi va ayrim uzellarining rasmlarga muvofiqligi; 2. Modelning yoki buyimning ayrim detallarining asosiy (gabarit) o’lchamlarini tekshirish va chizmalardagi o’lchamlarga taqqoslash; 3. Model yoki buyimning tashqi ko’rinishini pardozlashdan so’ng ko’zdan kechirish; 4. Model yoki buyimning geometrik shakllarining to’g’riligini baholash (egriligi, qiyshiqligi va h. k.) 5. Texnikaviy talablarni bajarishini tekshirish (oson aylanishi, harakatlanishi va burilishi, h. k.)
  • Dizayn tushunchasi.
  • Dizayn - ingliz tilidan olingan bo’lib, chiroyli, shinam, yaxshi chiroyli loyiha degan manoni anglatadi. Dizayner esa - kuchli rassom yoki konstruktor odam. Buyum bilan har qanday tanishish ma’lum darajada unga baho berish bilan bog’liq. Baho berish funksional, estetik sotsial - nufo’zli bo’lishi mumkin. Buyumlar olamini loyihalash bilan shug’ullanadigan kishi o’zining pirovard maqsadiga - chiroyli buyum yaratishga harakat qilar ekan, birinchi navbatda mazkur buyumning estetik qiymati nimadan iborat ekanligini bilish lozim.

  • Download 0.83 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling