Mavzu. Texnologik va ekspluatatsion hujjatlarning metrologik tekshiruvi
Texnologik hujjatlarning turlari va ularning tekshiruvi
Download 475.5 Kb. Pdf ko'rish
|
10 MAVZU TEXNOLOGIK VA EKSPLUATATSION HUJJATLARNING METROLOGIK TEKSHIRUVI
10.2. Texnologik hujjatlarning turlari va ularning tekshiruvi
Quyidagi texnologik hujjatlar metrologik nazoratga tortiladi: eskizlarning kartalari, marshrut kartasi, operasion karta, texnologik jarayon kartasi, tiplashgan texnologik jarayon kartasi, tiplashgan operasiya kartasi; texnologik yoʻriqnoma; jihozlar qaydnomasi; texnologik hujjatlarning spesifikasiyasi. Loyiha va ishchi hujjatlarini nazorat qilish ularga kiritilgan aniqlik me’yorlari va nazorat uslublarini tekshirishdan iborat boʻladi. Aniqlik me’yorlarining metrologik nazoratida quyidagilar tekshirilishi lozim: - yuzalarning shakl va joylashishdan chetlashishining oʻlchamlariga va yuzalarning gʻadir-budurliklariga ruxsat beriladigan yoʻl qoʻyilishlarning oʻzaro muvofiqligi; - ularning nazoratni oʻtkazish uchun yaroqliligi (detalni stanokdan ajratib olish yoki ajratib olmasdan tekshirish sharoitlarini hisobga olish lozim boʻladi). Nazorat uslublarining metrologik nazoratida ularning toʻgʻriligi va yetarliligi, bu uslublar unumdorligining texnologik jarayon unumdorligiga mos kelishi tekshiriladi. Bunda birinchi navbatda oʻlchash vositalarining ularning aniqligi boʻyicha toʻgʻriligi, shuningdek mahsulotda oʻlchash bazalarining mavjudligi va nazorat qilinuvchi yuzalarga erkin yetib borish mumkinligi tekshiriladi. Nazorat jarayonida shuningdek tanlangan nazorat uslubining tejamkorligi aniqlanadi. O’lchash vositalari toʻgʻri tanlanganligini nazorat qilishda nazoratning mos keluvchi tashkiliy-texnik formalari (hammasi yoki tanlanma, qoʻlda yoki mexanizasiyalashgan), ishlab chiqarish koʻlamlari (yagona, seriyali), oʻlchash detallarining konstruktiv xarakteristikalari (gabarit oʻlchamlar, ogʻirlik), detallarning tayyorlanish aniqligi hisobga olinadi. Zaruriy aniqlikni ta’minlaydigan oʻlchash vositalari va oʻlchash shart- sharoitlarini tanlash tayyorlangan detal oʻlchamlari va boshqa parametrlarining chizma talablariga muvofiqligini aniqlashda juda muhimdir. O’lchash vositasini tanlash uchun standart boʻyicha yoʻl quyiladigan xatolik va koʻrib chiqilayotgan oʻlchash vositasi oʻlchashlarining yoʻl qoʻyiladigan eng chekka xatoligi (u ruxsat beriladigan yoʻl qoʻyilishdan oshiq boʻlmasligi lozim) taqqoslanadi. Texnologik hujjatlarning alohida turlarini nazorat qilishda quyidagilar tekshiriladi: - marshrut kartasida – aniqlik me’yorlarining nazoratni oʻtkazish uchun yaroqliligi, ularning toʻgʻriligi va yetarliligi, tanlangan nazorat uslubi ifodalanishining toʻliqligi va tejamkorligi, atamalarning, fizikaviy kattaliklarning nomlanishi va ularning belgilanishining toʻgʻriligi; - eskizlar kartasida (detallarni tayyorlashning texnologik jarayonini yoki jarayonni bajarish uchun zarur boʻladigan eskizlarni, sxemalarni va jadvallarni oʻz ichiga oladigan) - oʻlchamlar, mahsulotga yoʻl qoʻyiladigan eng chekka chetlashishlar, yoʻl qoʻyilishlarning oʻzaro muvofiqligi; - jihozlar vedomostlarida (mazkur texnologik jarayonni bajarish uchun zarur boʻladigan texnologik jihozlar roʻyxatini oʻz ichiga oladigan) – oʻlchash vositalarini belgilashlarning toʻgʻriligi, ular mos keluvchi me’yoriy-texnik hujjatlarda aniq koʻrsatilgan boʻlishi lozim; - texnologik hujjatlarning spesifikasiyasida (texnologik hujjatlarning tarkibini belgilovchi) – eksperimental jarayonlarga texnologik yoʻriqnomalarning borligi, tasvirlanishning toʻliqligi, ular marshrut kartalaridan boshqa texnologik hujjatlarda nazorat uslublari tasvirlanishining toʻliqligiga mos kelmasligi mumkin; - texnologik jarayonning, tiplpshgan texnologik jarayonning kartalarida (operasiyalar va oʻtishlarni koʻrsatish bilan texnologik ketma-ketlikda detallar guruhining tayyorlanishining tiplashgan texnologik jarayonining tasvirlanishini va texnologik jihozlar vositalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladigan) – yoʻl qoʻyilishlarning oʻzaro bogʻlanishi va aniqlik me’yorlarining nazoratni oʻtkazish uchun yaroqliligi, tasvirlanishning toʻgʻriligi, yetarliligi, toʻliqligi va aniqligi, tanlangan nazorat uslubining tejamkorligi. Download 475.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling