Mavzu: Tibbiy kimyoga kirish. Kimyo va atrof muhit. Biogen elementlar. Tibbiy kimyoga kirish. Kimyo va atrof muhit. Biogen elementlar
Download 127.77 Kb.
|
tibbiy kimyo 1 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Radioaktivlikning tibbiyotdagi ahamiyati.
- Radioaktivlikni tibbiyotda ishlatilishi.
Sun'iy radioktivlik. Radioaktivlikni bu turida yadro reaksiyalari yadro laboratoriyalarida olimlar tomonidan amalga oshiriladi va yangi turdagi atomlar yadrosi yaratiladi. Buning uchun atomning barqaror izotopi elementar zarrachalar (α, β, β+, γ, neytron, proton, deytron) lar bilan bambordimon qilinadi va yangi turdagi atom yadrosi hosil bo’ladi. Shu usul bilan xozirgi kunda yangi elementlar kashf etilmoqda.
Radioaktivlikning tibbiyotdagi ahamiyati.
Radioaktivlikni tibbiyotda ishlatilishi.
Tekshiruvlarini o’tkazishdan avval radiologlar bemorni bu usullarni foydali va zararli taraflari bilan tanishtirishlari kerak. A'zolar shakli, qon oqimining yurak mushaklariga yetib borish yo’llarini nazorat qilish uchun bemor organizmiga o’zidan radioaktiv nurlarni chiqaruvchi indikatorlar yuboriladi. Radiolog-vrachlar radioaktiv nur turlari va radiatsiyaning organizmga ta'siri haqida o’zlari bilishi va bemorlarni ogohlantirishlari zarur. Ular o’z tekshiruvlarida kontrast modda ishlatadilar, shuning uchun uni tayyorlash usullarini bilishlari va nazorat qila olishlari shart. Sun'iy radioaktiv izotoplarni sintez qilinganidan keyin 1934 yilda radiotsion tibbiyot faniga asos yaratilgan. Radioaktiv izotop ilkbor 1937-yilda Berkli shahrida Kaliforniya universiteti olimlari tomonidan leykemiya kasalligini davolashda ishlatilgan. Tibbiyotda radioaktivlikni ishlatishda birinchi yutug’lar 1946 yilda qalqonsimon bezning faoliyatini tashxis qilish, giperterioz va qalqonsimon bez saraton kasalligini davolashda yod izotopi ishlatilib erishilgan edi. Xozirgi vaqtda radioaktiv moddalar jigar, qora taloq, kalqonsimon bez, buyraklar, bosh miya tasvirini olish va yurak kasalliklarini tashxisida keng qo’llanadi.
Download 127.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling