Mavzu: tibbiyot muassasalaridagi xodimlarning mehnat sharoitlarining gigiyenik nazorati


Mehnat sharoitlarining gigiyena normativlariga muvofiqligini baholash


Download 34.94 Kb.
bet2/2
Sana09.05.2023
Hajmi34.94 Kb.
#1447446
1   2
Mehnat sharoitlarining gigiyena normativlariga muvofiqligini baholash
Mehnat sharoitlarining gigiyena normativlariga muvofiqligini baholash attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotning mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
Attestatsiyadan o‘tkazishda ushbu ish o‘rnida qo‘llaniladigan texnologik jarayon va asbob-uskunalar uchun xos bo‘lgan ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining ish o‘rnidagi barcha mavjud omillari baholanishi kerak.
Baholanishi kerak bo‘lgan ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining omillari ro‘yxati mehnatni muhofaza qilish talablaridan, texnologik jarayon va ishlab chiqarish asbob-uskunalarining tavsiflaridan, qo‘llaniladigan xomashyo va materiallardan, zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillari ko‘rsatkichlarining oldin o‘tkazilgan o‘lchashlari natijalaridan, shuningdek xodimlarning takliflaridan kelib chiqib shakllantiriladi.
Mehnat sharoitlarining gigiyena normativlariga muvofiqligini baholash shtatli ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlar va (yoki) korxonaning shtatli faoliyati amalga oshirilishi davomida ishlab chiqarish va mehnat jarayoni omillari darajalarini asboblar bilan o‘lchash va baholash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Baholashda normativ-huquqiy hujjatlarda va boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan usullardan, shuningdek belgilangan tartibda tekshirilgan o‘lchov vositalaridan foydalanilishi kerak.
Mehnat sharoitlarining gigiyena normativlariga muvofiqligini baholash ishlab chiqarish muhiti omillarining zararliligi va xavfliligi ko‘rsatkichlari, mehnat jarayonining og‘irligi va jiddiyligi bo‘yicha Mehnat sharoitlari gigiyena klassifikatsiyasi bilan belgilanadigan mezonlarga muvofiq o‘tkaziladi.
Mehnat sharoitlarining gigiyena normativlariga muvofiqligini o‘lchash va baholash natijalari Mehnat sharoitlari xaritasi I bo‘limining “Mehnat sharoitlari darajasi” ustunining tegishli satriga (ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillarining kichik darajasiga) kiritiladi. Jumladan:
a) ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillarining har bir kichik darajasining berilgan mehnat sharoitlari darajalari asosida ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omiliga baho beriladi:
eng yuqori daraja va zararlilik darajasi bo‘yicha;
agar 3 ta va undan ortiq omil 3.1 darajaga mansub bo‘lsa, mehnat sharoitlarini umumiy baholash 3.2 darajaga muvofiq bo‘ladi;
ikki va undan ortiq 3.2, 3.3, 3.4 darajalar omillari mavjud bo‘lsa, mehnat sharoitlari tegishli ravishda bir bosqich yuqori baholanadi;
b) ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni har bir omilining mehnat sharoitlarining berilgan darajalari asosida mehnat sharoitlarining gigiyena normativlariga muvofiqligining umumiy bahosi beriladi:
eng yuqori daraja va zararlilik darajasi bo‘yicha;
agar 3 ta va undan ortiq omil 3.1 darajaga tegishli bo‘lsa mehnat sharoitlarini umumiy baholash 3.2 darajaga muvofiq bo‘ladi;
ikki va undan ortiq 3.2, 3.3, 3.4 darajalar omillari mavjud bo‘lsa mehnat sharoitlari tegishli ravishda bir bosqich yuqori baholanadi;
v) zararli ishlab chiqarish omillari bilan munosabatda bo‘lish vaqti qisqarganda (vaqt bilan himoya qilish) mehnat sharoitlari kamroq zararli sifatida, biroq 3.1 darajadan past bo‘lmagan holda baholanishi mumkin;
g) attestatsiyadan o‘tkazilayotgan ish o‘rnida bo‘lmagan ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillarini (kichik darajalar) Mehnat sharoitlari xaritasida aks ettirmaslikka yo‘l qo‘yiladi. Bunda ushbu Nizomda belgilangan ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni (kichik darajalar)ning tartib raqamlari saqlanishi kerak.
30. Mehnat sharoitlarining gigiyenik normativlarga muvofiqligini baholash doirasida attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan o‘lchashlar o‘lchashlar protokollari bilan rasmiylashtirilishi kerak. O‘lchashlar protokollari ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining har bir omili bo‘yicha rasmiylashtiriladi va baholanishi kerak bo‘lgan mehnat sharoitlari xaritasining ajralmas qismi hisoblanadi. Jumladan:
a) protokolda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
ish o‘rinlarida attestatsiya o‘tkazilayotgan korxonaning to‘liq yoki qisqartirilgan nomi;
bevosita attestatsiya o‘tkazilayotgan, ish o‘rinlarida attestatsiya o‘tkazilayotgan korxonaning yoki uning tegishli tarkibiy bo‘linmasining amaldagi joylashgan manzili;
ushbu ish o‘rni uchun noyob bo‘lishi kerak bo‘lgan protokolning identifikatsiya raqami. Protokollarni kodlashtirish tizimi attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilot tomonidan belgilanadi;
Xizmatchilar va ishchi kasblarining asosiy lavozimlari klassifikatoriga muvofiq ish o‘rnining, shuningdek ushbu ish o‘rnida band bo‘lgan xodim kasbining nomi;
o‘lchashlar va baholashlar o‘tkazilgan sana (ularning alohida ko‘rsatkichlari);
ish o‘rinlarida attestatsiya o‘tkazilayotgan korxona tarkibiy bo‘linmasining nomi;
attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotning nomi;
Download 34.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling