mavzu Tijorat banklarining asosiy operatsiyalari O`quv mashg’ulotiniing o’qitish texnologiyasi modeli
Tijorat banklarining nodepozit operatsiyalari
Download 31.99 Kb.
|
6-Mavzu BI
Tijorat banklarining nodepozit operatsiyalari deb, tijorat banklarining yirik pul bozorlaridan pul mablag’larini jalb qilish, qimmatli qog’ozlar, veksellarni, obligatsiyalar vositasini muomalaga qo’yish yo’li bilan mablag’larni jalb qilish sohasidagi operatsiyalariga aytiladi.
Jahon banki amaliyotida tijorat banklariga mablag’larni jalb qilishning keng tarqalgan nodepozit shakllari ham mavjud bo’lib, ularga quyidagilar kiradi: banklararo bozordan qarz olish; qimmatli qog’ozlarni qaytib sotib olish sharti bilan sotish; bank aktseptlarini sotish; tijorat qog’ozlarini chiqarish; evro-dollarlar bozoridan qarz olish; kapital notalar va obligatsiyalar chiqarish va boshqalar. Odatda tijorat banklari faoliyatini rivojlantirishda resurslarning nodepozit manbalaridan ham foydalanishga katta e’tibor beriladi. Ular bozorda raqobatchilik asosida vositachilar (brokerlar) orqali sotib olinadi. Bu erda, birinchidan, mablag’larni sotib olish g’oyasi bankning o’ziga tegishli, ikkinchidan, bu g’oya bankning biror-bir mijozi bilan bog’liq emas. Nodepozit manbalardan asosan moliyaviy markazlarda joylashgan hamda moliya bozori mexanizmidan erkin foydalanish huquqiga ega bo’lgan yirik banklar keng foylanadilar. Nodepozit mablag’lar yirik miqdorda sotib olinadi. Qo’yilmalarga mablag’larni jalb qilish uchun tijorat banklari qo’shimcha ravishda chet el tajribasidan foydalanishi mumkin, xususan: aholi mablag’larini jalb qilish bo’yicha turli dasturlarni ishlab chiqish; mijozlar – pul qo’yuvchilarga turli-tuman, jumladan, nobank xizmatlarni ham ko’rsatish; qo’yilma muddati tugashi bilan mukofot berish bilan investitsion xarakterdagi qo’yilmalardan yuqori foiz stavkasini qo’llash; doimiy pul qo’yuvchilarga “bankka sadoqati” uchun mukofot to’lash; mijoz va bank iqtisodiy qiziqishlarini optimallashtiradigan aralash xarakterda amal qiluvchi NAU va SAPS tipidagi hisobvaraqlarni qo’llashni amalga oshirishlari mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi Farmoniga asosan tijorat banklari aholining bo’sh pul mablag’larini muddatli depozitlarga jalb qilishni oshirishga qarab banklar daromadi imtiyozli soliqqa tortilish va foiz miqdorlarini oshirish mumkinligi ta’kidlangan. Download 31.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling