Mavzu: Tijorat banklari va ularning operatsiyalari
Kurs ishining tuzilishi va tarkibi
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s
Kurs ishining tuzilishi va tarkibi. Kurs ishining tartibi kirish, 3 ta bob, ya’ni
I BOB- Tijorat banklarining faoliyati asoslari va tamoillari, ularning asosiy vazifalari. II BOB-Bank operatsiyalari va ularning tasnifi. III BOB- Tijorat banklarining lizing operatsiyalari, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 6 I BOB- TIJORAT BANKLARINING FAOLIYATI ASOSLARI VA TAMOYILLARI, ULARNING ASOSIY VAZIFALARI. 1.1. Tijorat banklari tushunchasi va ularni ochish va tugatish shartlari. O’zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank bu– tijorat muassasi bo’lib, jismoniy va huquqiy shaxslardan bo’sh turgan pul mablag’larni jalb qilish va uni o’z nomidan, to’lovlilik, muddatlilik, qaytarib berishlik shartlari asosida qarz berish va boshqa operatsiyalarni bajaradi. Tijorat banklari O’zbekiston Respublikasi bank tizimining ikkinchi pog’onasi bo’lib, kredit resurslarining ancha qismi ana shu banklarda yig’iladi va ular huquqiy va jismoniy shaxslarga bank xizmatlarini ko’rsatadilar. Tijorat banklari faoliyatining huquqiy asosi bo’lib, 1996-yilda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati” to’g’risidagi”, Prezident farmonlari va boshqa qonunlar xisoblanadi. Hozirgi kunda O'zbekistonda 30 dan ortiq tijorat banklari faoliyat ko'rsatmoqda. Salmoqli ustav fondi, kredit resurslar va mijozlarga ega bo'lgan katta banklar O'zbekiston sanoat qurilish banki, Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki, Asakabank va boshqalar keng faoliyat olib bormoqda. Tijorat banklarini tashkil qilishdagi ustav kapitali miqdori 1 yanvar 2011 yildan 10 mln. evro ekvivalenti miqdoridagi mablag'ga ega bo'lishi lozim. 1 Tijorat banklarining belgilariga qarab quyidagi turlarga bo'lish mumkin: - davlat banki, - aktsioner banklarga - kooperativ, - xususiy, - mintaqaviy, -aralash mulkchilikka asoslangan bankka bo'linadi. Yuksak rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarning aksariyat qismi mulk shakli bo'yicha aktsioner bank hisoblanadi. Ba'zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham huquqiy va jismoniy shaxslar bo'lishi mumkin. Hususiy banklar - jismoniy shaxsning pul mablag'lari hisobidan tashkil qilingan banklar hisoblanadi. Bajaradigan operatsiyalaiga qarab tijorat banklar- - universal - mahsus banklarga bo'linadi. Joylashgan belgisiga qarab tijorat banklar: xalqaro, respublika, mintaqaviy, viloyat banklariga bo'linishi mumkin. 1 2010 yil 6-aprel O’zbekiston respublikasi Prezidsntining “Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora tadbirlari “ to’g’risidagi PQ-1317-sonli qarori 7 Tarmoqlarga xizmat ko'rsatishiga qarab: sanoat, qurilish, qishloq xo'jalik, savdo va boshqa banklarga bo'linishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning ahamiyati ularning iqtisodiyotga ta'siri o'sib bormoqda. Tijorat banklarining iqtisodiy ahamiyati uning faoliyat doirasining keng bo'lishiga olib keladi. Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo‘lganligi tufayli uning tashkil topishi uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Shu vaqt ichida bo‘lg‘usi ta’sischilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar o‘rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar, zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan o‘tkaziladi va hokazolar. Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonunda ifodalangan 1 . Banklar respublika hududida o‘z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar. Banklarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida", "O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to‘g‘risida", "Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunlar va boshqa qonunlari, hamda bankka me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi. Tijorat banklarini tashkil qilish 630 - sonli Nizom asosida olib boriladi. 2 Ushbu nizomda O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi hamda shartlari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, tijorat banklari ochiq yoki yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin. Bank tashkil etish jarayoni bir necha bosqichlarga bo‘linishi mumkin. 1. Tayyorgarlik bosqichi. 2. Bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bosqichi. Bank ochish haqidagi ariza bilan o‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojat qilish. Bunda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinmog‘i kerak: yangi tashkil etilayotgan bankni ta’sis etish bo‘yicha hujjat. muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan hamda notarial tartibda tasdiqlangan ta’sis shartnomasi. Ta’sis etuvchilar jismoniy shaxs bo‘lganlarida ularning imzolari notarial tasdiqlanadi. muassis aksiyadorlar yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan va muassislar tomonidan uch nusxada imzolangan bank ustavi. bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va ustavni tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash haqidagi qarorlarni o‘z ichiga olgan bank kengashi raisi tomonidan tadiqlangan ta’sis yig‘ilishining bayonnomasi. 1 "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonun 1996.25.04 № 216,1 2-bob. 7-19-m 2 11 fevral 1999 yilda qabul qilingan "Banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida"gi 630 Nizom. 8 Qayd etib o‘tilgan hujjatlarning loyihalari Markaziy bankning banklarni litsenziyalash departamenti ma’qullaganidan keyingina imzolanadi va tasdiqlanadi. Tijorat banki filialini tashkil etish paytida ham ushbu hujjatlar (ta’sis hujjatlaridan tashqari) taqdim etilishi kerak bo‘ladi. Markaziy bank bank faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun dastlabki ruxsatnoma berish masalasini hal etish jarayonida tashkil etilayotgan bank muassislarining moliyaviy imkoniyatlari va nufuziga, bank rahbarligiga taklif etilayotgan shaxslarning kasbiy mahoratiga, biznes va moliyaviy reja ko‘rsatkichlariga, tashkil etilayotgan bankning binolar va uskunalar bilan ta’minlanlangik darajasiga ham e’tibor qaratadi. Muassislar bank tashkil etish uchun dastlabki ruxsatnomani olganlaridan keyin litsenziya olish hamda bankni davlat ruyxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy - texnikaviy talablarni bajaradilar. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan dastlabki ruxsatnoma bir yil davomida yuridik kuchga ega bo‘lib, muassislar ushbu vaqt ichida barcha tashkiliy tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishlari va bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni yakunlashlari lozim bo‘ladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda bank operatsiyalarini amalga oshirishga litsenziya olish uchun muassislar oldiga quyidagi talablar qo‘yiladi: litsenziya berish va bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida vakolatlari muassislar tomonidan yozma ravishda tasdiqlangan vakil shaxs tomonidan imzolangan arizani taqdim etilishi; davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya olish uchun berilgan barcha talablarni bajarish; barcha tashkiliy - texnikaviy tadbirlarni amalga oshirishlari, binolar va uskunalarni tayyorlashlari, bank operatsiyalarini avtomatik amalga oshirish maqsadida dasturiy - texnikaviy vositalarni tayyorlashlari, kassa uzelini Markaziy bank talablariga muvofiq tayyor holda keltirishlari; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan eng kam miqdordan kam bo‘lmagan miqdorda ustav kapitalini to‘lashlari va ustav kapitali to‘lanlanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari; Bankni ro‘yxatdan o‘tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish masalasi Markaziy bank talab qilgan barcha hujjatlar to‘liq taqdim etilgan kundan boshlab bir oy ichida hal etilishi kerak. Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilishda quyidagi asosiy omillarga e’tibor beriladi: bank biznes rejasining maqbulligi; bank kapitalining adekvatligi; daromadlikning kelgusidagi istiqbollari; ko‘zda tutilayotgan rahbarning malakasi va obro‘ e’tibori; bankni ochish uchun taqdim etilgan hujjatlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi; monopoliyaga qarshi choralar. Bank operatsiyalarini litsenziyalashga bo‘lgan zarurat bankni mamlakat iqtisodiy to‘lov qobiliyatiga ta’sir etishi bilan bog‘liq. Bank operatsiyalarini 9 o‘tkazuvchi amalga oshirishi va ro‘yxatga olinishi lozim. Tijorat bankni tashkil etilishida unga litsenziya berilgandan keyin u litsenziya asosida bank operatsiyalarini o‘tkazish xuquqiga ega bo‘ladi. Agar, bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank tomonidan belgilangan bank operatsiyalarini litsenziya olish uchun ro‘yxatdan o‘tmay faoliyat ko‘rsatsa bu operatsiyalar qonunga xilof deb topiladi va javobgarlikka tortiladi. Tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida davlat ro‘yxatidan o‘tgandagina tashkil etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs statusini oladi. Yuridik va jismoniy shaxslar tijorat bankni ta’sis etuvchilari hisoblanadi va ular bank va uning ustav kapitalini shakllantirishda ishtirok etadilar. O‘zbekiston Respublikasi "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi" qonunga asosan bank ustav kapitalini shakllantirishga davlat xokimiyat organlari, jamoa birlashmalari, jamoa fondlar mablag‘lari, shuningdek kreditga olingan mablag‘lar va garovga olingan mablag‘lar foydalanish man etiladi. Har qanday yuridik shaxs singari banklar ustaviga ega bo‘lishlari va o‘z ustavlari asosida faoliyat ko‘rsatishlari kerak. Bank ustavida quyidagi moddalar o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak: bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va joylashgan (pochta) manzili; bank ko‘rsatadigan operatsiyalari ro‘yxati; ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati va ularning ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimlanishi; bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar; bank auditi tartibi, shuningdek, buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko‘rsatmalari. Bank tashkil etilguncha, ya’ni u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunicha qadar uning nomidan amalga oshirilgan bank operatsiyalari haqiqiy hisoblanmaydi. Bank faoliyatini to‘xtatish va banklarni tugatish "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonunda hamda Markaziy bankning 240 - sonli "Banklarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizom"da ko‘satib o‘tilgan. Jumladan bank quyidagi xollarda o‘z faoliyatini to‘xtatadi: aksiyadorlar yig‘ilishining qaroriga ko‘ra, Markaziy bank litsenziyani qaytarib olganda, bankrot deb e’lon qilinganda. O‘z faoliyatini to‘xtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni Davlat ro‘yxatiga olish daftaridan chiqariladi. Uni faoliyati to‘xtatilganligi matbuotda e’lon qilinadi. Faoliyatni to‘xtatish va uni tugatish tartibi nizomda belgilab berilgan. Ammo bu nizom bank bankort deb e’lon qilinganda amalga kiritilmaydi. Litsenziyaning bekor qilinishi: tijorat banki tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatiga nisbatan qo‘llaniladigan qattiq xuquqiy sanksiya; qonun buzilish holatiga davlatning o‘z boshqaruv muassasasi Markaziy bank orqali bildirilgan munosabati; bankning bankrotligi uchun formal asos hisoblanadi. 10 Litsenziya bekor qilingandan keyin bank mavjud bo‘lib turadi, ammo bank operatsiyalarini amalga oshira olmaydi. Litsenziyani bekor qilish Markaziy bank boshqaruvi tomonidan qo‘llanadigan og‘ir jazo chorasi hisoblanganligi sababli, boshqa jazo choralari natija bermagan quyidagi hollardagina qo‘llaniladi: bank to‘lov qobiliyatini yo‘qotib, passivlari aktivlaridan ortib ketganida; litsenziya berilishga asos bo‘lgan ma’lumotlarning xaqiqiy emasligi aniqlanganda; bank o‘z kreditorlari va omonatchilari oldidagi majburiyatlarini o‘tashga qobiliyatsiz bo‘lib qolganda; hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib kursatilganda; bank operatsiyalarini qonunchilikka va litsenziya shartlariga xilof tarzda amalga oshirilganida; litsenziya berilganidan keyin bir yildan ortiq vaqt davomida bank operatsiyalarini amalga oshirishga kirishmasligi oqibatida; o‘zbekiston Respublikasida shu’ba bank ochgan harijiy bank litsenziyasining chaqirib o‘z mamlakati tomonidan bekor qilinganida. Litsenziyani bekor qilinishi Markaziy bankka tijorat bankning sudga murajaat qilmasdan majburiy suratda tugatilishi uchun asos bo‘ladi. Buni Markaziy bank tomonidan tayinlangan tugatish komissiyasi amalga oshiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling